Yillarda aqsh


AQSH ning XIX-asr oxiri XX-asr boshlarida tashqi siyosati


Download 118.35 Kb.
bet5/5
Sana18.06.2023
Hajmi118.35 Kb.
#1582920
1   2   3   4   5
Bog'liq
1918 -1939 yillarda AQSH mavzusini o\'rganishda interfaol usullardan foydalanish

2.2 AQSH ning XIX-asr oxiri XX-asr boshlarida tashqi siyosati
AQSH ning hukumron doiralari kanal qurishni nazoratlari ostiga olishga qaror qildilar. Buning uchun Angliya bilan tuzilgan Kleyton Bulver shartnomasini bekor qilish kerak edi. 1901-yilda AQSH Angliyani yangi shartnoma tuzishga majbur qildi, shu shartnomaga muvofiq AQSH kanal qurish, undan foydalanish va uni boshqarish huquqiga to`la-to`kis ega bo`lib qoldi. Panama kanalini qurayotgan va bankrotga uchragan fransuz aksionerlik jamiyatining hamma aktsiyalarini AQSH arzon-garovga sotib oldi. Shundan so`ng AQSH hukumati Kolumbiya bilan shartnoma tuzib, Panamada kanal qurish va bu kanaldan foydalanish huquqiga to`la ravishda ega bo`ldi. Biroq Kolumbiya senati bu shartnomani bir ovozdan rad qildi. Shundan so`ng 1903-yil 3-noyabrda AQSH Kolumbiyaga qarshi Panamada isyon tashkil qildi va isyonchilarga yordam berish uchun (bostirish uchun) Panama sohiliga kreyser yubordi9.
Amerika kreyseri isyonchilarni bostirish uchun yuborilgan Kolumbiya qo`shinlarining yo`lini to`sib qo`ydi. Panama "mustaqil" respublika deb e`lon qilindi. AQSH darhol Panama respublikasining "mustaqilligini" tan oldi, Panama hukumati AQSH bilan shartnoma tuzib, kanal qurish temir yo`llar qurish va kanal bo`yida istehkomlar bino qilish huquqini batamom AQSH ga topshirdi. Buning evaziga 250 ming dollar renta olib turadigan bo`ldi. AQSH Panama kanalini qurishga kirishdi. Bu qurilish 10 yil davom qildi. Panama kanalining AQSH uchun juda katta harbiy strategik va iqtisodiy ahamiyati bor edi.
AQSH uzoq sharqda Xitoy, Koreya va Sibirga nisbatan keng ekspansiya planlarini amalga oshirish maqsadini ko`zlab ish olib bordi. AQSH va Angliya juda katta yordam berib turganligi tufayli Yaponiya rus-yapon urushida g’alaba qozonishga muvaffaq bo`ldi. AQSH va Angliya Yaponiyaga pul berib, urush olib borish uchun zarur bo`lgan narsalarning hammasi bilan uni ta`minlab turdilar. Rossiya bilan Yaponiya o`rtasida Teodor Ruzveltning vositachiligida Portsmut sulh: shartnomasi tuzildi, bu shartnomaga muvofiq, Rossiya Yaponiyaning Koreyada hukmronlik qilishini tan olishga, Sharqiy Xitoy temir yo`lining janubiy tarmog’ini Yaponiyaga berishga, Saxalinning janubiy qismini Yaponiyaga topshirishga hamda Lyaodun yarim orolini va undagi Port-Arturni ijaraga olish huquqini Yaponiyaga topshirishga majbur bo`ldi.
AQSH urushdan keyin Manjuriyada ta`sir doirasini Yaponiya bilan bo`lishib olishga umid qilgan edi. Biroq Yaponiya o`zi qo`liga kiritgan o`ljalarni AQSH bilan qurishga sira ham istamas edi. Yaponiya janubiy Manjuriyada o`rnatgan rejim Angliya va Amerika kapitalistlarining faoliyatini juda qiyinlashtirib qo`ydi. "Erkin" yurtlar haqiqatda yopiq bo`lib qoldi. Yapon tovarlari uchun belgilangan imtiyozli tariflar boshqa mamlakatlarning tovarlariga yo`lni bekitib qo`ydi. Yaponiya bilan Amerika o`rtasidagi ziddiyatlar keskinlashgan bo`lsa ham, ammo AQSH Yapon imperalistlarini rag’batlantirish va ulardan o`z manfaatlari yo`lida foydalanish siyosatidan voz kechmadi. 1910yilda Yaponiya AQSH ning yordami bilan Koreyani bosib oldi va bu mamlakatda juda qattiq, mustamlakachilik tartibini o`rnatdi. AQSH Koreyada Yaponiyaga keng imkoniyatlar berib qo`yib, keyin Koreyada va Xitoyda o`zining ekspansiya rejalarini amalga oshirmoq uchun o`zining iqtisodiy quvvatidan foydalanishga umid qildi.
AQSH Monjuriyada muvaffaqiyatsizlikka uchrab, Markaziy Xitoyda o`zining iqtisodiy ekspansiyasini kengaytirishga intildi. Angliya, Fransiya va Germaniya Xitoyga qarz berish to`g’risida va temir yo`llar qurish uchun birgalikda konsessiya olish to`g’risida 1909-yilda Xitoy bilan bir bitimga kelganlaridan keyin AQSH Xitoyga beriladigan bu qarzda Amerika banklarini qatnashtirishni talab qildi. AQSH ning diplomatik tazyiqi natijasida Yevropa davlatlari bu ishda Amerika banklarining ishtirok qilishiga rozilik berdilar.
1911-yil 20-mayda imzolagan bitimga muvofiq, Xitoyni ekspluatatsiya qilmoq uchun to`rt davlat banklarining konsortsiumi tashkil qilindi. 1912- yildagi prezident saylovlari sinfiy kurash keskinlashgan vaziyatda o`tdi. Monopolistik kapital zulmidan norozilik kuchayib ketdi. Respublikachilar partiyasida ham, demokratik partiyada ham o`zini "progressiv" deb atagan oppozitsiya paydo bo`ldi. Ishchilar sinfining iqtisodiy va siyosiy kurashi g’oyat keskinlashdi.
Sinfiy kurash keskinlashgan mana shunday sharoitda burjua arboblarining bir qismi demokratik islohotlar o`tkazishni va`da qilib, mehnatkashlar ommasini mustaqil siyosiy harakatlar yo`liga tushishdan qaytarishga qaror qildi. Burjua arboblarining bu qismi hatto respublikachilar partiyasi safini buzishdan ham qaytmay, bu partiyaning so`l elementlaridan "progressiv partiya" tashkil qildi. Ruzvelt islohotlarning keng dasturini ko`tarib chiqdi. U demagoglik qilib o`zini "yirtqich boyga qarshi kurashuvchi" kishi deb atadi.
Ruzvelt islohotlarining keng dasturini ko`tarib chiqdi.Respublikachilar partiyasi prezidentlikka yana Taft nomzodini ko`rsatdi. Demokratik partiya Prinston universitetining ko`p yillardan beri rektori bo`lib ishlab kelgan tarix va huquq professori Vudro Vilsonni prezidentlikka nomzod qilib ko`rsatdi. Demokratik partiyada Vilson "progressiv" kishi deb hisoblanardi. 1910-yilda u Nyu-Jersi shtatining gubernatorligiga saylangan, bu shtatda ba`zi islohotlarni o`tkazgan edi. Morgan boshchiligidagi yirik magnatlar Vilson nomzodini quvvatlab chiqdilar.
Prezident Vilson o`zining shiorlari, mohirona demagogiyasi va bir qancha burjua islohotlari o`tkazish bilan moliya oligarxiyasining rejalarini ustalik bilan niqobladi.
1914 yilda kongress Kleytonning trestlarga qarshi qonunini qabul qildi. Yangi qonun Sherman qonunining asosiy moddalarini shu bilan birga "kasaba uyushma moddalarini o`z kuchida qoldirib, shu bilan birga fermerlarning tashkilotlari erkin savdoni cheklashga qaratilgan bitim deb hisoblanmasligi lozim" deb maxsus pisanda qilib qo`ydi.
Ayrim islohotlar o`tkazish siyosati Vilsonning ish tashlagan ishchilardan juda shafqatsizlik bilan o`ch olishga xalaqit bermadi. 1913-yil kuzida Koloradoda katta ish tashlash boshlanib ketdi. Kolorado konchilari yarim qul holida yashar va ishlar edilar. Rokfeller boshchiligidagi Kolorado kompaniyasi uy-joylarga, cherkovlarga, maktablar va magazinlarga, hech bir nazoratsiz xo`jayinlik qilardi. eng yomon kulbalardan iborat bo`lgan ishchi posyolkalarda eng oddiy sanitariya sharoiti ham yo`q
Konchilar mana shu chidab bo`lmaydigan o`zboshimchalik sistemasiga qarshi chiqdilar. Ular kasaba soyuz tashkil etish huquqini tan olishni 8 soatlik ish kuni joriy etishni, ish xaqini 10% oshirishni, ish soatidan ortiq ishlangan ishga haq to`lashni va shu kabilarni talab qilib ish tashlash e`lon qildilar.
O`zlarining uy-joylarini tashlab, lager qurib yashashga majbur bo`lgan 19 ming konchiga va ularning oilalariga qarshi kurashmoq uchun qo`shinlar shtat politsiyalari hamda miltiqlar va pulemyotlar bilan qurollangan gangstyerlar va ig’vogarlarning maxsus shaykalari yuborildi. Ular ish tashlovchilarning lagyerlarini o`qqa tutaverdilar, o`t qo`yib yondiraverdilar. Natijada ishchilardan ko`p kishi tutundan bo`g’ilib o`ldi va tiriklayin yonib ketdi. Terror, ochlik kuchayganligi va o`nlab kishilar o`ldirilganligiga qaramay, konchilar bir yarim yil qahramonlarcha kurashdilar. Aholining progressiv tabaqalari orasida g’azablanish kuchayib ketdi va xalqning tazyig’i ostida prezident Vilson bu mojaroga aralashishga majbur bo`ldi. Lekin uning xo`jayinlar foydasini ko`zlab qilgan takliflari ish tashlovchilarni qanoatlantirmadi, ular to`la g’alaba qozonguncha kurashishga qaror qildilar. Kurashaverib tinkasi qurigan ishchilar, kompaniya zo`rlab taklif qilgan shartlarga rozi bo`lib ishga qaytishga majbur bo`ldilar.
Vilson o`tkazgan chora va tadbirlarning hammasi jumladan islohotlar o`tkazilganligi va ishchilar sinfining harakati zo`rlik bilan bostirilganligi AQSH moliya oligarxiyasining iqtisodiy va siyosiy quvvatini yanada kuchaytirishga yordam berdi10.






Xulosa
AQSH monopoliyalari to’plagan boylik yildan yilga o’sdi. Biroq mehnat ahli turmush darajasi boylik bilan teng o’smadi. Natijada ishchilar o’z haq – huquqlari uchun kurash boshladilar. Bu kurashda qatnashganlarning soni 1919 – yilda 4 mln. Dan ortiq kishini tashkil etdi va ular 44 – 48 soatlik ish haftasini talab qildilar.
AQSH hukumati 1918 yilda “Da`vatkorlik to’g’risidagi hujjat” ni qabul qildi. Hujjat mamlakatdagi mavjud tuzum to’g’risida bildiradigan har qanday salbiy fikrlarni jinoyat, deb e`lon qildi. Bunday ayblovga uchraganlar yo 10 ming dollar jarima to’lardi, yoki 20 – yil muddatga ozodlikdan mahrum etilardi.1920 – yilda o’zgacha fikrlashda shubha qilinganlikda ayblanib 10 mingga yaqin taraqqiyparvar arboblar hibsga olindi. Kasaba uyushmalari ichida Amerika mehnat Federatsiyasi (AMFI faollari va rasmiy rahbariyatning siyosatiga qarshi chiquvchilar ham quvg’un ostiga olindi.
Shu tariqa AQSH da 20 – yillarning 2 – yarmida o’zgacha fikrlovchi va so’l tashkilotlar tugatildi. AQSH iqtisodiy yuksalish yangi texnikaviy asosda eng yangi texnika uskunalarini qo’llash, konveyer tizimi, standartlashtirish va modernizatsiyalsh kabi usullarni keng tadbiq etish yo’li bilan at emi oshirildi. Buning natijasi o’laroq, birgina avtomabilsozlik sanoatida 1927 – yilda 7 mln. Dona avtomabil ishlab chiqarildi. Shu tariqa ishlab chiqarish Amerika jamiyati taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuchga aylandi.

Foydalanilgan adabiyotlar:



1. Vsemirnaya istoriya v 10 tom. M., 1961-1965gg 8-10
2. Xrestomatiya po noveyshey istorii v 3-x t. M., 1960 t.1-2 1961g 3-t
3. Aktualno`e problemo` noveyshey istorii M., 1991
4. Dementyev I.P., Patrushev A.I. Istoricheskaya nauka v XX veke. Istoriografiya istorii novogo i noveyshego vremeni stran Yevropo` i Amerik Izd-vo. «Prostor» M., 2002 g
5. Yaz`kov YE.F. Istoriya noveyshego vremeni stran Yevropo` i Ameriki 1945-2000 Izd-vo «Prostor» M., 2002 g
6. Ponomaryov M.V., Smirnova S.YU. Novaya i noveyshaya istoriya stran Yevropo` i Ameriki V 3-x chastyax 2 chast 2-3 M., izd-vo «Vlados» M., 2000 g
7. Rodriges A.M. Noveyshaya istoriya zarubejno`x stran XX vek. Izd-vo «Vlados» M., 2001 g
8. Rodriges A.M., Ponomarev M.V. Noveyshaya istoriya stran Yevropo` i Ameriki XX v. V 3-x.2 «Vlados» M., 2001 g
9. Derevyanko A.P., Shabelnikova N.A. Istoriya Rossii s drevneyshix vremen do nachala XXI v. Izd-vo «KnoRus» M., 2002 g
10. Munchayev SH.N., Ustinov V.M. Istoriya Sovetskogo gosudarstva Izdvo «Infra -M» M., 2002 g
11 Karimov I. Jamiyatimiz mafkurasi – xalqni xalq, millatni – millat qilishga xizmat etsin. T. 7. -T. : O'zbekiston, 1998. 84-102 betlar
12. Karimov I. Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma'naviyat, 2008.


1 Vsemirnaya istoriya v 10 tom. M., 1961-1965gg 8-10



2 Xrestomatiya po noveyshey istorii v 3-x t. M., 1960 t.1-2 1961g 3-t



3Aktualno`e problemo` noveyshey istorii M., 1991

4 Dementyev I.P., Patrushev A.I. Istoricheskaya nauka v XX veke. Istoriografiya istorii novogo i noveyshego vremeni stran Yevropo` i Amerik Izd-vo. «Prostor» M., 2002 g



5 Ponomaryov M.V., Smirnova S.YU. Novaya i noveyshaya istoriya stran Yevropo` i Ameriki V 3-x chastyax 2 chast 2-3 M., izd-vo «Vlados» M., 2000 g



6Derevyanko A.P., Shabelnikova N.A. Istoriya Rossii s drevneyshix vremen do nachala XXI v. Izd-vo «KnoRus» M., 2002 g



7Munchayev SH.N., Ustinov V.M. Istoriya Sovetskogo gosudarstva Izdvo «Infra -M» M., 2002 g

8 Karimov I. Jamiyatimiz mafkurasi – xalqni xalq, millatni – millat qilishga xizmat etsin. T. 7. -T. : O'zbekiston, 1998. 84-102 betlar

9 Karimov I. Jamiyatimiz mafkurasi – xalqni xalq, millatni – millat qilishga xizmat etsin. T. 7. -T. : O'zbekiston, 1998. 84-102 betlar

10 Karimov I. Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma'naviyat, 2008.

Download 118.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling