Yevropada O’rta asrlarda kolleksiya yig’ish


Download 46.65 Kb.
bet7/11
Sana21.04.2023
Hajmi46.65 Kb.
#1372005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
tarix

Vunderkamera – bu ajoyibotlar kamerasidir. Bu kamera yig’malari Germaniyaning Galle Zazle shaharida joylashgan, “Galladagi Frankning muassasasi” nomi bilan yuritiladi. Bu muassasa ko’rgazmalari sank-Peterburgdagi Gyote institutida ochilgan. ko’rgazma asosini planshetlar, illyustratsion tarkib va nishonlar vunderkamerasiga XVIII asrdagi prinsiplari kiradi. ko’rgazma Rossiyada taniqli bo’lmagan nemis tarix varaqlari, madaniyati, shu bilan bir vaqtda, kunstkamera va naturkameralarning Galladagi tarkibi va faoliyati haqida ma’lumot beradi. 1688-yilda asos solingan bu kolleksiya Avgust German Frans Muassaenniniki edi. 1995-yil qayta tiklangan bu kamera hamda Frans muassasasi hozirda Borokkoning Germaniyadagi ekspozitsiyasi eng to’liq saqlangan kompozitsiya hisoblanadi. Bu muassasa uzoq vaqt davomida ilmiy va ma’naviy maqsadda foydalanilib, yetimlar uyi bilan bog’liq bo’lgan. kolleksiya ensiklopediya prinsiplariga asoslanib, o’sha vaqtlardagi kunstkameralarga o’xshab quyidagi qismlardan:

  1. mineral

  2. rakvina

  3. zoologik va botanik noyob turlari

  4. anatomik preparatlar

  5. tanga

  6. medallar

  7. tarixiy buyumlar

  8. jahon madaniyati durdonalaridan iborat bo’lgan.

Unda juda ko’p miqdorda ilmiy kitoblar, uskunalar, harakatdagi medallar yetimlar tomonidan amaliyotda qo’llangan, ko’rgazma alohida tibbiyot, farmatsevtika va amaliy yo’nalishlardagi fanlarning bog’liqligini ko’rsatadi. Muzey mebellari ham juda katta qiziqish uyg’otadi, chunki uni ishlash uchun ham, eksponat qo’yish uchun ham ishlatsa bo’ladi. Vunderkameralar tashkillashtirish tarixi Galladagi fan va sanoat rivojlanishi bilan uzviy bog’liq. Bu kolleksiya tarkibida hindistondan, shimoliy Amerikadan, Janubi-sharqiy osiyodan yig’ilgan, gallalik Lyuteral, missionerlar va savdogarlar olib kelgan eksponatlar bo’lgan. ko’rgazmaga kelgan tomoshabinlar XVIII asrning Galladagi va Peterburgdagi kunstkameralarini birbiriga qiyoslashlari mumkin. ko’rgazma 2004-yildan tomoshabinlar uchun ochilgan.

Download 46.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling