Yillarda aqsh


II BOB XIX asr oxiri XX asr boshlarida AQSH ning ijtimoiy – iqtisodiy ahvoli


Download 118.35 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi118.35 Kb.
#1582920
1   2   3   4   5
Bog'liq
1918 -1939 yillarda AQSH mavzusini o\'rganishda interfaol usullardan foydalanish

II BOB XIX asr oxiri XX asr boshlarida AQSH ning ijtimoiy – iqtisodiy ahvoli
2.1 1918 – 1939 yillarda Amerika Q’oshma Shtatlari
XIX-asrning oxirida AQSH kapitalizmi imperializm bosqichiga o`tdi. Mamlakat ichida kapitalning kontsentratsiyalashuvi va bank kapitalining sanoat bilan qo`shilib ketishi davom etdi. AQSH trestlar hukmron bo`lgan klassik mamlakatga, monopolistik kapitalizm mamlakatiga aylanaverdi. Quyidagi raqamlar sanoatning o`sishini va kontsentratsiyalashishini ko`rsatib turibdi. Korxonalar soni 1899-1914 yillarda ko`payib, 208 mingtadan 275 mingtaga yetgan bo`lsa, shu korxonalarda ishlagan ishchilar soni qariyb ikki baravar ko`paydi. 4713-ming kishidan 7036 ming kishiga etdi. Sanoat korxonalariga band qilib qo`yilgan kapital qarib uch baravar ko`paydi. 8975 ming dollordan 22791 ming dollorga etdi.
AQSH sanoat ishlab chiqarishi hajmi jihatidan Yevropa mamlakatlarini orqada qoldirib ketdi. 1909 yilgi ma`lumotlarga qaraganda sanoat mahsulotining qiymati 20 milliard dollordan oshiqroq bo`ldi. Bu esa, Buyuk Britaniya sanoat mahsulotining qimmatidan qariyb 2,5 baravar va Germaniya sanoat mahsulotining qimmatidan 2 baravar oshiq edi.
Ayrim sanoat tarmoqlaridagi rivojlanishni Yevropa mamlakatlaridagi xuddi shunday sanoat tarmoqlari rivojlanishiga doir ma`lumotlar bilan taqqoslab qarasak, AQSH sanoatining o`sishini tag’in ham ravshanroq ko`ramiz. Chunonchi birinchi jahon urushi arafasida AQSHda ishlab chiqarilayotgan toshko`mirning, cho`yan va po`latning miqdori Angliya, Fransiya va Germaniya erishgan jamiki miqdoriga teng edi. Sanoatning boshqa hal qiluvchi tarmoqlarida ham AQSH, Angliya, Fransiya va Germaniyadan o`zib ketib, birinchi o`rinni mustahkam egallab oldi7.
Bu davrda AQSH uchun xarakterli narsa shu bo`ldiki, kapital kontsentratsiyasi va markazlashuvi qonunining amal qilishi natijasida yirik koorporatsiyalar va trestlar -g’alaba qildi. Million dollorlik va undan ham ko`proq mahsulot ishlab chiqarayotgan gigant korxonalar 1904-yildayoq jami korxonalarning 0,9% ga yetib qolgan edi.
Ishlab chiqarishning deyarli hamma tarmoqlarida trestlar tashkil etildi. Po`lat, neft, mis, elektr va shu kabi sanoat tarmoqlari qirollarining qudratli dinostiyalari vujudga keldi. 1901-yilda Morgan 1 milliard dollordan ko`proq kapitalga ega bo`lgan va "Qo`shma Shtatlarning po`lat koorporatsiyasi" deb atalgan katta trest tashkil qildi. Bu trest dastlabki paytlarda po`lat sanoatining beshdan uch qismini, po`lat eritish uchun ishlatilayotgan temir ruda qazib chiqarishning 60% ini, po`latning 66% ni va tayyor po`latning deyarli 50% ini o`z nazoratiga olgan edi.
Amerika kapitalizmi tez rivojlanganligi uchun ham imperializm davrida AQSHda kapitalizmning tekinxo`rligi va chirishi Shunday bir tarzda ifodalandiki, gigant trestlar o`zlari belgilagan narxlarni saqlab qolish uchun kurashib, ko`pincha yangi kashfiyotlar va ixtirolar qildilar. Amerika kapitalizmining tekinxo`rligi va chirishi, sanoat va qishloq xo`jaligining notekis rivojlanishida, sanoatning ayrim tarmoqlari va mamlakat ayrim rayonlarining notekis rivojlanishida, kapitalizmning doimiy yo`ldoshi bo`lgan krizislarning va ishlab chiqarish anarxiasining kuchayib ketishida, mustamlakalar va yarim mustamlakalardagi xalqlarni ezish kuchayib borayotganligida - mana shularning hammasida namoyon bo`laverdi.
XIX asrning oxirida Ispaniya - Amerika urushi boshlanib ketdi. Bu urushning boshlanishga tashqi bahona shu bo`ldiki, Ispaniya Kubada o`z vatanining mustaqilligi uchun kurashayotgan qo`zg’alonchilarga qarshi urush olib bormoqda edi.
AQSH Kubadagi va Ispaniyaning boshqa mamlakatlardagi - Filippin orollaridagi milliy ozodlik harakatidan o`z maqsadi yo`lida foydalanib kelmoqchi bo`ldi.
AQSH Kubani bosib olish rejalarini bir necha o`n yildan beri tayyorlab kelmoqda edi. Bu orolning boyligi, unda bir qancha portlar borligi va orolning strategik mavqei AQSH davlat doiralarining e`tiborini jalb qilmasligi mumkin emas edi. Ispaniya bilan urush boshlashmasdan oldin Amerika kapitalistlari Kubadagi plantatsiyalarga konlar va temir yo`llarga 50 million dollarga yaqin mablag’ sarflab qo`ygan edilar.
AQSH Kubadagi voqealarni juda sinchiklab kuzatib turdilar. Qo`zg’alonchilarga xayrixoh bo`lgan progressiv elementlar, AQSH Kubaning inqlobiy hukumatini tanidi va bu hukumatga ma`naviy hamda moliyaviy yordam
beradi, deb umidvor bo`lgan edilar. Amerikaning progressiv tashkilotlari qo`zg’olon ko`targan kubaliklarning vakillari bilan aloqa bog’lab, ularning AQSH dan qurol yaroq va oziq-ovqat sotib olishlariga yordamlashishga ko`p harakat qildilar.
Biroq AQSH hukumati Kubadagi qo`zg’olonchilarning «g’alaba qilishidan qo`rqqan moliyaviy guruhlar bilan inoq bo`lganligi sababli qo`zg’olonchilarni urushuvchi tomon deb tanishdan bosh tortdi. Xerst va Pulitser boshchiligidagi sotqin matbuotchilar movinistik propaganda avj oldirishga intilib, Kubadagi AQSH fuqarolari ko`p talofot bermoqda deb shovqin-suron ko`tardi. AQSH fuqarolaridan turmalarda va qamoq lagerlarida qamalib yotgan kishilarni munofiqlik bilan himoya qildi. AQSH hukumati ispanlarning Kubada qilayotgan zulm va vahshiyliklariga qarshi bir necha marta norozilik notalari yubordi. Hammasi bo`lib uch oy davom etgan urush Ispaniya monarxiyasining zaifligini va ichdan chiriganligini yaqqol ko`rsatdi. Ispaniya floti eskirgan kemalardan iborat bo`lib, yaxshi qurollanmagan va intizomsiz edi.
Ispanlarning Kubadagi 200 ming kishilik armiyasi kuchsizlanib qolgan edi, Kuba partizanlarining qahramonlarcha ko`rsatayotgan qarshiligi bu armiyaning qo`lini band qilib qo`ygan edi. Shuning uchun ham Amerika qo`shinlari Santyagoga yaqinlashib kelganlarida ispanlar ularga qarshi faqat 12 ming soldatni ro`para qila oldilar. Amerika davlati Manil ko`rfazida ispanlarning eskadrasini tor-mor keltirdi.
Ispanlarning Santyago portidan qutulib chiqqan ikkinchi eskadrasini ham Amerika floti tor-mor qildi. 15-iyulda Amerika qo`shinlari Kuba qo`zg’olonchilarining aktiv yordami bilan Santyagoni ishg’ol qildilar.
Ispaniya mag’lubiyatga uchradi va sulh tuzishga majbur bo`ldi. 1898 yil 10 dekabrda Parijda tuzilgan sulh shartnomasiga muvofiq AQSH Filippin orollarini, Puerto-Riko va Guam orollarini oldi.
AQSH Ispaniyaga Filippin uchun 20 million dollor pul berdi. Bundan tashqari, Ispaniya Kuba oroliga bo`lgan o`zining hamma da`volaridan voz kechdi. Qog’ozdagina mustaqillik olgan Kuba respublika bo`lib qoldi va AQSH protektorati ostiga o`tdi.
Gavay orollari batamom anneksiya qilib olinganligi Ispaniya bilan bo`lgan urush natijalaridan biri bo`ldi. 1898-yil 12-avgustda kongress birlashgan rezolyutsiya qabul qildi. Bu rezolyutsiyada Gavay orollari "AQSH hududining bir qismi" tariqasida anneksiya qilinganligi, bojlar bekor qilinganligi va Gavay orollaridagi Xitoylarning AQSHga kelishi taqiqlanganligi aytilgan edi.
Ispaniya-Amerika urushi Samoa masalasini hal qilishni ham tezlashtirdi. 1899-yil dekabrida tuzilgan shartnoma uch davlatning birgalikdagi protektoratiga xotima berdi.
Ikkinchi marta saylangan Mak-Kinli 1901-yil 4-martda prezidentlik vazifasini bajarishga kirishdi. Mak-Kinli 6-sentyabrda Bufaloga borib panomerika vistavkasini ko`rayotgan vaqtida bir anarxist unga suiqasd qildi va 14-setyabrda Mak-Kinli o`ldi. Konstitutsiyaga muvofiq vitseprezident Teodor Ruzvelt yangi saylovlar o`tkazilguncha prezidentlik vazifasini bajarishga kirishdi. Ashaddiy eskpansiyachi Ruzvelt aktiv tashqi siyosat o`tkazishga, AQSH ning qurolli kuchlarini ko`paytirishga, ayniqsa katta harbiy dengiz floti qurishga kirishdi. Ruzvelt AQSH agressiv doiralarining vakili edi va faqat G’arbiy yarim sharda AQSH ning gegemonligini o`rnatishgina orzu qilib qolmasdan, shu bilan birga AQSH ning butun dunyoga hukmron bo`lishini ham orzu qilardi. Davlat apparatining hamma bug’inlarida avj olib ketgan korrupsiya, poraxo`rlik va buzilish hamda monopoliyalarning zulmi mayda va o`rta burjuaziya saflarida norozilikni vujudga keltirdi. "Axlat tozaluvchilar" deb nom berilgan bir guruh yozuvchilar va publitsistlar mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotida avj olib ketgan korruptsiyani fosh qilib tashladi. Chunonchi, Ida Tarbell bir qancha maqolalar e`lon qilib, "standart oyl" trestining o`z raqiblarini yo`qotish, mamlakatning tabiiy boyliklarini bosib olish va sud organlarini sotib olish uchun qo`llanayotgan korrupsiya metodlarini fosh qilib tashladi. Progressiv siyosiy arboblarining bir guruhi burjua islohotlari o`tkazishi uchun agitatsiya olib bordi. Bu guruh markazdagi va joylardagi hukumat apparatini demokratlashtirishni, senatorlarni to`ppa-to`g’ri saylashni, xotinlar va bolalar mehnatini ekspluatatsiya qilishni cheklaydigan qonunlar qabul qilishni, temir yo`llarni, banklarni va moliyani davlat qo`liga o`tkazishni talab qildilar8.
Teodor Ruzvelt o`zining ichki siyosatida mana shularning hammasini hisobga olmasligi mumkin emas edi. Monopoliyalarning zulmi natijasida vujudga kelayotgan qiyinchiliklardan ommaning e`tiborini chalg’itishga urinayotgan Ruzvelt trestlarning "yomon jihatlarini" cheklaydigan tadbirlar o`tkazishni taklif qildi. Trestlarga qarshi juda ko`p sud yig’ilishlari o`tkazildi. Trestlarning ba`zi rahbarlari sud javobgarligiga tortildi. Biroq, ana shunday har qancha "kurash" olib borilgan bo`lsa ham, natijada trestlar oz-moz shtraf to`lash bilan qutilib qolaverdilar. Trestlarning o`sishi davom etdi va ular mustahkamlanaverdi.
1904-yil oxirida T.Ruzvelt yana prezidentlikka saylandi. T.Ruzvelt o`zining bu saylanishini o`zi o`tkazayotgan siyosatning ma`qullanishi va bu siyosatni davom ettirishga rag’batlantirish deb bildi. Moliya oligarxiyasi uning faoliyatini haqiqatdan ma`qullamoqda edi.Po`lat trestining boshlig’i Morgan Ruzvelt foydasiga o`tkazilgan saylov kompaniyasiga 150 ming dollar sarfladi.
Mamlakatning tabiiy boyliklarini muhofaza qilish masalasi o`sha vaqtda katta ahamiyatga ega bo`lib qoldi. Ayrim shaxslar pora berib sotib olayotgan hukumat ma`murlarining yordami bilan yerlarni va boshqa tabiiy boyliklarini yirtqichlarga ekspluatatsiya qilish natijasida mamlakatning tabiiy boyliklari juda ko`p miqdorda nobud bo`lmoqda edi. Progressiv elementlar bu masalaga hukumatning aralashuvini talab qildilar. T.Ruzvelt sotilmagan 150 million akr yerni, shuningdek Alyaskadagi va Shimoliy - g’arbdagi 85 million akr yerni daxlsiz davlat fondi deb e`lon qildi, shu yerlardagi mineral va suv resurslarini o`rganishni AQSH ning geologiya departamentiga topshirdi. Mamlakatning tabiiy boyliklarini muhofaza qilish milliy komissiyasi tuzildi. 1908-yil oxirida Vilyam Govard Taft prezidentlikka saylandi. Korporatsiyalar ishi bilan shug’ullanuvchi katta yurist bo`lgan Taft Filippin komissiyasiga boshchilik qilgan edi, so`ngra esa orollar gubernatori bo`lib turgan vaqtda Filippin xalqining milliy ozodlik kurashini bostirgan edi. U Filippindagi mana shu "muvaffaqiyatlari" tufayli Ruzvelt hukumatida harbiy ministr bo`lib olgan edi.
Taft Ruzveltning hamda Rokfeller boshchiligidagi yirik sanoatchilar va monopoliyachilarning yordami bilan prezidentlikka saylandi.
Taft yirik trestlarning tipik advokati, nihoyat darajada konservator bo`lib, mamlakatdagi moliya oligarxiyasining talablarini hech so`zsiz bajarardi. Morgan tipidagi yirik magnatlar bilan o`zining aloqalarini niqoblashga mohir bo`lgan Ruzveltdan Taftning farqi shu ediki, Taft trestlar bilan o`zining munosabatlarini yashirishni lozim topmas edi. Ruzveltning demogogiyadan iborat harakatlari mayda burjua oppozitsiyasini trest kapitali bilan murosaga olib kelishga va ishchilar harakatining rivojlanishiga to`sqinlik qilishga qaratilgan edi. Ruzvelt respublikachilar partiyasidagi bir-biriga zid unsurlarni juda ustalik bilan murosaa qildirardi. O`zining oshkora reaksionligi bilan Ruzvel’dan farq qilgan Taft burjua partiyasiga rahbarlik qilish uchun zarur bo`lgan qobiliyatlardan mahrum edi. 1912 yildan keyin Ruzvelt Taftga baho berib, "u yaxshi leytenant bo`lsa ham lekin, yomon kapitan edi" deganligi bejiz emas edi.
Taft siyosatidan norozilik mamlakatning tabiiy boyliklarini muhofaza qilish masalasida ayniqsa keskin namoyon bo`ldi. Ichki ishlar ministri Ballinjer yerlarni olib, davlat fondiga topshirish to`g’risidagi ba`zi buyruqlarni, bu buyruqlar go`yo yetarli ravishda rasmiylashtirilmagan degan vaj bilan bekor qildi. Oradan sal vaqt o`tmay o`rmonlar boshqarmasining boshlig’i Jifford Pinchot va ichki ishlar ministrligining xizmatchisi Glevis Ballinjerni davlatga qarashli yerlarni asosan Alyaska yerlarini Morgan Gugenxeym sindikatiga juda arzon narx bilan sotib yubordi, deb aybladilar. Taft Ballinjerni yoqlab chiqdi. Pinchon iste`fo berishga majbur bo`ldi.
Taft "trestlarni ta`kid etishdi" o`z o`tmishdoshiga taqlid qilib, yirik trestlarga qarshi sudda 45 ta ish qo`zg’atdi, bu trestlar orasida o`zi tashkil topgan kundan boshlab dastlabki 10 yil ichida hech kim daxl qilmagan AQSH po`lat tresti ham bor edi. Po`lat trestiga qarshi ish qo`zg’atilganligidan Ruzvelt norozi bo`lib, Taft mening kabinetim a`zosi bo`lib turgan vaqtida Po`lat trestining tashkil etilishiga qarshi e`tiroz bildirmagan edi, degan edi.
Shuni aytib o`tish kerakki, Taft ma`muriyati tomonidan trestlarga qarshi sudda ishlar qo`zg’atilganligi oqibat natijada ularga, ya`ni trestlarga hech qanday zarar yetkazmadi. Trestlar sud instantsiyalarining yangi talablariga moslashib rivojlana va mustahkamlanaverdi.
Ispaniya - Amerika urushidan keyin AQSH ning yirik burjuaziyasi yangi bosib olingan hududlardagi o`z hukmronligini mustahkamlashni tashqi siyosatdagi eng muhim vazifa deb hisobladi. Yirik burjuaziya Kuba va Filippinda o`z hukmronligini o`rnatmoqchiligi uchun AQSH ning ispanlar ustidan g’alaba qozonishga yordam bergan milliy ozodlik harakatini tugatish zarur bo`lib qoldi.
1901-yilda Kuba Konstitutsiya qabul qildi. Lekin, bu konstitutsiya AQSH kongressini qanoatlantirmadi. Kuba "bir qator tuzatishlarni" qabul qilishga majbur bo`ldi. Bu tuzatish AQSH ga go`yo Kubaning mustaqilligini himoya qilish maqsadida interventsiya qilish huquqini berdi, Kubaning o`z teritoriyasini harbiy va dengiz bazalari qurish uchun chet davlatlarga berish to`g’risida shartnomalar tuzishini taqiqlab qo`ydi hamda AQSHning Kubada ko`mir va dengiz bazalari qurish huquqini berdi.
AQSH Xitoyda "ochiq eshik" siyosatini e`lon qilganligi "Tinch mamlakatlari" bilan savdo-sotiq kuchayib ketganligi hamda Gavay va Filippin orollarini bosib olganligi sababli, ikki okeanni birlashtiruvchi kanal qurish masalasi alohida ahmiyatga ega bo`lib qoldi.

Download 118.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling