Yig’ilish sentyabr oyining sanasida bo’lib o’tdi. Qatnashdilar


Download 13.8 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi13.8 Kb.
#1543266
  1   2
Bog'liq
Aniq fanlar



Bekobod tumani xalq ta'limi bo’limiga qarashli
3-umumiy o’rta ta’lim maktabida 2022-yil sentyabr oyida
Uslubiy birlashma yig’ilish
Bayoni №2


Yig’ilish sentyabr oyining ____ sanasida bo’lib o’tdi.
Qatnashdilar:
Yig’ilishda jami ___ nafar o’qituvchidan ___ nafari qatnashdi.
Kun tartibidagi masalalar .
1.Aniq fanlar metod birlashmasining 2021-2022-o‘quv yili yakunlari natijalarining tahlili
va 2022-2023-o‘quv yilida amalga oshiriladigan ishlarning rejasini tuzish,
metodbirlashmaning joriy o‘quv yili uchun tuzilgan ish rejasi va metodbirlashma
a’zolarining ish taqsimotini tasdiqlash va maktab rahbariyatiga tasdiq uchun taqdim etish.
2. Avgust shuba yig‘ilishlarida ko‘rilgan masalalar va joriy yildagi ta’lim
yangiliklarini metodbirlashma yig‘ilishida o‘rganib chiqish.O‘zbekiston Respublikasi
xalq ta’limi vazirining 2020 yil 13-avgustdagi “Xalq ta’limi tizimida uzluksiz
metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi 183-sonli
buyrug‘i ijrosini ta’minlash Aniq fanlar metod birlashmasida darslar taqsimoti va 5-11-
sinflar bo’yicha fanlardan taqvim mavzu rejalarni muhokamasi
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 6-apreldagi “Umumiy
o‘rta va o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining
2017-yil 15- martdagi 140-sonli qarorlari asosida olib borilayotgan ishlar xolati “Yangi
O`zbekistonda el aziz, inson aziz!”shiorini o’quvchilar o’rtasida o’rganish va amalga
tadbiq etish .
1- masala yuzasidan Aniq fanlar metod birlashmasining 2021-2022-o’quv yulidagi
amalga oshirilgan ishlari va 2022-2023- o’quv yilidagi vazifalari to’g’risida metod
birlashma rahbari B. Begmatova so’z olib o`z fikrlarini aytib yutuqlar o’zimizniki o’tgan
o’quv yilida olib borilgan ishlar samaradorligi va qilingan ishlarni kamchliklari metod
birlashma rahbari va uning a’zolarining bir yillik faoliytiga nazar solsak o’tgan yilni
yaxshi natijalar bilan yakunlaganligini alohida takidlab o’tdi. Shu bilan birga o’tgan
o’quv yilida yo’l qo’yilgan xato va kamchilaklarni yangi o’quv yilida bartaraf etish
choralari ko’rilishini va odob-ahloq qoidalariga qat’iy rioya qilishni aytib o’tdi.
Shundan so`ng yangi o`quv yili uchun dars taqsimoti haqida gapirar ekan
O`zbekiston Respublikasi adliya vazirligining 3271-sonli qarorining 3-bob 15-16-
bandlariga alohida to`xtalib o`tdi metod birlashma a’zolariga tushintirish ishlarini olib
bordi bundan buyon har yili dars taqsimoti ushbu qaror bandlarida keltirilgan tartib
qoidalar asosida amalga oshirilishini aytib o`tdi. Qarorning 15-bandiga asosan dars
taqsimotida eng avvalo xalqaro fan olimpiadalar g`olibini tayyorlagan o`qituvchilar,
o`qituvchi bo’lib faoliyat yuritayotgan xalqaro fan olimpiadasi g`oliblari, bundan tashqari
dunyoning yuqori reytingga ega oliygohlarida ta’lim olgan fan o’qituvchilari, oliy toifali
fan o’qituvchilari, birinchi toifali fan o’qituvchilari, ikkinchi toifali fan o’qituvchilari,
mutaxasis toifasiga ega fan o’qituvchilari, yuqoridan reytingga qarab maksimal 30ga
qadar dars olish huquqiga ega ekanligi bayon etilgan.
2- masala bo’yicha uslubiy birlashma rahbari B.Begmatova so’z olib sentyabr oyida
o’tkazilgan shuba yig’ilishlarida ishtiroki yuzasidan metod birlashma a’zolari va majlis
ishtirokchilariga yetkazdi. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2020 yil 13-
avgustdagi “Xalq ta’limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada
rivojlantirish to‘g‘risida”gi 183-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash to’g’risida fikr yuritdi.
183-sonli buyuruqqa asosan Dushanba kuni aniq fanlar metod kuni sifatida o’zgarisgsiz
qoldirilib Fevral oyi ham Informatika va Matematika fan oyligi sifatida o’zgarishsiz
qildirilganligini Metod birlashma ishlarini yuritishdagi hujjatlar to’plami
qisqartirilganligi va joriy o’quv yilidan Metod birlashma hujjatlaridan metod birlashma
rejasi va yig’ilish bayonini yuritish bilan cheklanish qat’iy belgilanganiligini tushuntirib
o’tdi. 2022-2023-o’quv yili uchun Aniq fanlar metod birlashmasining yillik ish rejasini
tasdiqlash to’g’risida qilinadigan ishlar mazmun mohiyatini o’qituvchilarga tushuntirib
O’IBDO’ I.Egamnazarov taqdim etdi. Darslar taqsimoti va 5-11- sinflar bo’yicha
fanlardan taqvim mavzu rejalarni muhokamasi keng jamoa o’rtasida va maktab direktori
I.Xusanov , I.Egamnazarov uslubiy birlashma rahbari B.Begmatova
tomonidan ko’rib chiqildi, metod birlashma rejasi 5-11-sinflar bo’yicha fanlardan taqvim
mavzu rejalari tasdiqlanish to’g’risida kelishildi. Muzokarada Informatika fani
o’qituvchilaridan birinchi toifali o’qituvchi M To`ychiyeva , tajribali va mahoratli
o’qituvchi so’zi tinglandi.
3- masala yuzasidan O’IBDO’ I.Egamnazarov so’z olib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Maxkamasining 2017 yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta-maxsus, kasb-hunar
ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori va
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017-yil 15- martdagi 140-sonli
qarorlari asosida olib borilayotgan ishlar xolati bundan keying qilinadigan ishlar rejasi
bilan tanishtirib o’tdi. Shundan so’ng metod birlashma rahbari B.Begmatova so’z olib
“Yangi O`zbekistonda el aziz, ison aziz!” shiorini o’quvchilar o’rtasida o’rganish va
amalga tadbiq etish bo’yicha sinf xonalariga shiorlar yozib qo’yilishi Mustaqillik
darslarini ushbu shior asosida tashkil etish kerakligi , mustaqillik darslarni tashkil etish
darslar davomida o’quvchilar ongiga chuqur singdirilishi uslubiy birlashma rahbari
B.Begmatova tomonidan aytib uqtirildi. Yuqoridagi masalalar bo’yicha muzokara bo’lib
o’tdi. “Yangi O`zbekistonda el aziz, ison aziz!” shiorini o’quvchilarning ongiga
singdirishda pedagogik mahoratlarini ko’rsatib misollar yordamida yosh pedagoglarga
tushunchalar berdilar.

Download 13.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling