Boshqaruv funktsiyasi deganda u yoki bu ob'ektni boshqarishga oid aniq
vazifalarni hal etishga qaratilgan bnr turdagi ishlar majmui tushuniladi.
Demak, boshqaruv
muayyan funktsiyalar orqali amalga oshiriladi.
Funktsiyalarni aniqlash, ularning mohiyatini ochish va o’rganish boshqaruv
jarayonini to’g’ri tashkil qilishning muhim shartidir.
Boshqaruv funktsiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatni tashkil qilishdan
kelib chiqadi. Masalan, ishlab chiqarishning dastlabki bosqichida:
loyihalash;
konstruktorlik;
R ejalashtirish kabi ishlarni bajarish bilan bog’liq funktsiyalar paydo bo’ladi.
Keyingi funktsiyalar ishlab chiqarishni tayyorlash, ya'ni,
mahsulot tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish;
mehnat normalari, materiallari sarfini belgilash;
asbob-uskunalarni tayyorlash kabi ishlarni bajarish bilan bog’liq, funktsiyalar
paydo bo’ladi.
Ishlab chiqarish jarayonini boshlash va uni uzluksiz davom ettirish
uchun:
- ishlab chiqarish vositalari, texnika;
- xom-ashyo;
- energiya;
- transport kabi moddiy ta'minot vositalari zarur. Shundan keyin:
- kadrlarni tanlash, ularni joy-joyiga qo’yish;
- mehnatni tashkil qilish;
- ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish kabi bir qator tashkiliy funktsiyalar kelib
chiqadi. Ko’rinib turibdiki, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning
funktsiyalarida namoyon bo’layapti. Zero: funktsiyalar faoliyat turlarining,
sub'ektining boshqarish ob'ektiga aniq ta'sir qilish yo’nalishlarini aks ettiradi.
37
Boshqaruv funktsiyalaridan tashqarida boshqaruv jarayonining o’zi ham
bo’lishi mumkin emas. Funktsiyalar tarkibini, ularning ko’lamini va mazmunini
aniqlash boshqaruvchi xodimlar sonini belgilash, boshqaruv apparatining tashkiliy
tarkibini loyihalash uchun muhim asos bo’lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |