Yig‘ilishga barcha muassasa xodimlari taklif etiladi. Kun tartibi


Download 25.29 Kb.
bet2/5
Sana16.06.2023
Hajmi25.29 Kb.
#1512094
1   2   3   4   5
Bog'liq
ЖШ мактаб баённома

RAISLIK QILUVCHI: yig‘ilish ishchi hay’atini 3 kishidan iborat taklif etilgan tarkibda saylash taklif etildi. boshqa takliflar bormi? ushbu taklifga qo‘shilgan yig‘ilish ishtirokchilarini ovoz berishlarini so‘rayman.
qarshilar? betaraflar? yo‘q. Yig‘ilish ishchi hay’ati bir ovozdan saylandi.
Saylanganlarni ishchi hay’atidan joy olishlari so‘raladi. marxamat.
Yig‘ilish kotibligini kasaba uyushma a’zosi G.Nishonovaga topshirish to‘g‘risida taklif bor. boshqa takliflar bormi?
Yo‘q bo‘lsa ushbu taklifga qo‘shilgan yig‘ilish ishtirokchilarini ovoz berishlarini so‘rayman.
Qarshilar? betaraflar? yo‘q.
Yig‘ilish kotibiyati bir ovozdan saylandi, ish boshlashi so‘raladi.
Bugungi yig‘ilish kun tartibi va ish vaqtini tasdiqlab olishimiz kerak. umumiy yig‘ilishning kun tartibi va ish tartibini ochiq ovoz berish yo‘li bilan tasdiqlash to‘g‘risida taklif bor, ma’qulmi? Raxmat.
Yig‘ilish kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilmoqda, ya’ni:
1. Yangiyo`l tumani 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasi loyihasini muhokama qilish to‘g‘risida.
Ma’ruzachi: kasaba uyushma qo‘mitasi raisi- X. Xusanbayeva, maktab direktori - Sh.Kazakbayev
2. Yangiyo`l tumani 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “ichki mehnat tartibi qoidalari”ni tasdiqlash to‘g‘risida
Ma’ruzachi: kasaba uyushma qo‘mitasi a’zosi- D.Abrorova
Taklif etilgan kun tartibiga o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar kirituvchilar bormi? taklif etilgan yig‘ilish kun tartibi tasdiqlansin degan yig‘ilish ishtirokchilarini ovoz berishlarini so‘rayman.
Qarshilar? betaraflar? yo‘q.
Yig‘ilish kun tartibi bir ovozdan tasdiqlandi.
Yig‘ilish ish tartibi quyidagiga taklif etiladi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan ma’ruza uchun 20 daqiqagacha, muzokaralar uchun 3 daqiqagacha vaqt berilib, yig‘ilishni tanafussiz yakunlash to‘g‘risida taklif bor. boshqa takliflar bormi? taklif etilgan yig‘ilish ish tartibi tasdiqlansin degan yig‘ilish ishtirokchilarini ovoz berishlarini so‘rayman.
Qarshilar? betaraflar? yo‘q.
Yig‘ilish ish tartibi bir ovozdan tasdiqlandi.
Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari, ruxsatingiz bilan yig‘ilish kun tartibidagi 1-masalani muhokama etishga o‘tamiz.
Yig‘ilish kun tartibidagi Yangiyo`l tumani 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasi loyihasini bo‘yicha so‘z kasaba uyushma raisi X.Xusanbayevaga beriladi.
(jamoa shartnomasi loyihasi tanishtiriladi)

Download 25.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling