Yog’larning nohush hamroh moddalari
Download 158.42 Kb.
|
Erkinjonov Abdulbosit
Yog’larning nohush hamroh moddalari Reja: Kirish Asosiy qism Yog’ xom ashyolarini umumiy tavsifi Yog’larning hamrox moddalari Foydalanilgan adabiyot KIRISh Dunyo miqyosida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o’sishi aholi soni va ehtiyojlarining ko’payishidan ortda qolayotgani sohada amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlarning ko’lami kengligidan dalolatdir. Shu bois yuritilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama, jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizasiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni amalga tatbiq etish maqsadida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 7 fevral kuni “O’zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida” gi farmonini imzoladi va 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilindi. Ayniqsa, Prezidentimizning agrar sohaga ilg’or agrosanoat texnologiyalarini jalb etish, qishloq xo’jaligi infratuzilmasi, irrigasiya va meliorasiya tizimlarini rivojlantirish va rekonstruksiya qilish, marketing va jahon bozorlariga chiqish bo’yicha yangi texnologiyalarni joriy qilish zarurati va bunda xorijiy investisiyalarning tutgan o’rni haqidagi mulohazalari e’tiborga molikdir[1]. Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o’tgan taraqqiyot yo’lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o’zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro’yobga chiqarishni taqozo etmoqda. Dunyoda bugungi kunda aholini oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda va oziq-ovqatga bo’lgan maqbul darajadagi ehtiyojini qondirishda oziq-ovqat sanoati muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun mahalliy oziq-ovqat va xomashyo ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish, bozorga xavfsiz va sifatli oziq- ovqat mahsulotlarini iste’mol me’yorlarida o’rnatilgan assortimentda yetkazish asosiy vazifalardan biri bo’lib qolmoqda. Mamlakatning kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan asosiy talablardan biri o’sib borayotgan yosh, barkamol avlodni tegishli yo’nalishdagi ixtisosliklar bo’yicha darslik va o’quv adabiyotlari bilan ta’minlashdan iboratdir. Download 158.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling