Yog’larning nohush hamroh moddalari


Yog’ xomashyolarining umumiy tavsifi


Download 158.42 Kb.
bet2/7
Sana15.03.2023
Hajmi158.42 Kb.
#1271268
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Erkinjonov Abdulbosit

Yog’ xomashyolarining umumiy tavsifi

Rafinatsiyalashning asosiy xom ashyolari bo’lib, tabiiy o’simlik va hayvon yog’lari hisoblanadi. O’simlik yog’lari qattiq va suyuq bo’ladi, hayvon yog’lari qattiq bo’ladi. Hayvon yog’lari yer hayvonlari yog’lari va dengiz sut emizuvchi hayvonlari va baliq yog’lariga bo’linadi.
Dunyo bo’yicha o’simlik yog’lari ishlab chiqarish hajmi yildan yilga oshib bormoqda (2.1-jadval).


1-jadval
Dunyo bo’yicha ishlab chiqarilgan asosiy o’simlik yog’lari, ming.t.

Yog’ va moylarning nomi

Yillar

2000

2001

2002

2003

2017

Yer yong'oq moyi

4590

5057

5367

4526

5680

Kokos yog'i

3284

3504

3106

3295

3380

Palma yog'i

21797

24024

25008

27920

64020

Palma yadro yog'i

2679

2940

2990

3314

7300

Kungaboqar moyi

9708

78181

7551

8915

15550

Raps moyi

14251

13678

13306

12548

27650

Soya moyi

25519

27797

29855

31284

53150

Paxta moyi

3885

4054

4186

3964

44600

Zaytun moyi

m/y

m/y

m/y

m/y

28900

Jami

85713

89235

91369

95766

250230

Izoh: m/y - ma'lumot yo’q

O’simlik yog’lari, olingan xom ashyo tabiati va ishlab chiqarish usuli, bo’yicha sinflanadi masalan, presslab olingan (press) yoki ekstraksiyalab olingan (ekstraksiya) yog’i.


Yog’lar va moylarning xossalari va istemol qilish ahamiyati ularning yog’ kislota tarkibi va bu yog’ kislotalarning gliseridlardagi joylashishiga qarab belgilanadi. Qaysi yog’ kislotasining miqdorini ko’pligiga qarab yog’li xom ashyolarni shartli ravishda qo’yidagi guruhlarga bo’lish mumkin:

  • laurin kislotali (kokos, palma yadro yog’lari);

  • eruk kislotali (yuqori eruk kislotali raps, xantal, surepisa yog’lari);

  • linolen kislotali (kam eruk kislotali raps, xantal, surepisa moylari, zig’ir, bug’doy, soya yog’lari);

  • palmitin kislotali (paxta, palma va kakao moylari);

  • olein kislotali (o’rik, yer yong’oq, kashnich, bodom, zaytun, shaftoli, yuqori oleinli kungaboqar, olxo’ri yog’lari);

  • olein-linol kislotali (kunjut, olcha yog’lari);

  • linol kislotali (tarvuz, uzum, kedr yong’og’i, makkajo’xori, kungaboqar, mahsar, pomidor, qovoq yog’lari);

Oziqaviy va texnik yog’-moy mahsulotlari ishlab chiqarish uchun qo’llaniladigan yog’ hom ashyosini strukturasi quyida ko’rsatilgan.

Qolgan o’simlik va hayvon yog’lari o’ziga xos tarkibga ega bo’lib, ular maxsus sohalarda qo’llanadi (masalan, kastor moyi) yoki ularni ishlab chiqarish miqdori kam va yog’ balansida unchalik ahamiyat kasb etmaydi (masalan, danak moylari).


Yog’ va moylarni organoleptik va fizik - kimyoviy ko'rsatgichlari davlat standartlari va texnik shartlar bilan belgilanadi. Yog’ va moylardagi zaharli elementlar, pestisidlar va mikotoksinlar miqdori “Oziqa mahsulotlarining oziqaviy qiymati va xavfsizlik gigiyenasi talablari”da ko’rsatilgan me’yordan oshib ketmasligi lozim. Yog’larning ko’rsatkichlari texnologik jarayonlar davomida va tayyor mahsulot holida tekshirib boriladi.
Rafinatsiyalanmagan yog’ va moylarni sifatini aniqlashda ta’mi, hidi, rangi, tiniqligi, kislota va perekis sonlari, fosforli birikmalar miqdori, sovunlanmaydigan lipidlar va namlik, hamda ekstraksiya moyi uchun chaqnash harorati aniqlanadi.
Hayvon yog’lari, qattiq va gidrogenlangan o’simlik moylari uchun qo’shimcha ravishda erish harorati, qattiqligi, titri va boshqa ko’rsatgichlar ham aniqlanadi.
Yog’li xom ashyo tarkibiga, yog’ va moylarni qayta ishlash chiqindilari, ya’ni ishqorli rafinatsiyada hosil bo’ladigan soapstok, moy tutqichlarda yig’ilgan moylar, yog’li pogonlar va boshqalar ham kiradi. Yog’li chiqindilarning yog’ kislota tarkibi turli xil bo’lib, qayta ishlanayotgan yog’li xom ashyo turiga bog’liq bo’ladi. Odatda turli yog’ va moylar chiqindilari yig’ilgan holda qayta ishlanadi.
Yog’li chiqindilardan tabiiy ko’rinishida yoki yog’ kislotalari holida sovun pishirishda foydaniladi.

Download 158.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling