Yig‘ilish raisi: Z. Mallayev Kotib : A. Safaraliyev Qatnashdilar
Download 18.08 Kb.
|
12-may Mushoira
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yig‘ilish raisi
- “Adabiyot – o‘tmishimiz, bugunimiz va kelajagimiz!”
- YIG‘ILISH QAROR QILADI
- Yig‘ilish raisi: Z.Mallayev Yig‘ilish kotibi: A.Safaraliyev
Shahrisabz tumani XTB ga qarashli 63-o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan “Adabiyot – o‘tmishimiz, bugunimiz va kelajagimiz!” shiori ostida o‘tkazilgan adabiy-badiiy mushoira kechasi yig‘ilish BAYONNOMASI “12” may 2021 yil “Sayyod” MFY Sayyod qishlog‘i Yig‘ilish raisi: Z.Mallayev Kotib : A.Safaraliyev Qatnashdilar: Barcha pedagog xodimlar, 63-sonli maktab o‘quvchilari, 66-sonli maktabning XI sinf o‘quvchilari. KUN TARTIBIDA: 63-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Adabiyot – o‘tmishimiz, bugunimiz va kelajagimiz!” shiori ostida adabiy-badiiy mushoira kechasini o‘tkazish. ESHITILDI: Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab direktori Z.Mallayev so‘zga chiqib, maktabda 2020-2021 o‘quv yilida maktabda turli xil ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilayotgani va “Adabiyot – o‘tmishimiz, bugunimiz va kelajagimiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan adabiy-badiiy mushoira kechasi alohida ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Azal-azaldan o`zbek xalqi san`atga, adabiyotga, ijodga qiziqib kelganligi, o`zbek ijodkorlari ijodini kuzatar ekanmiz, ijod namunalari orqali ijodkorning bolaligidayoq oilada kitobga bo`lgan mehri, e`tibori, ijodiy kechalar, mushoiraxonlik, g‘azalxonliklar o`z ta`sirini o`tkazmay qolmagan. Uzundan-uzun qish kechalarida o`tkazilgan Bedilxonlik, Fuzuliyxonlik, Navoiyxonlik kechalari an`anaviy tarzda o`tkazib kelinganligi va bunday o`tkazilgan kechalar bora-bora xalqimiz milliy urf-odatlarining bir bo`lagiga aylanib ulgurganligini aytdi. Shu o‘rinda Abdulla Qahhorning “Adabiyot atomdan kuchli, ammo uning kuchini o‘tin yorish uchun sarflamaslik kerak” degan fikrlar zamirida ulkan-ulkan ma’no borligini bildirib o‘tdi. Tadbirni olib borish uchun maktabimizning namunali o‘quvchilaridan bo‘lgan XI sinf o‘quvchisi Xolmirzayeva Zaynuraga so‘z berildi. Boshlovchi IX-X-XI sinf o‘quvchilariga tadbir shartlarini e’lon qildi. XI sinf o‘quvchisi Yuldosheva Komila, X sinf o‘quvchisi Yaxshiboyeva Sevinch, IX sinf o‘quvchisi G‘ayratova Shahlo o‘zbek shoirlaridan Alisher Navoiy, Furqat, Uvaysiy hayoti va ijodi haqida muhim ma’lumotlar hamda ularning g‘azallaridan namunalar aytib berishdi. Shundan so‘ng IX sinf o‘quvchisi Temirova E’zoza tomonidan milliy raqs namoyish etildi. 6 3-maktabning 9-10-11 sinf o‘quvchilari va 66-maktabning 11-sinf o‘quvchilari ishtirokida A.Navoy, furqat va Uvaysiy g‘azallaridan aytishib “G‘azalxonlik” musobaqasini o‘tkazishdi. Unda 11-sinf o‘quvchilari eng ko‘p g‘azallar aytib yuqori ballni qo‘lga kiritdilar. G‘azal aytishda o‘quvchilarning vaznga qo‘yib ifodali yoddan aytishiga alohida e’tibor berildi. 10-sinf qizlari ishtirokida “Mustahzod” raqsi tomosha qilindi va 11-sinf qizlari tomonidan milliy ashula tinglandi. Tadbir davomida har bir yuqori sinfdan ikkitadan o‘quvchi “She’rxonlik” bahsiga ishtirok etdilar. “She’rxonlik” bahsida o‘zbek she’riyatining yorqin vakillarining she’rlaridan aytdilar. Bu shartda 63-maktabning 11-sinf o‘quvchilari g‘olib bo‘lishdi. “She’rxonlik” bahsidan so‘ng navbat o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlariga berildi. Maktabning IX sinf o‘quvchilari O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning “Nido” dostonidan sahna ko‘rinishi tayyorlab urushning yurtimizga keltirgan og‘ir oqibatlarini ko‘rsatib berdilar. X-XI sinf o‘quvchi-qizlari tomonidan Said Ahmadning “Kelinlar qo‘zg‘oloni” kamediyasidan parcha namoyish etdilar. Tadbir so‘nggida “Adabiyot – o‘tmishimiz, bugunimiz va kelajagimiz!” shiori ostida o‘tkazilgan adabiy-badiiy mushoira kechasida faol ishtirok etgan 9-10-11 sinf o‘quvchilaridan XI sinf– I o‘rinni , X sinf – II o‘rinni, IX sinfga – III o‘rinni qo‘lga kiritdilar va g‘olib sinflar maktab rahbariyati tomonidan taqdirlandi. YIG‘ILISH QAROR QILADI: Shahrisabz tuman 63-sonli maktab direktori Z.Mallayevning ma’ruzasi asos uchun qabul qilinsin. Maktabda 2021-yil 12-mayda “Adabiyot – o‘tmishimiz, bugunimiz va kelajagimiz!” shiori ostida o‘tkazilgan adabiy-badiiy mushoira kechasi namunali deb topilsin. Adabiy-badiiy mushoira kechada ishtirokn etgan 9-10-11 sinf o‘quvchilaridan XI sinf– I o‘rinni, X sinf – II o‘rinni, IX sinfga – III o‘rinni egallaganligi ma’lum qilinsin va g‘olib sinflar maktab rahbariyati tomonidan taqdirlansin. Bundan keyingi adabiy-badiiy tadbirlarni bundanda yuqori saviyada o‘tkazish ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari S.Tuxtamishov va A.Safaraliyevlarga topshirilsin. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazishni nazorat qilish MMIBDO‘ J.Musirmonov zimmasiga yuklatilsin. Yig‘ilish raisi: Z.Mallayev Yig‘ilish kotibi: A.Safaraliyev Download 18.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling