Ko’rilgan masalalar yuzasidan yig’ilish qaror qiladi.
1-masala yuzasidan qaror
1.O’tagan o’quv yilida qilingan ishlar va aniq fanlar metod birlashmasining faoliyati
qoniqarli deb baholansin. Muhokama uchun kiritilgan Metod birlashmasining 2022-
2023-o’quv yili uchun yillik ish rejasi, 2022-2023-o’quv yili uchun fanlardan tuzilgan
taqvim ish rejalari tasdiqlanishi belgilansin.
2-masala yuzasidan qaror
2. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2020 yil 13-avgustdagi “Xalq ta’limi
tizimida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi
183-sonli buyrug‘i bilan barcha fan o’qituvchilari tanishib chiqishini nazorat qilish metod
birlashma rahbari B.Begmatova zimmasiga yuklatilsin.
3-masala yuzasidan qaror
3.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 6-apreldagi “Umumiy
o‘rta va o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining
2017-yil 15- martdagi 140-sonli qarorlari bilan tanishib shu qarorlar asosida darslarni
tashkillanishini nazorat qilish metod birlashma rahbari B.Begmatova zimmasiga yuklatilsin.
“Yangi O`zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiorini o’quvchilar o’rtasida o’rganish va
amalga tadbiq etish barcha fan o’qituvchilari zimmasiga yuklatilsin.
Uslub birlashma raisi: B.Begmatova
Kotiba: M.Vahobova
Do'stlaringiz bilan baham: |