Yevropa turizmi mundarija: I bob. Yevropa turizmini rivojlantirish tajribasi


Download 462.41 Kb.
bet7/12
Sana09.06.2023
Hajmi462.41 Kb.
#1467821
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
YEVROPA TURIZMI

Italiya modeli. Italiyada qishloq turizmi ko’pincha dehqon turizmi deb ataladi va turistik dasturlar asosan 3 mavzuda tuziladi va ishlab chiqiladi:

  1. Tabiat va sog’liq.

  2. An’anaviy gastronomiya.

  3. Sport.

Qayd qilingan tur mahsulotlar ishlab chiqilgan maxsus, ixtisoslashgan qishloqlar bor. Masalan, K’yaniy, Umbriya va Sitsiliya provinsiyalari faqat «tabiat va sog’liq» yo’nalishiga moyil turistlarni qabul qilishadi.
Vinochilik turizmi ham xuddi Fransiyadagidek, turistlar vino tayyorlash uchun bog’bonga yordam beradi, bog’bon esa ish haqqiga uzum beradi va uzumni achitish jarayoni, uzumning vinoga aylanish texnologiyasini o’rgatadi va boshqalar.
Dengiz yoqasiga asosan baliq ovlashga chiquvchi turistlar,
Abruppoga – zaytun yog’iga qiziquvchi turistlar tashrif buyurishadi.
Qishloq turizmida joylashish vositalarini tanlash tarkibi quyidagicha: appartamentlarda – 44%, xona - apartamentlarda – 22%, faqat xonalarda – 4 %. Qishloq turizmini rivojlantirishda asosan Yevropa davlatlaridagi modellarni keltirishimizning asosiy sababi shundan iboratki, dunyodagi ko’plab mamlakatlar o’zlarida qishloq turizmini rivojlantirish uchun hozirda asosan qayd qilingan modellarni joriy qilishmoqda.
Eng muhimi shundaki, Yevropa davlatlari qishloq turizmini rivojlantirish uchun hamkorlikda «Qishloq turizmini rivojlantirish strategiyasi va dasturi», «Qishloq turizmi bozorida takliflar va talablarning o’zgarish istiqbollari»ni ishlab chiqdilar. Ushbu hamkor dasturlar asosida Buyuk Britaniya davlati qishloq turizmida 450 ming yangi ish o’rinlarini tashkil qildi.
Qayd qilinganlardan xulosa qilish mumkinki, mamlakatimizda qishloq turizmini rivojlantirishda Yevropa modellarini yaxshi o’rganishimiz, bu modellardan qishloqlarimizda foydalanish imkoniyatlarini o’rganishimiz hamda qishloq turizmini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishimiz kerak bo’ladi.
Qishloq turizmi rivojlangan Yevropa davlatlarining tajribalaridan ma’lum bo’ldiki, ushbu davlatlar qishloq turizmini rivojlantirishga bundan 50 yil oldin kirishgan. Dunyoda qishloq turizmi rivojlanishi bo’yicha birinchi o’rinda turuvchi Fransiya davlatining qishloq turizmini rivojlantirish modelini, Buyuk Britanya modelini, Germaniya modelini va Italiya modelini qishloq turizmini xalqaro modellar deb tan olinishining sababi ham shunda.
Endi O’zbekistonda qishloq turizmini rivojlantirish uchun qayd qilingan modellarning qaysi biri qulayroq? Bu modellarning tuzilishi va ishlash tamoyillarini o’rganganimizda ularning barchasini qishloq turizmini rivojlantirishimiz uchun qo’llash hech qanday muammolarni keltirib chiqarmaydi, shu bilan birga, oson ham. Chunki qishloq turizmini rivojlantirishdagi asosiy manba – turistik resurslarning xilma - xilligi bizda yuqorida qayd qilingan Yevropa davlatlaridagidan ham ko’p.
Yevropa davlatlari qishloq turizmini rivojlantirish uchun, dastlab qishloq turizmini rivojlantirishning maqsadi va vazifalarini belgilab olishgan, so’ngra qishloq turizmini rivojlantirishga javob beruvchi, davlat vakolatini olgan tashkilot tuzishgan (masalan, Fransiyada – «Turizm va qishloq yerlari assotsiatsiyasi»; Britaniyada – «Britaniya turistik kengashi» va «Qishloq yerlarini rivojlantirish agentligi»; Avstriyada – «Avstriya fermerlik turizmi assotsiatsiyasi» va boshqalar).
O’zbekistonda qishloq turizmini rivojlantirishdagi dastlabki bosqichda qishloq turizmini tashkil qilish va boshqarishning tashkiliy - iqtisodiy mexanizmlarini ishlab chiqish lozim. Ikkinchi bosqichda esa ana shu tashkiliy - iqtisodiy mexanizmlar asosida qishloq turizmini rivojlantirishning huquqiy - me’yoriy qonunlarini ishlab chiqish maqsadli yo’nalish bo’ladi. Uchunchi bosqichda mamlakatimizda turizmni rivojlantirishning huquqiy - me’yoriy qonunlariga asoslanib, qishloqlarimizdagi turistik resurslarimizni ro’yxatga olishimiz, ularning reestrlarini tayyorlashimiz, foydalanish imkoniyatlarini hisoblab chiqishimiz, turistik obyektlarda turistik infratuzilmalar va turistik marshrutlar yaratishimiz lozim bo’ladi.
Yevropa davlatlari qishloq turizmini rivojlanishini bashoratlashda va istiqbolli strategik rejalar ishlab chiqishda doimiy ravishda ijtimoiy so’rov o’tkazishadi. Yevropa Ittifoqining statistik ma’lumotlari bo’yicha 30 % aholi qishloq turizmida dam olish istagini bildirishgan.
Ijtimoiy so’rov o’tkazishdan oldin albatta qishloq aholisi o’rtasida qishloq turizmining mohiyati, mazmuni, maqsadi va vazifalari bo’yicha jiddiy tashkiliy ishlarni amalga oshirish talab qilinadi.



Download 462.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling