Yevropada O’rta asrlarda kolleksiya yig’ish
Download 46.65 Kb.
|
tarix
Galereya – bu uzunchoq shakldagi zal bo’lib, uning bir tomonida qator katta oynalar joylashgan. Bu xonaning yorug’ligi, shinamligi va arxitekturaviy qurilishi tomonidan qulayligi, haykaltaroshliki va rassomchilik namunalarini tarqatishda katta rol o’ynagan.
Kabinet – kichik hajmdagi, kvadrat shakldagi xonadan iborat. Bu yerda turli xil noyob ilmiy namunalar va kichik hajmdagi san’at namunalari saqlangan. Renessans davrining ilk bosqichida Lorenso Medichi Florensiyada haykallar bog’ini barpo etish to’g’risida farmon beradi. XVII asrdan boshlab saroylarning uzun va katta yo’laklarida haykallar va rasmlar qo’yish urfga kirdi. XVI asrdan boshlab saroy-lar qurilishida alohida rasmlar, haykallar, kitoblar va gravyuralar kolleksiyalar joylashadigan xonalar rejalashtirilgan. shu vaqtdan boshlab galereya so’zi tijorat maqsadida ham ishlatila boshlangan, knyazlik saroylarida badiiy san’at namunalari uchun alohida xonalar tashkil qilingan. Bu xonalarni kabinet deb atay boshlashgan.6 Birinchi kabinet 1797–1799-yillarda V.Brenning loyihasi bo’yicha ishlangan. Bu kabinet markaziy korpusning tantanalar majmuasi yangi taxt zali bilan bog’langan, Ilgari bu yerning birinchi qavatida kolonadasi qurilgan, shu sababli xona loyihasi murakkab simmetrik bo’lmagan loyiha asosida ikkita har xil kenglikdagi arkaga bo’lingan. kabinetning devorlari barelyef va dekorativ lepkalar bilan bezatilgan, avval 3 ta allegorik barelyeflar, amorlar, qurbonliklardan iborat figuralar medalyonlarning takrorlanishidan iborat, bo’lgan. Ular Varshava yaqinidagi Lazenka qo’riqxonasi oranjereyasining eski devorlarini bezaydi. 1803-yildan boshlab bu kabinetlarni 2 ta ajoyib bronza haykaltaroshlik guruxlari bezay boshlaydi. Bular titanlarni mag’lub qilgan Yupiter va shamollarni boshqargan Yunon deb nomlanadi. Bu yerdagi kamerani Berlin va Lyuksemburg zavodlarining chinni vazalari bezaydi. hozirgi vaqtda bu yerda qora yog’ochdan qilingan zarli, oyna- li, shishadan iborat rasmlar qo’yilgan. Avval kabinet deb kichik qutichani yoki ko’p harakatlanuvchi totrmalardan iborat shkafchalarni aytishgan.Ularda turli xil hujjatlar, bezaklar va qimmatbaho buyumlar saqlangan. Bunday konstruksiyada asosan antik tangalar, gemmlar, zargarlik buyumlari, mayda plastinkalar hamda ilmiy namunalarni saqlashgan. keyinchalik bu xona shu nom bilan atalgan mebellar bilan jihozlanib, kabinet deb atay boshlangan. nemis tilida kabinet so’ziga sinonim sifatifa kamera so’zi ham ishlatilgan.Alohida bu ikki so’z juda kam ishlatilgan. Ular murakkab so’zlar tarkibiga kirib, birinchi qismi yig’malarning xarakteri haqida. Download 46.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling