Yeyilishga ta’sir qiluvchi omillar va detallarning shikastlanish turlari


Download 419.06 Kb.
bet3/3
Sana12.03.2023
Hajmi419.06 Kb.
#1263388
1   2   3
Bog'liq
Yeyilishga ta’sir etuvchi omillar

Mikroqirqilish. Abrazivning qattiq zarralari yoki yeyilish mah- sullari sirtga ancha chuqur botib kirganda ular ashyoni mikroqirqilish natijasida mikroqirindi hosil bo‘lishi mumkin. Ishqalanish va yeyilishda mikroqirqilish kam sodir bo‘ladi, chunki amaldagi yuklanishlarda botib kirish chuqurligi buning uchun yetarli bo'lmaydi.
Qatlamlanib ko‘chish. Qovushqoq oqish chog‘ida ashyo bir tomonga siqilib surilishi va keyin oqish qobiliyati tugagandan so‘ng qatlamlanib ko‘chishi mumkin. Oqish jarayonida ashyo oksid par- dasi ustiga chiqib qoladi va asos bilan bo‘lgan bog'lanishini yo‘qotadi. Agar jismlarning chiziqli va nuqtali o‘zaro ta’sirida qat- lamning chuqurligi bo‘yicha zo‘riqishi ashyoning toliqish qarshiligidan katta bo‘lsa, ish vaqtida darzlar paydo bo‘lib, ular ashyoning tangasimon tarzda ajralishiga sabab bo‘ladi. Bunday hodisa toblangan yoki sementlangan detallarda kuzatiladi. Metalldagi shlakli qo‘shilmalar, erkin sementit va hokazo ko‘rinishidagi nuqsonlar hamda ancha katta qoldiq cho‘zilish zo'riqishlari qatlamlanib ko‘chishga sabab bo‘ladi.
Uvalanish — ashyo toliqib yeyilganda sirtida o‘nqir-cho‘nqirliklar paydo bo'lish jarayoni. Uvalanish sharikli va rolikli podshipniklarda ko‘proq uchraydi. Yeyilishning bu turida awal katta solishtirma bosim natijasida halqaning dumalash yo‘lchasida o‘yiqcha (sharik yoki ro- likning izi) paydo bo'ladi.
O‘yiqcha masalan, mashinalar temir yo‘ldan tashib ketilayot- ganda dumalash yo‘lchasining bir joyiga rolik yoki sharik qayta-qayta urilishi natijasida ham yuzaga kelishi mumkin.
Shikastlanishning bu turi detallarning dumalash sharoitida ishlay- digan ish sirtlarida ko‘proq uchraydi. Chetlari ixtiyoriy shakldagi uzuq- yuluq chuqurchalar uvalanishga xosdir.
Toliqib uvalanish. Ko’pgina detallar shunday sharoitlarda ishlay- diki, bunda sirtlarining yemirilishiga ularning ko‘pincha toliqib uva- lanishi sabab bo‘ladi. Sirtning toliqib uvalanishi dumalashdagi ishqalanish va sirpanishdagi ishqalanish bir vaqtda ta’sir qilishi oqibatida detallar sirtining ko‘p marta o‘ta zo'riqishi natijasidir. Bu yemirilish jarayoni sharikli va rolikli podshipniklar, shesternyalar tishlari hamda sirpanish podshipniklari uchun xosdir.
Toliqib uvalanishning yuzaga kelishi, odatdagi toliqib yemirilish- dagi kabi, birinchi darzning paydo bo'lishidan boshlanadi. Darz chuqurlashib bormasdan, balki kam hajmdagi metallni qamragan holda ma’lum chuqurlikda tugaydi.
Download 419.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling