Yevropa turizmi mundarija: I bob. Yevropa turizmini rivojlantirish tajribasi


Download 462.41 Kb.
bet5/12
Sana09.06.2023
Hajmi462.41 Kb.
#1467821
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
YEVROPA TURIZMI

Britaniya modelida asosan qishloq turizmida turistlarni joylashtirishga ko’proq e’tibor berilgan. Boshqa jihatlar esa Yevropadagi davlatlar tajribasidan olingan.
Turistlarning ommaviylashgan, ular yaxshi ko’radigan yashash tarzi 3 tipga bo’linadi:

  1. Fermerning uyida yashash va uning oilasi bilan faqat nonushta qilish. Bu sharoitda fermer bilan, uning oila a’zolari bilan do’stona aloqalarni boshlash imkoniyatlari, sharoitlari yuzaga keladi.

  2. Alohida binoda, qisman qulaylik sharoitida o’z - o’ziga xizmat qilish bilan yashash.

  3. Atroflari o’ralgan, o’rtacha 8 – 15 turistni joylashtiradigan binoda, o’z - o’ziga xizmat qiladigan sharoitda yashash.

Uchinchi variant Britaniya modelida juda daromadli hisoblanadi. Bir kunlik tunash har bir turist uchun 10 yevro miqdorida. Bu variantning daromadliligining asosiy sababi yoshlarga va guruhlarga mo’ljallanganligidadir. Bu sharoitni o’quvchilar va ayniqsa, studentlar ma’qul ko’rishadi. Shu bilan birga, Britaniya modelida qishloqda joylashishning 3 xil darajasi bor: lyuks – puldorlar uchun maxsus qurilgan uy, o’rtacha boylar uchun maxsus qurilgan hovli va yuqoridagi 3 ta sharoitli yashash tarzi.
Britaniya modelida yana bir muhim xizmatlar borki, qishloqlardagi tadbirkorlar turistlar uchun mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan milliy va sport o’yinlari, bolalar uchun poni (pakana) otda sayr, otlarda sayr, golf o’yinlarini tashkil qilishadi. Shuning uchun ham shaharliklar bahor va yoz oylarida qishloqlarga shoshiladilar.
Britaniya modelidagi yana bir muhim jihatlar shundan iboratki, ota - onalar bolalarini ekologik madaniyat, bilim ruhida tarbiyalash uchun ham bolalarini qishloqlarga olib borishadi va qishloq tadbirkorlari maxsus tayyorlagan maydonchalarda (og’il, molxona) chorva mollarining bir - ikki oylik uloqchalar, buzoqchalar, qo’zichoqlar bilan birga o’ynashadi, quyonlarga, qushlarga ovqat, don berishadi. Bu jarayonlarda bolalarda hayvon va parrandalarga mehr tuyg’ulari hosil bo’ladi.

Download 462.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling