Yillarda aqsh


I bob Birinchi jahon urushining aqsh uchun oqibatlari


Download 118.35 Kb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi118.35 Kb.
#1582920
1   2   3   4   5
Bog'liq
1918 -1939 yillarda AQSH mavzusini o\'rganishda interfaol usullardan foydalanish

I bob Birinchi jahon urushining aqsh uchun oqibatlari
1.1 Birinchi jahon urushining AQSH uchun oqibatlari.
AQSH birinchi jahon urushiga 1917 – yilning aprel oyida kirgan edi. Yevropadagi harbiy harakatlarda esa 1917 – yilning yozidan ishtirok etdi. AQSH monopoliyalari Yevropa davlatlariga ulkan miqdorda qurol – yarog’ va oziq – ovqat mahsulotlari sotdi. Urush yillarida Qo’shma Shtatlar monopoliyalari 35 mlrd. Dollar miqdorida sof daromad ko’rdilar. Ayni paytda Yevropa davlatlari AQSH dan katta miqdorda qarz olishga majbur bo’ldilar. AQSH tashqi savdo aylanmasi 1914 – yilda 2,3 mlrd. Dollarni tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 1920 – yilda 8 mlrd. Dollarga yetdi. Eksport importdan 4 mlrd. Dollar ortiq bo’ldi. AQSH xazinasida dunyo oltin zaxirasining deyarli 50 foizi to’plandi. 1920 – yilga kelib butun dunyoda ishlab chiqarilgan mahsulotning 47 foizi AQSH hissasiga to’g’ri keldi. Shu tariqa AQSH jahonning yetakchi davlatiga, moliyaviy markaziga va jahon bozorining qudratli tayanchiga aylandi.
AQSH monopoliyalari to’plagan boylik yildan yilga o’sdi. Biroq mehnat ahli turmush darajasi boylik bilan teng o’smadi. Natijada ishchilar o’z haq – huquqlari uchun kurash boshladilar. Bu kurashda qatnashganlarning soni 1919 – yilda 4 mln. Dan ortiq kishini tashkil etdi va ular 44 – 48 soatlik ish haftasini talab qildilar.
AQSH hukumati 1918 yilda “Da`vatkorlik to’g’risidagi hujjat” ni qabul qildi. Hujjat mamlakatdagi mavjud tuzum to’g’risida bildiradigan har qanday salbiy fikrlarni jinoyat, deb e`lon qildi. Bunday ayblovga uchraganlar yo 10 ming dollar jarima to’lardi, yoki 20 – yil muddatga ozodlikdan mahrum etilardi.1920 – yilda o’zgacha fikrlashda shubha qilinganlikda ayblanib 10 mingga yaqin taraqqiyparvar arboblar hibsga olindi. Kasaba uyushmalari ichida Amerika mehnat Federatsiyasi (AMFI faollari va rasmiy rahbariyatning siyosatiga qarshi chiquvchilar ham quvg’un ostiga olindi.
Shu tariqa AQSH da 20 – yillarning 2 – yarmida o’zgacha fikrlovchi va so’l tashkilotlar tugatildi. AQSH iqtisodiy yuksalish yangi texnikaviy asosda eng yangi texnika uskunalarini qo’llash, konveyer tizimi, standartlashtirish va modernizatsiyalsh kabi usullarni keng tadbiq etish yo’li bilan at emi oshirildi. Buning natijasi o’laroq, birgina avtomabilsozlik sanoatida 1927 – yilda 7 mln. Dona avtomabil ishlab chiqarildi. Shu tariqa ishlab chiqarish Amerika jamiyati taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuchga aylandi2.
AQSHda yangi ijtimoiy falsafa hayotda ma`lum darajada o’z ifodasini topdi. 20 – yillar oxirida avtomabillar soni 28 mln. Ni tashkil etdi. Bu – Amerika deyarli har bir oila avtomabilga egalik qilishi imkoniyatini qo’lga kiritdi, degani edi. Boshqa iste`mol tovarlari ham ko’plab ishlab chiqarildi. Tovarlarni kreditga sotish keng yo’lga qo’yildi. Qishloq xo’jaligi og’ir ahvolda qoldi. 1920 – 1930 – yillarda fermer xo’jaliklari soni kamaydi. Ularning qarzi 15 mlrd. Dollarga yetdi. Buning asosiy sababi mamlakatda qishloq xo’jalik mahsulotlari asosan chet davlatlardan keltirilishi edi.
1929 – yilning kuzida AQSHda iqtisodiy inqiroz boshlandi. Bu inqiroz boshqa davlatlarga ham keng yoyildi va u jahon iqtisodiy inqiroziga aylandi. Inqirozga ortiqcha ishlab chiqarish sabab bo’ldi. Iqtisodiy inqiroz AQSH uchun eng ko’p talofat keltirdi. Shuning uchun ham u “Buyuk depressiya” deb nom oldi. Chunonchi, inqiroz tufayliAQSHda sanoat ishlab chiqarish deyarli 50 foizga qisqardi. 10 ming bank sindi. 130 mingga yaqin savdo va sanoat firmalari bankrot bo’ldi.1933 – yilning boshida mamlakatda ishsizlar soni 17 mln.
Kishini tashkil etdi. Bu AQSH tarixida eng yuqori ko’rsatkich edi. Mamlakatda ishsizlikni sug’urtalash haqida qonun yo’q edi. Preident Guver (1928 – 1932) hukumat korxonalari sinishining oldini olish maqsadida 3,5 mlrd. Dollarlik kapitalga ega bo’lgan moliyaviy qayta qurish korporatsiyasini tashkil etdi.Hukumat Federal fermer kengashiga 500 mln. Dollar mablag’ ajratdi. Uning maqsadi tovarlarning yetarli samara bermadi. 1932 – yilda AQSHda bo’lib o’tgan prezidentlik saylovida demokratlar partiyasi nomzodi Franklin Delano Ruzvelt g’alaba qozondi.
U AQSH tarixida eng mashhur president sifatida nom qoldirdi. AQSH Konstitutsiyasiga ko’ra, bir kishi ketma – ket ikki marta president etib saylanishi mumkin bo’lgan holda F. Ruzveltga kelganda, davr nuqtai nazaridan kelib chiqib, Konstitutsiyaning bu talabini buzishga to’g’ri keldi. U to’rt marta ketma – ket prezidentlikka saylandi. U AQSHni iqtisodiy inqirozdan qutqarish va uning buyukligini saqlab qolishning har tomonlama puxta ishlangan rejasini yarat oldi va uni hayotga to’la tadbiq qildi. Bu AQSH tarixiga F. Ruzveltning “yangi yo’li” nomi bilan kirdi. Yangi yo’l – amerika iqtisodiyotida keng miqyosli islohatlar o’tkazish yo’li edi.
1933 – yilda “Sanoatni qayta tiklash haqida” qonun qabul qilingan. Bu qonun sanoatning davlat tomonidan boshqalilishi tizimini joriy etdi. Davlat ishsizlikka qarshi kurash maqsadida ijtimoiy ishlar maxsus qo’mitasini tuzdi. Bu qo’mitaga yo’l qurish, maktablarni ta`mirlash, sport majmualari barpo etish kabilar yuklatildi. Shu orqali 8 mln. Ishsiz ish bilan ta`minlandi. Kambag’al oilalardagi 18 – 25 yoshli ishsiz fuqarolar uchun maxsus lagerlar barpo etilgan. Ularda tekin ta`lim berilib, bu ishsizlar sanoatning yangi tarmoqlari uchun zarur ixtisosliklarga o’rgatildi.
AQSH Kongressi 1933 – yilning 12 – mayida “Fermerlarga yordam haqida” qonun qabul qildi.Qonunga ko’ra, qishloq xo’jalik mahsulotlarining xarid narxlari oshirildi. O’z navbatida, fermerlar ekin maydoni va chorva mollari sonini qisqartirish haqida davlat bilan shartnoma tuzishlari lozim edi. Shunday qilgan fermerlarga mukofot belgilandi. Fermerlarning qarzi davlat hisobiga o’tkazildi yoki uni to’lash noma`lum muddatga to’xtatib qo’yildi. 1935 – yilda Kongress “vagner qonuni”ni qabul qildi. Unga ko’ra, ishchilar jamoaviy shartnoma tuzish huquqiga ega bo’ldilar. Ayni paytda ishchilarga ish tashlash huquqi ham berildi.
Ish tashlashda qatnashganlik uchun ta`qib etish taqiqlandi. “Yangi yo’l” keng ommaning ahvolini yaxshilash uchun eng boy oilalarning daromadlariga qo’shimcha soliq solishni izchillik bilan at emi oshirdi. Shu tariqa, F. Ruzveltning “yangi yo’li” dunyoda eng ko’lamli inson huquqlari va konstitutsiyaviy kafolatlar tizimini vujudga keltirdi. Oqibatda AQSH da dunyoda eng yuqori turmush darajasi ta`minlandi. “Yangi yo’l” AQSH ga buyuk, gullab – yashnayotgan, ijtimoiy – iqtisodiy jihatdan mukammal davlat shuhratini keltirdi. AQSH tashqi siyosatida ikki oqim, ya`ni izolatsionizm va internatsionalizm tarafdorlari o’rtasida kurash ketdi. Izolatsionizm tarafdorlari AQSH ning faol tashqi siyosatiga qarshi edilar. Ular asosan ichki muammolar bilan shug’ullanishni afzal bildilar.
Internatsionalizm tarafdorlari esa, AQSH jahon siyosatining faol ishtirokchisi bo’lishi kerak, deb hisoblardilar. Oxir – oqibatda bu oqim g’alaba qozondi. Parij sulh konferensiyasi Uzoq sharqda Yaponiya mavqeini ham mustahkamladi. Bular AQSH tashqi siyosatining amaldagi muvaffaqiyatsizligi edi.
Shuning uchun ham AQSH Kongressi Versal shartnomasini tasdiqlamadi. AQSH Yevropaadagi ta`sirini saqlab qolish uchun 1921 – yilda Germaniya bilan alohida tinchlik shartnomasini imzolashga muvaffaq bo’ldi. AQSH G’arbiy Yevropani ham o’z moliyaviy ta`sirida saqlab turishga zo’r berib urindi.
Bunda “Daues rejasi” ga (1924 – y) katta umid bog’ladi. Bu reja Germaniya harbiy qudratini amalda qayta tikladi. Germaniya qudratini qayta qudratli davlatga aylantirishlariga yo’l qo’ymaslk edi.
1929 – yilda Daues rejasini “Yung rejasi” bilan almashtirishga erishdi.
Bu reja Germaniyaning reparatsiya to’lash shartlarini yanada yengillashtirdi.F. Ruzvelt davrida (1932 – 1945) AQSHning xalqaro mavqei yanada mustahkamlandi. 1933 – yil 16 – noyabrda AQSH Sovet davlatini tan oldi va u bilan diplomatic munosabat o’rnatdi.
Lotin Amerikasi xalqlari ko’z o’ngida AQSH o’zining bu mintaqadagi tashqi siyosatining tub mohiyatini niqoblash maqsadida “yaxshi qo’shnichilik” shiorini e`lon qildi. Ikki jahon urushi oralig’ida AQSH dunyodagi eng boy davlatga aylandi. “Ford”, “Jeneral Motors”, ‘Dyupon”, “Po’lat tresti” kabi gigant kompaniyalar yanada kuchaydi. Tashqi siyosatda esa Buyuk Britaniya bilan yanada yaqinlashish yo’li qo’llanildi. AQSH Tinch okeaniga Uzok Sharkka, Xitoyga xam katta e`tibor berdi. 1919 yil Parij konferensiyasi natijalaridan norozi bo`lib kolgan AQSH uzining iktisodiy va moliyaviy kuvvatidan foydalanib, Uzok Sharkda (Xitoyda) va Tinch oveanda rakiblariga (Yaponiya va Angliya) jiddiy shikast yetkazishga bir kancha imperialistik davlatlarining Uzok Shark r-nidagi ziddiyatlardan foydalanib, bu rayonda va Tinch okeanida uz pozisiyasini kuchaytirishga zo`r berib xarakat kildi. 1921 yil 12 noyabrda – 1922 yil fevralda Vashingtonda 9 davlatning (AQSH, Angliya, Fransiya, Yaponiya, Italiya, Xitoy, Belgiya, Polsha va Portugaliya) konf.bo`lib utdi. AQSH konferensiyasida asosiyrol uynadi. Vashington konferensiyasi Xitoyga va Sovet Rossiyasiga karshi karatilgan kon-ya edi.
Konferensiyaning eng asosiy karorlari kuyidagi uchta imperialistik shartnomadan iborat:
1 chidan 4 davlatning (AQSH, Britaniya, Fransiya, Yaponiya) «Tinch Okeandagi bir-birlarining mustamlaka yerlarini daxlsizligi tugrisida shartnomasi»
2 chidan tukkiz davlatning (konf-yada ishtirok etgan davlatlar) «Xitoyning territorial va ma`muriy butunligi» prinsipini tanish.tugrisida nartnomasi.
3 chidan 5 davlatning (AQSH, Angliya, Fransiya, Fponiya, Italiyaning) «Dengiz kurollarini cheklash tugrisida shartnomasi»
bu shartnomalar Vashington sistemasini vujudga keltirdi3.
AQSH xukumati sovet rossiyasiga karshi kat`iy pozisiyada turdi. 1921 yilda Volga buyidagi ochlik vaktida G.Guver boshchiligida Amerika yordam ma`muriyati «yordam» nikobi bilan josuslik faoliyati shugullandi. AQSH Garbiy Yevropa davlatlari bilan Sovet Rossiyasi o`rtasidagi qarzlar masalasida biror bitim tuzishi va ittifokchilar urtasidagi karzlar masalasini bekor kilinishi extimoldan xavfsirab, 1922 yilda Gensiya konferensiyasini barbod qilishga zo`r berdi. Mamlakatda revalyusion tendensiya kuchaydi. Ishchilar xarakati yuksaldi. AQSH mexnatkashlari Sovet Rossiyasini kullab-kuvvatladilar. Ish tashlashlar, namoyishlar va mitinglar tez-tez bo`lib turdi. 1919 yilning yanvarida Nyu-York port ishchilari ish xakining kamaytirilishiga karshi bosh kutardilar. Kemalar katnovi bir oygacha tuxtab koldi. Natijada ishchilar ish xaki ancha oshirilishga erishildi. 1918-21 yillarda AQShda «Sovet Rossiyasi dustlari ligasi», «Amerika ayollarining rus bolalariga yordam ko`rsatish ligasi», «Amerika ayollari jamiyati» kabi tashkilotlar tuzildi. Bu tashkilotlarning birdan-bir maksadi va shiori – «Rossiyadan qo`lingni tort» shiori edi.
Sinfiy kurashning yuksalishi natijasida Sosialistik partiyada (1901 yil 1 tashkil topgan) gruppa mustahkamlandi. 1919 yil sentabr AQSH kommunistik ishchi partiyasi tuzildi. 1919 yili AKShda tantika jixatdan bir-biridan farki bulgan sul gruppalardan ikkita kommunistik partiya tuzildi. Rid boshchiligidagi partiya asosan tub joy amerikalik ishchilardan, revolyusionerlardan, Rutenburg boshchiligidagi partiya asosan chet eldan kelib, lyusionerlardan tuzishdi. Rutenburg partiyaning mas`ul sekretari kilib saylandi. Xurlangan va ezilgan negrlarning tula xukukli bulishi uchun kurashdi. 1920 yilnoyabrida Uilyan Foster boshchiligida Chikagoda «Kasaba sayuz propaganda ligasi» tuzildi.
Axoli kupchiligi ogir axvolda yashashi natijasida mexnatkashlarning xarid kuvvati pasayib ketdi. Bu axvol 1920-1921 yillarda iktisodiy krizisga sabab buldi. 1922-1929 yillar AQSH da vaktincha kisman stabillashuvi Yevropa mamlakatlaridan stabillashuvidan ilgarirok boshlangan xamda Angliya, Fransiya, Yaponiya, Germaniya, Italiyadan oldinrok bordi. 1923-29 yillarda AQShdagi sanoat maxsulotining umumiy xajmi 20 foiz oshdi. Yollanma ishchilar soni esa 7,6 foiz kamaydi.
Amerika burjua ekonomistlari AQShning stabillashuvini «prosperiti» deb atadilar. Leberal sanoat Roberg Latfolett xukmron respublikaning partiyasining qiyinchiliklaridan foydalanib, 1924 yilda respublikachilar va demokratlardan, appazision tashkilot va gruppalardan mayda va urta burjuaziyadan, xizmatchilardan, xatto fermer ishchi partiya a`zolaridan siyosiy, progressiv blok tuzdi. Bu blokning anchagina qismi fermerlardan iborat bo`ldi. Ushbu blokdan progressiv partiya deb atalgan uchinchi burshus partiyasi tuzildi. 1924 yilgi prezident saylov kompaniyasi proletriatning xali xam ideallogik va tashkiliy jixatdan zaifligi, mayda burjuaziya yetakchilik kila olmaganligini, Respublikachilar partiya va Deokratlar partiyasidan alokani uydirmalar tufayli ishchilar orasida mayda burjuaziya xayollari yoyilgan edi. Kulin prezidentlik yillarida AQShda ichki reaksiya va tashki ekspansionizm kuchayib ketdi. Axoliga karshi iktisodiy xujm kuchaytirib, yirik mulkdor va moliya magnitlari turli vositalar bilan kuriklandi. «Viyendan rkinligi» nikobi ostida insoniyatga zid bulgan irkiy xabashlar, jaxolatparaslik reaksion goyalari va turli metodlar ishga solindi.
1924 yilda amerikalik bankir CharlzDaues Germaniyadan olinadigan reparasiya baxonasi bilan «Daues plani» degan maxsus plan tuzdi. Bundan maksad Germaniya iktisodida AQShning moliyaviy jarayonini kuchaytirish, katta foyda olish, German militariamini Sovet Ittifokiga karatish edi. AQSH xukmron doiralari iktisodiy axvoldan, ortib borayotgan foydadan molyanun edilar. Mamlakat iqtisodiyotini urganish uchun G.Guver boshchiligida tuzilgan maxsus xukumat komiteti 1929 yil fevralda uzining tekshirish ishini tamomlab, «Yuqori iqtisodiy», «Barqaror va mustahkam ekanomika» xakida xisoboti yozdi. Ammo oradan kup utmasdan, 1929 yil oktyabodayok zur iktisodiy krizis boshlanib ketdi. Iktisodiy krizis ishlab chikarishning ijtimoiy xarakteri bilan uzlashtirishning kapitalistik xususiy xarakteri bilan uzlashtirishni kapitalistik xususiy xarakteri urtasidagi ziddiyat, tovarlarning xarid kuvvati talabidan ortikcha ishlab chikarish natijasida kelib chikkan, kapitalizm umumiy krizisi sharoitida yuz bergan krizis edi. Bu krizis xalk xujaligining xamma soxalarida savdo, sanoat, moliya, Kishlok xujaligi kamrab olgan chukur krizis bulib 1933 yilgacha chuzildi. Eng katta kapitalistik mamlakat bulgan AQSH dagi bu krizis boshka mamlakatlarga kuchli ta`sir etdi va mamlakatlarga yoyildi.
AQSH 1929-33 yillardagi jaxon iktisodiy krizisining asosiy uchogi bulib koldi. Bu krizis mexnatkashlar ommasi axvolini yanada yomonlashtirib yubordi. Krizis tarixda birinchi marta ishchi aristoktatiyasiga ham zarar yetkazdi. Ular orasida xam ishsizlik paydo buldi, bir kancha malakali ishchilar oddiy ishlar bilan shugullanishga majbur buldilar. Xukumat xalk axvolini yaxshilash uchun xech kanday real choralar kurinadi. Ish tashlashlar takiklandi. 1929-33 yillarda «Tinch sudi» yuli bilan 150 sing gunoxsiz negr tergovsiz vaxshiyona qatl qilindi. Mamlakatda siyosiy krizis etila bordi.
AQSH xukmron doiralari va reaksion matbuot xalk ommasi noroziligini yukotish, krizis va boshka ofatlar uchun kapitalizmni aybdor ekanligini xas-pushlash maksadida Sovet Ittifokiga karshi tuxmat kompaniyasi zur berib kuchaytirdilar. Ular «Sovetdempingi» yoki «Qizil demping» xakida propaganda olib bordilar.
Ruzveltning siyosatdagi «Yangi yuli» bujua liberallik isloxotchiligidan, sosial demagogiyada ib.edi. bu yangi yo`ldan maksad mexnatkashlarni ommaviy revalyusion xarakatdan keyin ularning dikkatini sosial siyosiy muammolardan chetga tortish, monopolistik burjuaziya xukmronligini mustaxkamlashdir. AQSH kongressi 1933 yilda 3,5 oy ichida 70 ta qonun kabul kildi. Bular orasida «Milliy sanoatni tiklash tugrisida akt» muxim konundir. 1937 yil urtalariga kelib yangi iktisodiy krizis boshlanib ketdi. Bu krizis 1939 yilgacha davom etdi.
AQSH I jaxon urushi natijasida eng kudratli kapitalistik mamlakatga va dunyo moliya jixatdan ekspluatasiya kilish markaziga aylandi. AKShning 1928-39 yillar tarixi kapitalizmning umum krizisi bilan burjua jamiyatining chukurlashib borayotgan chikishi va parazitizm bilan xarakterlanadi4.
Amerika Qo`shma shtatlari
Ikkinchi jaxon urushi yillarida AQSH kapitalizmi iqtisodiy krizisi xolatidan chiqib, ishlab chikarish kuvvatini ancha oshirdi. Usishning yillik xajmi 15% ni tashkil etdi. AQShning urush maydonlaridan uzokda bulishi xamda xarbiy buyumlarni va kurollarni fashizmga karshi davlatlarga kuplab sotishi uning shunday usishini ta`minladi. Buning ustiga AQShning urush xarajatlari ancha kam edi. U urushda kup odam yukotmagan edi. Xammasi bulib AKSH 292,1 ming kishi yukotdi.
Urush AQSH sanoati kuvvatini yanada yuksaltirib yubordi. 1943 yildayoq sanoat maxsuloti 1939 yildagiga nisbatan 2 baravar kupaydi, bu barcha kapitalistik mamlakatlardagi sanoat maxsulotining uchdan ikki kismini tashkil etdi. 1945 yilda AQShning savdo floti 1941 yildagiga nisbatan 2,3 barobar kupaydi.
AQSH imperialistlari urush natijasida 60 milliard dollar foydaga, kapitalistik mamlakatlardagi sanoat va xarbiy strategik ashyolar zapasining 50% iga, jaxon oltin zapasining (sovet davlatisiz) 73% iga ega buldilar. AQSH dunyoning kreditoriga aylandi. Amerika kapitalining ekspansiyasi kuchayib ketdi. Urush yillarida sanoat kuvvati 40% o`sdi. Ayniqsa, xarbiy sanoat rivojlandi. 1946 yilda AQShning jaxon kapitalistik sanoat ishlab chikarishdagi salmog`i maxsulot ishlab chikarishga nisbatan ozaygan bulishiga karamay 62%ni, kishlok xujalik maxsulotlari ishlab chikarish esa 32% ni tashkil etdi. AQShning jaxon kapitalistik eksportidagi xissasi 1945 yil yozida 40% ni tashkil etdi, uning kapitalistik dunyodagi yetakchilik roli oshib ketdi. Sanoat ishlab chikarish konsentrasiyasi va monopollashuv jarayoni kuchaydi. Monopolistik korporasiyalar kupaydi. Ularning roli oshib ketdi. Davlat 29% kamaydi; sanoatning ba`zi tarmoklari esa bundan xam kup kiskardi.
1948 yil oktabridan AQSH sanoat ishlab chikarishi kiskara boshladi. Natijada 1948-1949 yillarda AQSH kisman iktisodiy krizisni o`z boshidan kechirdi.
AQSH imperialistlari zur bulib kurollanishni yanada kuchaytirdilar, 1949 yildan boshlab kurolli kuchlarni kupaytirish va keng kurollanish programmasini amalga oshirishga kirishdilar. 1951 yil boshida umumiy xarbiy majburiyat tugrisida konun kabul kilindi. 1952 yil o`rtalaridan boshlab ishlab chikarishda kutarilish ruy berdi. Atom, raketa va elektron sanoatni tez rivojlantirildi. Kapital konsentrasiyasi davom etdi. Yirik kapital egalari yuzlab va minglab mayda va urta savdo-sanoat korxonalarini vayron kilib, uz korxonalarini yiriklashtirib oldilar. Monopoliyalarning roli tobora yuksaldi. Monopoliyalar reaksion va fashizm tarfdori bulgan siyosiy tashkilotlarni uzlariga itoat ettirib, ulardan uz reaksion maksadlarida foydalandilar; konun chikaruvchi organlarda uz vakillariga, «Lobblar»ga ega buldilar. Kongressda 2500 «Lobb» bulib, ular «Uchinchi palata» rolini uynaydi; monopoliyalar manfaatida kongress a`zolariga, xususan, senatorlarga ta`sir kursatadilar. Monopoliyalar ishchilar sinfi orasida uz agentlariga xam ega buldilar.
Shunday kilib, sanoat va moliya magnatlari xalk ommasi xisobiga katta foydalarga ega bulib bordilar va mamlakat xayotida xal kiluvchi rol uynadilar.
Urush yillarida AQSH ishchilarining safi 25% kupaydi. 1945 yilda 43,6 millionga yetdi. Urush yillarida va urushdan sung ishlab chikarish va kapital konsentrasiyasining kuchayishi bilan ishchilarning 30% dan kupi ishchilari 10 mingdan kam bulmagan korxonalarda markazlashdi. Sanoat egadarining milliy Assosiasiyasi ixtiyorida bulgan sanoat korxonalari mamlakat ishchilarining 75%iga ega buldi. AQSH kapital dunyosidan xukmron bulganligi, mustamlaka va yarim mustamlakalarni talashi, AQSH territoriyasida vayronalar keltiruvchi urushlarning bulmaganligi tufayli turmush kechirish kiymatining urtacha darajasi boshka kapitalistik mamlakatlardagiga rakaganda yukori bulsa-da, lekin ishchilar sinfining, mexnatkashlarning uchdan ikki kismi nochor axvolda kolaverdi: fakat ishchilar sinfining yukori tabakasining, ishchi aristokratiyasininggina turmush darajasi durust buldi.
Turli sanoat korxonasida ishchilarning ish xaklari turlicha bulib, urushdan keyingi yillarda kamayib ketdi. Ishlab chikarishning kiskartirishi, ishchilarning ish bilan tula ta`minlanmaganligi va ish xaftasining kiskarishi bilan ish xaklari 25% kiskardi. Sanoatni ishlab chikarishni tinch sharoitga moslashtirish xarajatlari mexnatkashlarga yuklatildi. Soliklarning fakat 25-30 % nigina monopoliya koplasa, kolgani mexnatkashlash zimmasiga tushdi.
Negrlarning axvoli juda xam ogir buldi. Negrlarning soni 17 sillion (mamlakat axolisining 10%) bulib, ularning uchdan ikki kismi janubiy shtatlarda, «Kora mintakada» yashaganlar. Negrlar sinfiy tomondan tabakalangan bulib, ular orasida ekspluatatorlar katlami xam mavxud edi. Negrlarning juda ozchiligi (10%) kam mikdordagi yerlarga ega bulib, kolgani ok tanli plantatorlarga ijaraga yer olib tirikchilik kildi. Sanoat korxonalarida negrlarning xukuklarini cheklab kuyish (diskriminasiya) negrlarni ok tanlilardan ajratib kuyish (segregasiya) avj olib ketdi. AQSH ijtimoiy xayotida fashistik tandensiya kuchaydi. Negrlarga, barcha progressiv kuchlarga nisbatan gangsterizm, ta`kib-jaxon choralari kuchayib ketdi. Reaksion, fashistik tashkilotlar Ku-Kluks-Klan, Amerika legioni, «Ok tanli grajdanlar sovetlari» va boshkalar avj oldirildi.
Ishchilarning, barcha mexnatkashlarning kasaba soyuzlari kupaydi. Ularning a`zolari soni 1945 yilda 15 mln.ga yakinlashdi. Progressiv kasaba soyuzlar ijtimoiy xayotda katta rol uynay boshladi. 1949 yil avgustida Amerika kasaba soyuzlarining tinchlikni ximoya kilish Milliy Komiteti tuzildi.
Mexnatkashlarning, barcha progressiv kuchlarning yetakchi kuchli Kommunistik partiya edi. AQSH Kompartiyasi jiddiy kiyinchiliklarni o`z boshidan kechirdi. Kompartiyaning oldingi bosh sekretari Vrauder va uning revizionistik gruppasi urush yillarida kapitalizmning xalokati mukarrar ekanligi tugrisidagi marksizm-leninizm ta`limotiga karama-karshi pozisiyada turib olib, «Amerika imperializmining progressivligi va alohidaligi» tugrisidagi antimarksistik «nazariya» bilan chikdi; AQSH da «sinfiy xamkorlik, xamjixatlik» vujudga keldi.
Kompartiya negrlarning ozod bulish yullarini kursatdi va ularni ok tanli ishchilar bilan birga kurashishga chakirdi. Kompartiya a`zolarining 15%i negrlar edi. Kompartiya programmasida negrlarga yer berish, teng mexnat uchun xak tulash, segregasiya va diskriminasiyani tugatish uz ifodasini topdi.
Kompartiya mamlakat progressiv kuchlarining yangi, uchinchi siyosiy partiya tuzish yulidagi xarakatlarini kullab-kuvvatladi.
AQSH xukumati Sovet hukumatining uzaro alokalarini rivojlantirish, kurollarni kiskartirish atom-vodorod kurollarini ta`qiqlash, bunday ommaviy kirish kurollari ustidan kat`iy xalkaro nazorat urnatish, Germaniya, Yaponiya, Koreya, Vyetnam masalalarini tinchlik bilan xal kilish, AQSH ishtirokida Yevropada kollektiv xavfsizlik tugrisida umumevropa shartnomasini tuzish kabi takliflarini rad etib keldi5.
1947 yil 12 martida prezident Trumenning kongressga Sovet davlatini «agressor» deb ayblab, uni gresiya va Turkiyaga taxdid kilmokda deb kursatib, bu mamlakatlarga kechiktirmay xarbiy-iktisodiy yordam berish uchun 400 million dollar ajratishni va u mamlakatlarga xarbiy maslaxatchilar yuborishni talab kilib yozgan murojaati asosida agressiv «Truman doktrinasi» kelib chikdi. Bu doktrinaga binoan AQSH, Gresiya va Turkiyaga «yordam» kursatish nikobi ostida bu mamlakatlarni Amerika imperializmi jaxon efkor ommasining jiddiy noroziligiga uchrab, «Turumen doktrinasini» bir oz nikoblashga majbur buldi. 1947 yil 5 iyunda AQSH davlat sekretari general D.Marshall Garvard universitetida nutk suzlab, Yevropa mamlakatlarining ekonomikasini «tiklash» tugrisida gapirdi. AQSH xukmron doiralari «Ximmatli Amerikaning», «beg`araz», xatto «olijanob yordamlari» tugrisida gapirdilar; Marshall nutki asosida yangi, «Marshall plani» bunyodga keldi. 1948 yil aprelida AQSH kongressi bu planni rasmiy suratda kabul kildi.
AQSH Germaniya masalasidagi 1945 yilgi Krim va Potsdam karorlarini qupol ravishda buzib, Germaniyani iktisodiy, sung siyosiy jixatdan bulib yuborishga erishdi.
AQShning Uzok shark rayonidagi siyosati oshkora reaksion va tajovuzkorlik siyosati edi. Yaponiya masalasida xalkaro majburiyatlarni kupol ravishda buzib, reaksion imperiator tuzumini saklab koldi. Monopolizm va militarizm kayta tiklana va xarbiy bazalar qurila boshlandi. Xalqaro bitimlarni mensimay, AQSH Xitoyda uz xukmronliklarini urnatishga astoydil kirishib, Xitoyda intervensiya va urush siyosatini olib bordi. Xitoy xalkining milliy ozodlik kurashini bug`ib Chan Kay-ishchilarni xar tomonlama kullab-kuvvatladi. AQSH Xitoy xalkiga karshi kurolli intervensiya uyushtirdi va Xitoyda yangi grajdanlar urushining ilxomchisi bulib, bu urushda Amerika kushinlari ishtirok etdi. Sovet davlati, boshka kator mamlakatlar bunday siyosatga kat`iy norozilik bildirdi. 1947 yil aprelida AQSH uz kushinlarini Xitoydan olib chikib ketishga majbur buldi. Xitoy kompartiyasi raxbarligida Xitoy xalki 1949 yilda Chan-shchilarga va AQSH intervensiyachilarga xal kiluvchi zarba berib, ulug galani kulga kiritdi. AQSH 1945 yil dekabrida AQSH Janubiy Koreyani uz mustamlakasi va plandarmiga aylantirdi.
AQSH Yakin va Urta Uark mamlakatlariga kuprok suqildi. Bu rayonning strategik jixatdan muxim axamiyatga egaligi va neft boyligi AQShni kupdan kiziktirib kelardi. Bu borada AQSH-Angliya rakobati keskin tus oldi. AQSH Baxreyn orollaridagi (Janubiy Eron) neft korxonasini va sobik Angliya-Eron neft kompaniyasini amalda uziga karatib oldi. Saudiya arabistonida AQShning «Aramko» neft konserni tuzildi. Bu konsern fakat 1951 yilning uzida 300 mln.dollar foyda oldi. Yakin va Urta Shark neft boyligining deyarli 50%i AQShniki bulib koldi. Turkiya va Isroil mamlakatlari AQShning votchinasiga aylandi.
AQSH Markaziy va Janubiy Amerika mamlakatlarini ochikdan-ochik uziga buysundirish siyosatini yuritdi. AQSH boshchiligida 1947-1948 yillarda panamerika konferensiyalari xarbiy-siyosiy panamerika blokini rasmiylashtirdi, sungra Amerika davlatlari tashkiloti tuzildi. «Trumen doktrinasi» asosida 1949 yilda kabul kilingan uning programmasining «Kolok rayonlarga yordam» nikobi ostidagi IV punkitiga muvofik 20 Lotin Amerikasi mamlakatini xam iktisodiy, xam siyosiy jixatdan AQSH asoratiga solish kuzda tutildi. AQSH imperialistlari bu mamlakatlarda xukmron bulib oldilar.
AQSH imperialistlari Vyetnam, Indoneziya va boshka mamlakatlarning ham ichki ishlariga aralashib keldilar va bu yerlarda urush xarakatlarining tashkilotchilari buldilar.
1948 yilgi saylovlarda xukmron demokratlar partiyasi g`alaba kozondi va Trumen kayta prezidentlikka saylandi. Trumen Uoll-Strit monopolistlari manfaatini kuzlab, reaksion ichki va dunyo xukmronligiga karatilgan agressiv tashki siyosatni davom ettiraverdi.
1948 yil martida Bryusselda AQShning kullab-kuvvatlashi bilan besh davlatdan Angliya, Fransiya, Belgiya, Niderlandiya va Lyuk-semburg davlatlaridan iborat G`arbiy ittifoq kelib chiqdi va bu davlatlarning armiyalarini birlashtirish tugrisida karor kabul kilindi. Bu bilan kanoatlanmagan AQSH 1949 yil 4 aprelda Vashingtonda «Kommunizm xavfiga» karshi kurash baxonasi bilan yangi yirik xarbiy blokni-12 davlatdan (AKSH, Angliya, Fransiya, Kanada, Belgiya va boshkalardan) iborat agressiv Shimoliy atlantik blokni (NATOni) tashkil etdi. GFRni xam NATOga tortmokchi buldi.
AQSH 1950 yil urtalaridan agressiv bloklar tuzish siyosatidan oshkora agressiv siyosatga utdi. AQSH Sovet davlati va XXR ga karshi yangi plasdarm yaratish va kurollanishni kuchaytirish, Osiyoda xukmron bulib olish va yangi iktisodiy krizisning oldini olish maksadida 1950 yil 25 iyunida Janubiy Koreya Li Sin Man hukumatining Koreya xalk-demokratik respublikasiga karshi boshlangan fukarolar urushining ilxomchisi buldi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti bayrogi ostida Koreya xalkiga karshi kurolli intervensiya uyushtirdi, bir necha davlatlar bu urushga tortildi. Koreyada utaketgan jinoyat va vaxshiylik bilan ommaviy kirgin kurollarini ishga solish bilan urush xarakatlari olib borildi. 1951 yil sentabrida San-Fransisko konferensiyasida Yaponiya bilan tuziladigan separat sulx shartnomasining AQSH-Angliya loyixasi, sung Amerika kushinlarini bemuddat Yaponiyada kolishini kuzda tutgan va Yaponiyani yanada asoratga solgan «Mudofaani birlikda ta`minlashda yordam kursatish tugrisida» Amerika-Yaponiya xarbiy shartnomasi kabul kilindi. Yaponiya, xususan uning Okinova oroli AQShning Uzok Sharkdagi xarbiy-strategik bazasiga aylandi. Yaponiyada urush jinoyatlari ozod kilindi va ragbatlantirildi; progressiv kuchlar, ayniksa, kommunistlar ta`kib kilindi.
1954 yil yozida Jeneva bitimining tuzilishiga karshi chikdi, keyin esa bu bitimning amalga oshirilishiga tuskinlik kildi. Xindi-Xitoy mamlakatlari ichki ishlariga aralashdi. 1954 yil sentabrida «Janubi-Sharkiy Osiyoning mudofaasi tugrisida shartnoma»-yangi, xarbiy-siyosiy ittifok (SEATO) tuzildi.
AQSH imperializmi Yakin Sharkda arab xalklarining milliy ozodlik xarakatlarining dushmani bulib chikdi. AQSH 1955 yilda tashkil topgan agressiv Bogdod paktining ilxomchisi buldi. 1956 yil yozida Misr tomonidan nasionalizasiya kilingan Suvaysh kanalini «internasionallashtirish plani» («Dalles plani») bilan chikib, kanalni Misr ixtiyoridan olib, chet el nazoratiga topshirishga urinib kurdi. 1956 yil kuzida Angliya, Fransiya va Isroilning Misrga karshi Suvaysh avvantyurasi barbod bulgandan keyin Yakin Sharkni «Vakuum» (bushlik) deb atab, bu «bushlik»ni tuldirish baxonasi bilan Angliya va Fransiya urnini egallashga urindi. SHu maksadda 1957 yil yanvarida «Eyzenxauer doktrinasi» e`lon kilindi. AQSH zurlik yuliga xam utdi. 1958 yil iyunida uz kushinlarini Livanga kiritdi. Angliya bilan birgalikda Irokka intervensiya uyushtirmokchi buldi. Lekin xalklarning ozodlik va tinchlik uchun kurashi bunga yul bermadi. AQSH bu rayonda uz xukmronligini urnata olmadi.
AQSH Lotin Amerikasida xam kutarilayotgan milliy ozodlik xarakatlarini tuxtatmokchi va uz pozisiyasini saklab kolmokchi buldi. Bu rayon mamlakatlarining ichki ishlariga yanada kuprok aralashadi. 1954 yil martida Venesuelada bulgan panamarika konferensiyasi «Kollektiv aralashuv» xakida kursatma berdi va 1954 yil iyunida Gvatemalaga karshi intervensiya uyushtirdi. Burjua-demokratik xokimiya urniga Amerika yon bosuvchi xarbiy diktatura urnatildi. Lekin xalklarning ozodlik va mustakillik xarakatlarini tuxtata olmadi. Kubada revolyusion kurash 1959 yil yanvarida ulkan galabaga olib keldi.
Kompartiyaning 1950 yil dekabrida bulib utgan XV syezdi mexnatkashlarning reaksiya va fashizmga karshi safarbar etish bayrogi ostida, ung ogmachilikka, taslimchilikka va «sul» sektantchilikka xotima berish, omma bilan alokani mustaxkamlash, kasaba soyuzlarda ish olib borish shiorlari ostida utdi. Syezd kommunistlarni goyaviy jixatdan tarbiyalashga katta e`tibor berdi6.
Burjua reaksiyasi jazo-ta`kib bilan Kompartiyani yukota olmadi. Kompartiya 1952 yildagi prezident va 1954 yildagi kongress saylovlarida ishtirok etdi; prezident saylovlarida progressiv partiya nomzodini kullab-kuvvatladi, kongress saylovlarida uz nomzodlarini kuydi.
Kompartiyaning 1954 yil avgustidagi milliy konferensiyasi ishchilar, fermerlar va ozchilikni tashkil etgan millatlarning birga kurash olib borishini kuchaytirish, AQShda antimonopolistik ishchi-fermer xalk xukumatini tuzish masalalarini goyat muxim vazifa kilib kuydi. Konferensiya partiyaning yangi programmasini kabul kildi.
1957 yilning fevral oyida bulib utgan Kompartiyaning XVI s`yezdi keskin ichki partiyaviy kurash vaziyatida utdi. S`yezd yangi ustav kabul kildi. Lekin s`yezd ung xavfga yetarli baxo berolmaganidan revizionistlar uzil-kesil zarbaga uchratilmadi. Ammo ular kommunistlar orasida tayanchga ega bulmay, ogmachilardan foydalandilar. Keyingi kurashlar natijasida Kompartiya goyaviy va tashkiliy jixatdan mustaxkamlandi. 1958 yil yanvarida «Deyli Uorker»ni nashr etish tuxtatildi. 1958 yil fevralida Geyts va boshkalar partiya safidan chikarildi.
1959 yil dekabrida Kompartiyaning XVII s`yezd revizionistlar bilan kurashni tugalladi; vaziyatni analiz kilib, partiyaning ichki va tashki siyosiy vazifalarini, tinchlik va tinch-totuv yashash uchun kurash vazifalarini belgiladi va taktika masalalarini anikladi. Kasaba soyuzlarni mustaxkamlashga katta axamiyat berdi. Negrlarni Amerika millatining bir kismi deb, negrlar masalasi-butun Amerika xalkining monopoliyalarga karshi kurash masalasining tarkibiy kismi deb karab, negrlarning tula teng xukukliligi uchun kurash shiorini, kurashning muxim shiorlaridan biri kilib kuydi. Bu ommaviy negr xarakati kutarilib turgan sharoitda birdan-bir shior edi.

Download 118.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling