Yevropa turizmi mundarija: I bob. Yevropa turizmini rivojlantirish tajribasi
I BOB. YEVROPA TURIZMINI RIVOJLANTIRISH TAJRIBASI
Download 462.41 Kb.
|
YEVROPA TURIZMI
I BOB. YEVROPA TURIZMINI RIVOJLANTIRISH TAJRIBASI1. Jahonda qishloq turizmining shakllanish jarayoni XXasrning ikkinchi yarmidan insoniyatning tarixiy-madaniy boyligi va tabiat resurslarini asrab-avaylashning muhimligi keng jahonda e’tirof etila boshlandi. Natijada qishloq turizmi jadal sur’atlar bilan rivojlana boshlandi. Hozirda turistlarning mahalliy aholi bilan tanishuvi va muloqotga kirishi, do’stlashuvi, qishloq hayoti bilan hamnafas bo’lish, qishloq xo’jalik ishlari bilan shug’ullanish, qishloq tabiati bag’rida dam olish, sport bilan shug’ullanish turizmda qishloq turizmining imkoniyatlari katta ekanligini isbotlaydi. So’nggi yillarda qishloq turizmining ko’p faoliyatliligi natijasida dunyoda uning ommaviyligini tobora oshirib, kuchaytirib bormoqda. Qishloq turizmini ekologik turizmning bir tarmog’i deb talqin qiluvchilar ham o’zlarini haq deb bilishadi. Ekologik turizm ko’p hollarda tabiat bag’rida joylashgan qishloqlarda yuz beradi yoki turistlar turistik xizmatlarni ekotur vaqtida qishloq aholisidan sotib olishadi. Jahon ilmiy adabiyotida ekologik turizmning nomlanishiga e’tibor bersak, bu holatni tezda ilg’ab olamiz: yumshoq turizm (Soft Tourismus); tog’ turizmi (Mountain Tourismus); tabiat turizmi (Nature Tourismus); yovvoyi turizm (Wilderness Tourismus); yashil turizm (Green Tourismus); sarguzasht turizmi (Adventure Tourismus); qishloq turizmi (Agro Tourismus); ekoturizm (Ecotourismus). Qayd qilingan turizmning barcha turlari ham, nomlanishi ham albatta, tabiat va uning resurslarini eslatib turadi. Qayd qilingan talablardan ma’lum bo’ladiki, qishloq turizmi ko’p faoliyatliligi jihatidan ekoturizmdan ancha farq qiladi. Qishloq turizmida turistlar qishloq aholisi (fermer, dehqon, cho’pon) bilan birga yashaydi, ko’p hollarda birga ishlaydi, ularning turmush kechirishi, hayot tarzi bilan qiziqadi. Shu jihatlardan ham qishloq turizmini ekoturizmga qo’shish noto’g’ri xulosalarni keltirib chiqaradi. Qishloq turizmini rivojlantirishning xorijiy tajribasini o’rganishdan quyidagi xulosalar kelib chiqadi: Qishloq turizmi yangi ish o’rinlari bilan ta’minlashda katta imkoniyatlarni yaratadi. Tabiat va tabiiy resurslardan foydalanishning yangi texnologiyalarini jalb qiladi. Qishloq turizmi ekologik toza oziq - ovqat mahsulotlarini ishlab chiqishni ta’minlaydi. Qishloq turizmi tabiat muhofazasida investitsiyalar kiritishni va qishloqda xizmatlar servisini takomillashtiradi. Qishloq turizmi qishloqlarda mahalliy aholining ijtimoiy - iqtisodiy darajalarini o’stiradi. Qishloq turizmi mahalliy mahsulotlar, hunarmandchilikka keng yo’l ochadi. Qishloq turizmi tabiatni muhofaza qiluvchi mahalliy boshqaruvni rivojlantiradi va ma’naviy, moddiy jihatlar bo’yicha rag’batlantiradi. Qishloq turizmi xalqlar o’rtasida hamdo’stlik aloqalarini yuzaga keltiradi. Qishloq turizmi turistik resurslarni muhofaza qiladi, ta’mirlaydi va obodonlashtiradi. Qishloq turizmi insonlarni ruhiy, jismoniy jihatdan dam oldiradi. Qishloq turizmi dehqonchilik, bog’dorchilik va chorvachilikni o’rgatadi, bu sohalarning mahsulotlaridan manfaatdor bo’lishni ta’minlaydi. Download 462.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling