Yevropa turizmi mundarija: I bob. Yevropa turizmini rivojlantirish tajribasi


Download 462.41 Kb.
bet6/12
Sana09.06.2023
Hajmi462.41 Kb.
#1467821
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
YEVROPA TURIZMI

Fransiya modeli. Fransiya jahonda qishloq turizmini rivojlantirgan birinchi mamlakat hisoblanadi. Bu davlat XX asrning o’rtalarida qishloq turizmini rivojlantirishning davlat dasturini ishlab chiqqan edi. Hozirga kelib qishloq turizmi Fransiyaning barcha departamentlarida yaxshi tashkil qilingan. Fransiya modelida qishloq turizmi ancha murakkab va maxsus ixtisoslashtirilgan. Mamlakatning janubida qishloq – cho’milish plyaj turizmi infratuzilmalari yetarli darajada yaratilgan. Bunday qishloqlarda turistlar uchun maxsus kottedjlar qurilgan. Markaziy hududlarda agroturizm yaxshi rivojlangan. Bu yerdagi qishloqlarda turistlar uchun kichik uylar barcha sharoitlari bilan turistlarning ixtiyoriga beriladi.
Chunki faranglar ovqatni o’zlari tayyorlashni xush ko’rishadi.
Fransiya vino va gastronomiya turizmi bo’yicha ham jahonda oldingi o’rinlarda turadi. Bu turizmda asosan boy turistlar dam olishadi. Ular qishloq uylarda joylashib, kuniga uch mahal (to’liq pansion) ovqatga buyurtmalar berishadi va bu ovqatlarning tayyorlanish jarayonlariga qatnashadilar.
«Vino turizmi» shaharlik faranglarning eng yaxshi ko’rgan qishloq xo’jalik turizmi yo’nalishiga kiradi. Ma’lumki, faranglar eng ko’p vino ichadigan xalqlardir. Vino turizmidagi turistlar vinoning ta’mini sinab ko’rishga qatnashadilar, shampan vinosidagi farqni bilish uchun ko’plab vinochilik xo’jaliklariga borishadi, vino tayyorlashni o’rganishadi, vinoni mehmonlarga uzatishni mashq qilishadi, vinoning navlarini to’plab, uylariga olib ketishadi.
Ko’plab turistlar qadimiy qal’alar, tarixiy ibodatxonalar, arxeologik topilmalar joylashgan qishloqlarda bir necha kun qolib ketishadi. Ular qishloq uylarida joylashib, piyoda sayrga chiqishadi, ibodatxonalar, tarixiy joylarni o’rganishadi va ovqatlanishga to’liq haq to’lashadi, o’zlari ovqat tayyorlashmaydi. Alp tog’laridagi qishloqlar esa asosan chang’i sporti havaskorlariga turistik xizmatlar ko’rsatishadi.
Germaniya modeli. Germaniyada qishloq turizmini fermer turizmi deb nomlashadi. Tabiiylikka intilgan nemislar imkoni boricha qishloqlardagi eski uylarda yashashga intiladilar. Shuning uchun ham nemislar qishloqlarda zamonaviy qulayliklarga ega bo’lgan uylarni qurishmaydi. Nemis turistlari qishloqlarda dam olishda yerda ishlash, hayvonlarni boqish, madaniy o’tirishlar, suhbatlar va baliq ovlashga qiziqadilar.
Qishloq turizmi tashkilotchilari asosan yozgi – ta’til mavsumiga to’g’ri keladigan xalqning milliy bayramlari, milliy folklor festivallariga moslab turmahsulot tayyorlashadi, qishloqlarda xalqaro ko’rgazmalar ko’plab tashkil qilinadi. Masalan, «Oktoberfast» bayramiga jahonning deyarli barcha mamlakatlaridan turistlar kelishadi. Shuningdek, nemis qishloqlarida 100 yillab o’z tarkibini o’zgartirmasdan tayyorlanayotgan pivo ichimligi bayramlari ham ko’plab uyushtiriladi.

Download 462.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling