Yogoch material p65


Buyumlarni lok-bo‘yoq materiallarning oqim tarzida quyish yo‘li


Download 1.11 Mb.
bet55/81
Sana22.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1377632
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   81
Bog'liq
2 5319142487279808313

Buyumlarni lok-bo‘yoq materiallarning oqim tarzida
quyish yo‘li
bilan va erituvchi bug‘lar toidirilgan
kameradan o‘tkazib bo‘yash


Keyingi vaqtlarda xorijda va mamlakatimizning ko‘pgina kor- xonalarida pardozlovchi materiallarni oqim tarzida quyish usuli orqali buyumlami bo‘yash keng tarqaladi. Bunda osma konveyer- larga ilib qo‘yilgan buyum maxsus kameradan (bo‘yoqni oqim tarzida beradiganjihozlar bilan ta’minlangan) o‘tkaziladi; undan buyumning barcha tomoni bo‘yalib chiqadi. So‘ngra u konveyer bilan birga erituvchi bug‘lari to‘ldirilgan qo‘shni kameraga keladi.
U yerda bo‘yoq parda qatlami bug‘ ta’sirida buyumning hamma yuzasiga bir tekisda tarqaladi va oqib tushgan ortiqcha bo‘- yoqlar qiya tekislik orqali bakka kelib tushadi. Buyum esa kon- veyer orqali quritish kamerasiga o‘tib ketadi. Bug‘ kamerasi erituvchi bug‘lari chiqib ketmasligi uchun qo‘shni kameralardan yaxshi izolatsiya qilingan.
Bo‘yashning bu usuli yog‘ochsozlik sanoatida eshik, rom va shu kabi buyumlarni bo‘yashda qodlaniladi. Bu usul botirib olish usuliga qaraganda qator afzalliklarga ega: buyum yuzasida tekis va silliq parda qatlam hosil bo‘ladi; botirib olish usuliga qaraganda lok-bo‘yoq 10—15 %, pnevmatik purkash usuliga qaraganda esa 25—30 % tejaladi, sistemada bo‘lgan lok-bo‘yoq material miqdori 5—10 martaga kamayadi; buyumlar balandligi bo‘ylab qatlamlar orasidagi farq keskin kamayadi; buyumlarni osma konveyerga zichroq qilib osish imkoni tug‘iladi; bo‘yashjarayonini avtomatlashtirish mumkin; ish unumi botirib olish usuliga qa­raganda yuqori, ishlovchilar soni kam va sex ichida sanitariya- gigiyena sharoitlari yaxshi bo‘ladi.
Usulning kamchilik tomonlari quyidagilardan iborat: ortiqcha lok-bo‘yoq materiallarni erkin oqib tushishiga xalaqit beradigan har xil to‘siqlari (yon eshiklari, kovakjoylar) bo‘lgan buyumlarni bo‘yab bo‘lmaydi, buyum osiladigan ilgakda lok-bo‘yoq materiallar qatlami tez qalinlashib qoladi, oqibatda, ulami tez-tez tozalab turish lozim; boshqa rang yoki rusumli pardozlash materiallariga o‘tish lozim bo‘lganda sistemani tez va oson almashtirib bo‘lmaydi.
Bu usul ko‘pincha grunt va emallami (gliftal, pentaftal, me- lamin-alkidli, mochevina-formaldegidli) yog‘och va metall buyumlar ustiga qoplashda qo‘l keladi.
32-rasmda bo‘yash uchun ishlatiladigan qurilmaning umumiy ko‘rinishi (a) va prinsipial sxemasi (b) kohsatilgan.
Qurilmaning umumiy ko‘rinishi po‘lat list bilan qoplangan tunnel ko‘mishidagi payvandlangan qator seksiyali kameradan iborat bo‘lib, unda kirish tamburi (1), oqim tarzida quyish zo- nasi (2), «bug‘» tunneli (3) va chiqish tamburi (4) bor.
Qurilma lok-bo‘yoq material uzatuvchi (7) va yuvuvchi sis­tema (11), resirkulatsiya ventilatsiyasi (8), ish rejimi avtomat usulida rostlash va nazorat qilish asbobi (12), o‘t o‘chirish qu- rilmasi (9) va yoritish manbayi (10) dan iborat.
Kirish va chiqish tamburlari tomonidan havo so‘rib oluvchi zatvorlar (5) va (6) o‘rnatilgan. Ular erituvchi bugdari ara-

a


b

32-rasm. Oqim tarzida (dush) quyish va buyumlarni erituvchi bugdari
bilan to‘ldirilgan kameradan o‘tkazish yo‘li bilan pardoz berish
qurilmasining umumiy
(a) va prinsipial (b) ko‘rinishi:
7—kirish tamburi; 2—quyish zonasi; 3—«bug‘» tunneli; 4—chiqish
tamburi;
5, ó—zatvorlar; 7—material uzatuvchi sistema; á’—resirkulatsiya
ventilatsiyasi; 9—o‘t o‘chirish qurilmasi; 70—yoritish membranas!;

77—yuvuvchi sistema; 72—nazorat qilish asbobi; 73—bak; 74—nasoslar;

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling