Yig‘ilishga barcha muassasa xodimlari taklif etiladi. Kun tartibi


Download 25.29 Kb.
bet5/5
Sana16.06.2023
Hajmi25.29 Kb.
#1512094
1   2   3   4   5
Bog'liq
ЖШ мактаб баённома

QAROR QILADI:


1. 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasi yuzasidan ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Yangiyo`l tuman bo`linmasi kengashi qoshidagi ekspert komissiyaning ekspertiza xulosasi inobatga olinsin.
2. Jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlash bo‘yicha komissiya tomonidan ishlab chiqilgan 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasi loyihasi maqullansin.
3. Muzokaralar olib borish va jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlash komissiyasiga:
-2023-2025 yillar uchun jamoa shartnomasi bajarilishini tekshirib borish;
-jamoa shartnomasi bandlarini bajarilishida moliyaviy intizomga, xarajatlar smetasiga rioya qilinishini nazorat qilish;
-jamoa shartnomasini barcha bandlarini o‘z vaqftida ijtimoiy sheriklik asosida bajarilishiga erishish;
-jamoada yuzaga kelgan mehnat nizolarini ham kelib tushgan murojaatlarni qonunchilikda hamda jamoa shartnomasida belgilangan tartibda ko‘rib chiqish;
-XMT O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikasiya qilingan konvensiyalari, mehnat qonunchiligi, xodimlar mehnatini muhofazasi hamda ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qilinishi, kollej bitiruvchilarini ish joylarida qo‘nimliligini ta’minlanishi yuzasidan jamoatchilik monitoringini o‘rnatish;
-jamoa shartnomasini bajarilishini yil yakunida umumiy yig‘ilishda muhokama qilinishini tashkil qilish vazifalari topshirilsin.
4.Muassasa “ichki mehnat tartib qoidalari” tasdiqlansin.
5.Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maktab direktori Sh.Kazakbayev hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi X.Xusanbayeva zimmalariga yuklatilsin.


Yig‘ilish raisi: Sh.Kazakbayev


Yig‘ilish kotibi: G.Nishonova
Download 25.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling