Yig‘ilishga barcha muassasa xodimlari taklif etiladi. Kun tartibi


Download 25.29 Kb.
bet3/5
Sana16.06.2023
Hajmi25.29 Kb.
#1512094
1   2   3   4   5
Bog'liq
ЖШ мактаб баённома

RAISLIK QILUVCHI: Jamoa shartnomasi loyihasi bo‘yicha muhokamalarga o‘tamiz (muhokama qilinadi).
RAISLIK QILUVCHI: . Yangiyo`l tumani 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “ichki mehnat tartibi qoidalari” ni tasdiqlash to‘g‘risida suz kasaba uyushmasi a’zosi B.Nartayevga beriladi.
RAISLIK QILUVCHI: Yana so‘zga chiquvchilar bormi?
RAISLIK QILUVCHI: Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari! endi ruxsatingiz bilan muhokama etilgan masalalar yuzasidan tayyorlangan yig‘ilish qarori loyihasi bilan tanishsak. uni o‘qib berish uchun so‘z komissiya a’zosi N.Nazarovaga. marhamat.
RAISLIK QILUVCHI: Ushbu qaror loyihasini qabul qilsak bo‘ladimi? ushbu taklifga qo‘shilgan yig‘ilish ishtirokchilarini ovoz berishlarini so‘rayman.
Qarshilar? betaraflar? yo‘q.
Yig‘ilish qarori bir ovozdan qabul qilindi. Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokama etildi, qaror qabul qilindi.
Shu munosabat bilan Yangiyo`l tumani 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasining umumiy yig‘ilishi yopiq deb e’lon qilinadi.
Yig‘ilish ishida ishtirok etganlaringiz uchun sizlarga minnatdorchilik bildirib, ishlaringizga omadlar tilaymiz.

e’tiborlaringiz uchun raxmat!


YANGIYO`L TUMANI 42- UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABI
JAMOASI UMUMIY YIGʻILISHI QARORI


02 may 2023 yil 3-sonli


O‘zbekiston respublika Mehnat Kodeksining 60-75 moddalariga muvofiq, jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlash va mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishida muhokama qilish belgilangan. Yangiyo`l tumani 42- umumiy o‘rta ta’lim maktabi kasaba uyushmasi qo‘mitasining tashabbusiga binoan 2023 yilning fevral- mart oylarida maktab ma’muriyat va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida xodimlarni ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoyasiga qaratilgan jamoa shartnomasi loyihasi ishlab chiqildi. loyihani tayyorlash jarayoni komissiya tomonidan qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar, xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalari, tarmoq kelishuvlari me’yorlari hamda xodimlarning taklif va mulohazalari inobatga olindi. yuqoridagilarni inobatga olgan holda mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi
QAROR QILADI:
1. 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasi yuzasidan ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Yaniyo`l tuman kengashi qoshidagi ekspert komissiyaning ekspertiza xulosasi inobatga olinsin.
2. Jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlash bo‘yicha komissiya tomonidan ishlab chiqilgan 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasi loyihasi ma`qullansin.
3. Muzokaralar olib borish va jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlash komissiyasiga:
-2023-2025 yillar uchun jamoa shartnomasi bajarilishini tekshirib borish;
-jamoa shartnomasi bandlarini bajarilishida moliyaviy intizomga, xarajatlar smetasiga rioya qilinishini nazorat qilish;
-jamoa shartnomasini barcha bandlarini o‘z vaqftida ijtimoiy sheriklik asosida bajarilishiga erishish;
-jamoada yuzaga kelgan mehnat nizolarini ham kelib tushgan murojaatlarni qonunchilikda hamda jamoa shartnomasida belgilangan tartibda ko‘rib chiqish;
-XMT O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikasiya qilingan konvensiyalari, mehnat qonunchiligi, xodimlar mehnatini muhofazasi hamda ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qilinishi, kollej bitiruvchilarini ish joylarida qo‘nimliligini ta’minlanishi yuzasidan jamoatchilik monitoringini o‘rnatish;
-jamoa shartnomasini bajarilishini yil yakunida umumiy yig‘ilishda muhokama qilinishini tashkil qilish vazifalari topshirilsin.
4.Maktabda “ichki mehnat tartib qoidalari” tasdiqlansin.
5.Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maktab direktori Sh.Kazakbayev hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi X.Xusanbayeva zimmalariga yuklatilsin.



Download 25.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling