Yevropada O’rta asrlarda kolleksiya yig’ish


Download 46.65 Kb.
bet8/11
Sana21.04.2023
Hajmi46.65 Kb.
#1372005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
tarix

Myunskamera – bu nishonlar va medallar saqlanadigan xona bo’lib, shuningdek, bu xonada qadimiy tangalar ham saqlanadi.
Shatskamera – bu qimmatbaho toshlar va metallar saqlanadigan xazina bo’lib, bu kameralar har bir muzeyda saqlangan10.
Renessans davrida ekospozitsiyalar va terminalogiya muammosi. o’rta asrlarda burjuaziya namoyandalari tomonidan kolleksiya tuzish namunalari, terminalogiya muammolari paydo bo’lgan. Ular o’z kolleksiyalarini qaysi turga kirishidan qat’i nazar, galereya va kabinet deb atay boshlagan. keyinchalik Renessans davrida boshqa terminlar ishlatila boshlangan. Galereya so’zi sifatida “pinokateka” so’zi ishlatilgan. Bu vaqtda bu so’z rassomchilik kolleksiyasi borasida ishlatilgan. shuningdek, “garderob” so’zi ham ishlatilgan bo’lib, bu xazina yoki qimmatbaho buyumlar ombori sifatida qo’llanilgan. XVI asr oxirlarida buyuk konstant gersogi kozimo Medichi garderobida qimmatbaho kiyimlar bilan bir qatorda buyuk musavvirlar rasmlari ham saqlangan.
Renessans davri xususiy kolleksiyalariga, XV asrdagi Medichi kolleksiyasi kiradi. Medichi Florensiyani 15 yil boshqargan va u rassomlar va gumanistlar tomonidan qo’llab-quvvatlangan. katta kozimo Medichidan boshlab (1429-1464) ular antik davr asarlari va boshqa kolleksiyalarni yig’ib, haykallar va rasmlar buyurtma qilishni boshlagan. 1429-yilga kelib, ularning buyumlari yuz ming floringa teng bo’lgan. Bu kolleksiya barcha rassomlar va qiziquvchilar uchun bo’lib, u yerda florensiyalik rassomlar, shuningdek, angliyalik rassom o’quvchilar ham tahsil olgan. Ular ekospozitsiya asosini tashkil etishgan.
Fasadlarini antik haykallar bilan bezashgan, ochiq havoda arxeologik bog’ yaratishgan. 1494-yilda kolleksiyalar soni ko’payadi, shuning sababli shahar tashqarisida muzey tashkil qilish fikri kelib chiqadi. eng birinchi kolleksiya to’plami 1550-yil Venadagi imperator Ferdenant Gabsburgga tegishli bo’lgan. XVI - XVIII asrlar ikkinchi yarmining eng boy va taniqli to’plami Venger va Bagim imperatori Rudolfo II Gabsburgga tegishli bo’lgan. Uning qiymati o’sha vaqtda juda katta baholangan.

Download 46.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling