Yicha test savollari
Download 9.72 Kb.
|
SOLIQ NAZORATI - Karimov Doston
SOLIQ NAZORATI BOʻYICHA TEST SAVOLLARI 1. Yangi tahrirdagi Soliq Kodeksi qachon qabul qilingan? A. 30.12.2013 B. 31.12.2017 C. 26.11.2018 D. 30.12.2019 2. Yangi tahrirdagi Soliq Kodeksiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasida nechta soliq turi joriy qilingan? A. 9 B. 10 C. 11 D. 12 3. ......-soliq toʻlovchilarning soliqlar va yigʻimlarni hisoblab chiqarish hamda toʻlash sohasidagi ayrim majburiyatlarini, shuningdek, soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlarini bajarilishini tekshirish hisoblanadi. A. Soliq auditi B. Sayyor soliq tekshiruvi C. Kameral soliq tekshiruvi D. Qoʻshimcha soliq tekshiruvi 4. ......- soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotlarini va (yoki) soliq toʻlovchining faoliyati toʻgʻrisida soliq organida mavjud boshqa maʼlumotlarni oʻrganish va tahlil qilish yoʻli bilan soliq organi tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruv. A. Soliq auditi B. Sayyor soliq tekshiruvi C. Kameral soliq tekshiruvi D. Qoʻshimcha soliq tekshiruvi 5. ......-soliq organlari tomonidan soliq toʻlovchining muayyan davr uchun soliqlar va yigʻimlarning hisoblanishi hamda toʻlanishining toʻgʻriligini tekshirish maqsadida, uning buxgalteriya, moliya, statistika, bank hamda boshqa hujjatlarini oʻrganish va taqqoslash yoʻli bilan oʻtkaziladi. A. Soliq auditi B. Sayyor soliq tekshiruvi C. Kameral soliq tekshiruvi D. Qoʻshimcha soliq tekshiruvi 6. Soliq sirini tashkil etuvchi maʼlumotlardan qaysi organ tomonidan tayinlangan shaxslar foydalanish huquqiga ega? A. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi B. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq Qoʻmitasi C. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi D. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob Palatasi 7. Soliq toʻlovchilar nechta guruhga segmentlanadi? A. 2 ta B. 3 ta C. 4 ta D. 6 ta 8. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq Qoʻmitasi kimlar oldida hisobdor? A. Oʻzbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasi B. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti C. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob Palatasi D. A va B 9. Soliq auditini oʻtkazish necha ish kunini tashkil etishi kerak? A. 12 kun B. 15 kun C. 30 kun D. 3 oy 10. Quyidagi soliq turlaridan qaysilarini 12 oydan oshmagan muddatda kechiktirib toʻlash mumkin? A. Foyda soligʻi, QQS, mol-mulk soligʻi B. Daromad soligʻi, aksiz soligʻi, yer soligʻi C. Yer soligʻi, mol-mulk soligʻi D. Qoʻshilgan qiymat soligʻi, foyda soligʻi Download 9.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling