Yevropaning iqlimi va ichki suvlari


I BOB. YEVROPANING IQLIMI GEOGRAFIYASI


Download 52.13 Kb.
bet3/7
Sana06.11.2023
Hajmi52.13 Kb.
#1752565
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
YEVROPANING IQLIMI VA ICHKI SUVLARI

I BOB. YEVROPANING IQLIMI GEOGRAFIYASI.

    1. Yevropa iqlimiga ta’sir qiluvchi omillar

Yevropa iqlimi shakllanishida bevosita uning geografik o‘rni, orografik tuzilishi juda katta ahamiyatga ega. Jumladan uni Atlantika okeani xavzasida joylashganligi okeandagi Iliq oqimning mavjud ekanligi hamda xududning shimoliy-sharqiy tomon kengayib borishi xudud iqlimini o‘ziga xos tarzda shakllanishiga sabab bo‘ladi. Xudud iqlimini shakllanishida radiatsiyaning umumiy mikdori va radiatsiya balansini ahamiyati juda atta. Xududda radiatsiya balansi va radiatsiya mikdori janubdan shimolga tomon kengayib boradi. Sitsiliya va Bolqonda yillik radiatsiya mikdori 160, Parij kengligida 100 kkal.sm ga teng. Radiatsiya balansi ham Yevropaning janubida 80, Parij kengligida 40, Shimoliy Skandinaviyada 30 kkal.sm ga teng. Butun Yevropa yozda radiatsiya balansi musbat, qishda esa faqatgina O‘rta dengiz buyidagina radiatsiya musbat bo‘lib, qolgan rayonlarda manfiy yoki O ga yaqindir. Yevropa ustida asosiy tipdagi havo massalari xukmronlik qiladi. O‘rta kengliklar havo massalari, Arktika va tropik havo masalari mavjud. Xudud iqlimini shakllanishida Atlantika okeani ustida tarkib topadigan o‘rta kengliklar havo massalari ta’siri juda yuqoridir. Mo‘tadil kengliklardagi dengiz havosi hamda kontinental havosi o‘rtasidagi farq juda katta bo‘lib quruqlik havosi uncha katta rol o‘ynamaydi.
Arktika havosi esa asosan shimoliy xududlarga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Atmosfera sirkulyatsiyasi atmosfera bosimini xudud bo‘yicha taqsimlanishiga bog‘liq. Jumladan Arktika va subtropiklarda yuqori bosim mintaqalari va ularning oralig‘ida past bosim mintaqalarining mavjudligi, xududga kirib keladigan havo massalarini asosan shu yuqori bosimli mintaqalardan kelishiga sabab bo‘ladi. Xududga Markaziy Osiyo va Azor orollari yaqinidagi Azor maksimumlarini ta’siri kuchlidir. Atmosfera sirkulyatsiyalari mavsumiy xarakterga ega bo‘lib mavsumlar bo‘yicha almashinib turadi. Sharqqa borgan sari havo massalarining o‘zgarishi natijasida g‘arbiy havo oqimining haroratsi kamaya boradi va bu yerlarda dengiz iqlimi tipi bir muncha o‘z xususiyatini yo‘qotadi.
Termik sharoitning xudud bo‘ylab notekis bo‘lishi qishda qor qoplami uzoq vaqt turmasligiga sabab bo‘ladi qor Fennoskandiyaning shimolida 6-7 oy, janubida va Germaniya-Polsha tekisligining sharqida 1-2 oy, Dunay bo‘yi tekisliklarida 3-4 hafta qolgan xududlarda undan ham kam muddat saqlanib turadi.
Atlantika sohilida ayniqsa yog‘in kam yog‘ib sharqqa tomon kamayib boradi.
Bunga sabab siklon faoliyatining kamayib dengiz havosini quruqlik havosi bilan almashinishidir. Qish fasli havo haroratsi Madridda -12, Pimla - 4,, Londonda -13, Berlinda -26, Murmanskda - 38 ko‘rsatkichga ega, Yozda esa Madridda +44, Pimla +39, Londonda +34, Berlinda +38, Murmanskda +33 ko‘rsatkichga ega.
Yog‘in mikdorini geografik taqsimlanishida xududga qirib keluvchi Islandiya minimumi va g‘arbiy yo‘nalishidagi shamollar oqimi katta ta’sir ko‘rsatadi. Xududning namlik koeffitsiyenti bir muncha yuqori ekanligi xududa yog‘in mikdorini ham materikni ichki qismiga nisbatan bir muncha ko‘p bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Xududni katta qismida 9 000 mm yog‘in yog‘adi.
Yevropa arktika, subarktika, mo‘tadil va subtropik iqlim mintaqalarida joylashgan.
Arktika va subarktika mintaqalari. Bu mintaqalarda Yevropaning Shpitsbergen, Islandiya, Yan-Mayyen, Medvejiy orollari joylashgan. Arktika mintaqasida yil davomida Arktika havosi xukmron. Subarktikada qishda arktika yozda mo‘tadil havo massalari almashinib turadi.
Mo‘tadil mintaqa. Bu mintaqada yil bo‘yi o‘rta kengliklar havo massalari xukmronlik qiladi. G‘arbdan siklonlar kelib turadi. Mintaqaning shimoliy qismida yoz salqin janubida esa issiq. Okean ta’siriga ko‘ra dengiz va quruqlik iqlim tiplari ajratiladi. Mintaqaning janubiy qismida Yevropa Atlantika sohilining dengiz iqlimi; Yevropa Atlantika sohilining dengiz iqlimidan sharqiy Yevropaning quriqlik iqlimiga o‘tuvchi iqlim Dunay bo‘yi tekisliklarining kontinental iqlimi; o‘rta balandlikdagi tog‘lar iqlimi; baland tog‘lar iqlimi tiplari mavjud.
Subtropik mintaqa. Bu mintaqada yozda tropik, qishda mo‘tadil mintaqa havosi hukmronlik qiladi. Janubiy Yevropaning katta qismi Venetsiya–Padan pasttekisligi Pireneya va Bolqon yarim orollarining shimolidan tashqari shu mintaqada joylashgan. G‘arbiy Yevropa qismida O‘rta dengiz tipi xarakterli. Bu mintaqada ham dengiz va quriqlik tiplari ajratiladi.
Materikning turli to'yinish manbaiga ega bo'lgan rejimi murakkab va xalq xo'jaligida eng katta ahamiyatga molik katta daryolari maxsus ta'riflanishini taqazo etadi. Dunay xorijiy Yevropaning eng katta daryosidir. Uning uzunligi 2850 km havzasining maydoni 817 ming km² qo'shilishi qismidagi yillik o'rtacha suv sarfi 6430 m³/sek. Dunay daryosi shvarsvald massividan 1000 m balandlikdagi ikki irmoqdan boshlanadi. Dunay daryosi Vena shaxriga qadar balandligi 200 m dan ortiq bo'lgan sertepa qirlar hamda platolardan oqadi. Daryo oqimining Vena shahrigacha bo'lgan qismi Dunayning yuqori oqimi deb ataladi. Dunayning o'rta oqimi Vena shaxridan boshlanadi Dunay daryosi o'rta dunay past tekisligini avval geografik kengligi bo'ylab so'ngra esa meridional yo'nalishda kesib o'tadi. Past tekislik qismida havo sovuq bo'lib turadi va qor yog'adi yoz ayniqsa uning ikkinchi yarmi issiq keladi. Dunay har yili qisqa vaqt bo'lsada har holda qish oylarida muzlaydi bahorda qorlar erigach suv sathi eng baland ko'tariladi dunayning past tekislikdagi Bolta deb ataluvchi qayr juda kengdir. Daryoning asosiy o'zanida ko'plab tarmoqlar va o'zanlar bor. Dunay Qora dengizga qo'yilaverishda uning o'zani delta bir qancha o'zaklarga bo'linib ketadi. Bu o'zaklar girlo deb ataladi faqat o'rta o'zak ya'ni sulin girlosidagina kema qatnay oladi. Qolgan ikkitasida ko'plab sayozlik va qum markazlar borligidan kema qatnay olmaydi. Dunay suvi yo'lida o'zanini o'zgartirish to'g'irlash tozalash va farvaterni chuqurlashtirish yuzasidan katta ishlar olib borilmoqda .
Reyn xorijiy Yevropaning eng yirik daryolardan biridir uning uzunligi bosh irmog'ining qo'shilishidan boshlab hisoblanganda 1320 km maydoni Mars daryosining havzasi bilan birga
251 800 km² . O'rtacha yillik oqimi quyi oqimlarda 2500 m³/sekga teng. Reyn Alp tog'larda 2000 m balandlikda ikkita tog' daryosining qo'shilishidan boshlanadi. Reynga yirik irmoqdar yuqori oqimida Ara o'rta oqimida Nekkar Mayn, Lan, Zig, Rur, Mozel kelib quyiladi. Reynda suv satxi o'zgarib tursada umuman olganda barcha fasllarda sersuv bo'lib undan kema qatnovida butun yil bo'yi foydalanish mumkin. Reyn xorijiy Yevropaning ichki rayonlarni Atlantika okeani bilan bog'lovchi kema qatnaydigan muhim daryosidir.
Rona Yevropaning o'rta dengiziga quyiluvchi eng katta daryosidir uning uzunligi 812 km havzasining maydoni 9800 km² . Ronaning bosh irmoqlari Alp tog'larida boshlanuvchi reyning bosh irmoqlari yaqinida joylashgan biroq u keyinchalik qarama-qarshi tomonga oqib Jeneva ko'liga borib quyiladi. Rona Lion shaxri yaqinida tik janubga buriladi va unga eng yirik irmog'i Sona so'ngra esa Izer Dyurans hamda markaziy massividan oqib turuvchi irmoqlari quyiladi. Rona daryosi o'rta dengizga quyilishida delta hosil qiladi. Asosiy daryoning rejimiga Sona juda katta ta'sir ko'rsatadi. U yil bo'yi ayniqsa qishqi mo'l-ko'l yog'inlar davrida to'lib oqadi. Yozgi va qishki maksimumning bir-biriga qo'shilib ketishi shuningdek markaziy massividagi yomg'irlar tufayli kuzgi suv ko'payishi Ronaning o'rta va quyi oqimida yil bo'yi daryo sersuv bo'ladigan sharoit yaratadi. Rona daryosi yuqori oqimda kanal orqali reyn daryosi bilan tutashtirilgan bo'lib bu hol uning kema qatnovidagi ahamiyatini yanada oshiradi.



    1. Download 52.13 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling