Yillik xisoboti


Download 29.58 Kb.
bet1/4
Sana13.01.2023
Hajmi29.58 Kb.
#1090739
  1   2   3   4
Bog'liq
12 мактаб хизмат йуналиши йиллик хисоботи 2022 йил


Аndijon viloyati Marhamat tumani 12-sonli maktabning psixologi Sharofiddinova Anoraxonning psixologik xizmat yo’nalishida amalga oshirgan ishlar yuzasidan
YILLIK XISOBOTI
2022-2023-o’quv yilida 12-umumiy o’rta ta’lim maktabida jami 716 nafar o’quvchilar tahsil olmoqda
O’quv yili boshida psixologik xizmat yo’nalishi bo’yicha meyoriy xujjatlar yig’ma jildi tayyorlandi..
1-11-sinf rahbarlari bilan birgalikda xar bir sinf o’quvchlarining ijtimoiy –psixologik pasportlari yaratildi xamda o’quvchilar guruhlandi .
1-sinf o’quvchilari bilan suhbat o’tkazilib yaqindan tanishib chiqildi. Ulardan birinchi sinfga moslashuv testi o`tkazildi. Birinchi sinf o'quvchilarini maktabga moslashtirish jarayonini tahlil qilish quyidagi shakllarni ajratishga imkon beradi
.  2-sinfning jami 60 nafar o’quvchilaridan “Zina” metodikasi olindi. O’quvchilarga quyidagi vazifa berildi: “Bolalar, qo’lingizdagi qog’ozga 10 ta zinani chizing va bu zinalar doskaga chizib ko’rsatildi. Eng pastki zinaga chiza oladigan o’quvchilar past bahoga o’qishar ekan. Ikkinchi zinaga o’rtacha o’quvchilar, uchinchisida undan yaxshiroqlari va eng baland zinaga eng kuchli o’quvchilar chiza olishar ekan. O’zingizga baho bergan holda qaysi zinaga chiqa olishingizni chizib bering. O’qituvchingiz sizni qaysi zinaga chiqaradi, deb o’ylaysiz? Ota-onangiz sizni qaysi zinagacha chiqa oladi, deb o’ylashadi? o’quvchilarga tushunchalar berildi 2–sinf o’quvchilari bilan o’tkazilgan ushbu metodika orqali bola o’zidagi imkoniyatlarini, xozirgi axvolini anglab yetadi. Testni baholash: 1-3 zina – o`ziga past baho berish; 4-7 zina – O`ziga adekvat baho berish; 8-10 zina – O`ziga yuqori baho berish; “Men” bilan, Maqsad qo`yganidagi paydo bo`lgan “Men” iga o`zini solishtiradi.

Tarbiyaviy soatlarida jinoyatchilik va xuquqbuzarlikning oldini olish maqsadida yigʻilishlar va tushuntirish ishlari olib borilsin.
Voyaga yetmagan yoshlar oʻrtasida xulqi ogʻishning oldini olish maqsadida psixologik treninglar va suhbatlar oʻtkazililib kelinmoqda.Bundan tashqari ichki nazarotga olingan xavf guruhidagi mansub o’quvchilarbilan individual suxbat o’tkazilib ularning muamolarini chiqarish uchun kerakli psixologik tavsiyalar berildi.

Maktabning 1-4-sinf rahbarlari tomonidan taqdim etilgan o'quvchilarning kodlangan ijtimoiy pasportlari asosida psixolog tomonidan muntazam korreksion mashg'ulotlar o'tkazilib kelinmoqda


Yangi muhitga moslashish davridagi xavotirlanishni aniqlash metodikasini o‘tish.


5-sinf o‘quvchisi bo‘lish osonmi?” trening mashg‘ulotini o‘tish Trening mashg’ulotida 70 nafar o’quvchidan 55 nafari ishtirok etdi. Treningda bolalar doira shaklida turib, bir qadam oldinga chiqdilar, o’z ismlarini aytib qiyin bo’lmagan harakatni bajardilar( qarsak chalish, o’tirib turish,qo’l harakatlari). So’ng yana doira ichiga qaytadilar. Ikkinchi mashg’ulot “4-sinf bilan xayrlashish” deb nomlangan bo’lib bu mashg’ulotga 5 daqiqa vaqt ajtatilgan. Bu mashg’ulotda bolalar 4-sinfdagi erishgan yutuqlari yoki bo’lmasa yoqimli xotiralarini eslashadi. So’ng “5-sinfga o’tganingda hayotingda qanday o’zgarishlar bo’ldi?’ so’rovnomasi olindi.
Undan so’ng esa “Maktabdagi tuyg’ularim” metodikasi olindi. Ushbu metodika 5-sinf o’quvchilarida ustunlik qilayotgan emotsional holatlarni aniqlash maqsadida.

Xulq ogʻishiga ega boʻlgan bolalarni aniqlash maqsadida «Kaktus» proektiv metodikasini o'tkazish.


O'smirlar shaxsida asotsiallik, ruhiy beqarorlik, oʻzgaruvchanlik, affektga moyillik kabi xususiyatlarning yaqqol ifodalanganligidan kelib chiqib, ular yashayotgan oila va ijtimoiy muhitni sogʻlomlashtirish, shaxslar aro munosabatlarni yaxshilash natija beradi; voyaga yetmaganlar oʻrtasidagi xulq ogʻishining kelib chiqishi asosiy sabablari sifatida bolalar va oʻsmirlar faoliyatini nazorat qilmaslik, oilada bola tarbiyasiga eʼtiborning susayishi kabilar namoyon boʻlganligidan kelib chiqib, oilada va oiladan tashqarida bolalar va oʻsmirlar faoliyatini, boʻsh vaqtlarida nima bilan shugʻullanayotganligini nazorat qilish va oilada bola tarbiyasiga eʼtiborni kuchaytirish maqsadga muvofiqdir; kriminogen xulqli oilalarni aniqlash, ularda tarbiyalanayotgan bolalar va oʻsmirlar ahvolidan xabardor boʻlib turish; moddiy maishiy sharoitning yetarli emasligi voyaga yetmaganlarda xulq ogʻishining kelib chiqishiga taʼsir etishligini hisobga olib, bunday oilalarga mahalliy hokimiyat, ijtimoiy taʼminot va xayriya jamgʻarmalari tomonidan moddiy yordamlar berib turishni tashkil etish;ota-onalar, katta yoshdagi kishilar va oʻqituvchilar tomonidan bolalar va oʻsmirlarga nisbatan qoʻllanilayotgan qattiqqoʻl, qoʻpol va adolatsiz munosabatlarga barham berish maqsadga muvofiqligi pedagoklar va ota-onalarga tushuntirildi.

“Bullingsiz maktab” - bu-kattalar har qanday turdagi bezorilikka qarshi qat’iy kurasha oladigan maktab.


Bu zoʻravonlik va haqorat qilinishi mumkin boʻlmagan aniq xulq-atvorga qoidalari mavjud boʻlgan maktabdir. Shuningdek, bu qoidalar nafaqat qogʻozda, balki ularga oʻqituvchilar ham, oʻquvchilar va ota-onalar ham rioya qilishadi. Ya’ni, oʻqituvchilar nafaqat oʻzlariga va bolalarga nisbatan zoʻravonlik koʻrsatmaydi (na jismoniy, na ogʻzaki, na psixologik), balki darhol bolalardagi tajovuzkor namoyonlarni payqab, ularni toʻxtata oladi.
Bu maktabda har qanday nizolar diqqat bilan muhokama qilinadi, aniqlanadi, oʻquvchilar oʻrtasida nosogʻlom raqobat ragʻbatlantirilmaydi, maktab jamoasi oʻquvchilarni “yaxshi” va “yomon”ga ajratmaydi.
Ichki ro‘yhatga olingan hamda xulq-atvorida muammolar bo‘lgan o‘quvchilar bilan individual va guruhiy korreksion mashg‘ulotlarni o‘tkazildi
Maktabning ichki ro’yhatiga olingan 5 nafar o’quvchi bilan muntazam ravishda psixokorreksion mashg’ulotlar olib borilmoqda.
“Munosib hayot formulasi” mashg'ulotlarni o'tkazish.
9-sinf o’quvchilari bilan “Xalq ta’limi tizimidagi o’quvchi va pedagoglarning hayotiy hamda psixologik bilim-ko’nikmalarini oshirish mexanizmlarini yaratish” loyihasi doirasida “Munosib hayot formulasi”trening mashg’ulotlari o’tkazildi

Download 29.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling