Yogoch material p65
Download 1.11 Mb.
|
2 5319142487279808313
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qotish (qurish)jarayonlarinijadallashtirish
t = A ■ hn,
bu yerda, hn — birdan katta bo‘lgan daraja kohsatkichi. Tarkibida uchuvchan erituvchisi bo‘lgan lok-bo‘yoq parda qatlamlarining qurish vaqtiga harorat katta ta’sir ko‘rsatadi (37-rasm), chunki harorat ortishi bilan bugdarning elastikligi oshadi va erituvchi molekulalarining bug‘lanishi tezlashadi. Ammo tez uchuvchan erituvchili lok va emallami quritishda haroratning yuqori bo‘lishi parda qatlamda havo pufakchalari hosil bo‘lishiga olib keladi. Ayniqsa, qurishning birinchi bosqichida haroratning yuqori bo‘lishi hali qatlamlar orasida past haroratda qaynaydigan erituvchilar bo‘lgan vaqtda o‘ta xavflidir. Yog‘och g‘ovaklari ichida joylashgan havo parda qatlam quriyotganda pufakchalar hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi, u harorat ortishi bilan kengayib, o‘ziga yo‘l qidira boshlaydi. Shuning uchun amalda nitroselluloza loklari asosidagi parda qatlamlami quritishda harorat 45—55°C dan oshmagani ma’quldir. Agar yog‘och va yog‘och mate- riallami pardozlashda modifikatsiya- langan fenol-formaldegidli smolalar, moylar bilan modiñkatsiyalangan gliftal smolalari, moyli lok-bo‘yoqlar ishlatilsa, yuzada parda qatlam erituv- chilarining bug‘lanishi va kimyoviy reaksiyalar hisobiga hosil bo‘ladi. 0 10 20 25 30 35 40 °C 37-rasm. Parda qatlam qurish vaqtiga haroratning ta’siri. Kimyoviy reaksiya (polikonden- satlanish) natijasida chiziqli yoki tarmoqlangan yuqorida aytilgan polimerlardan 3 o‘lchamli (fazoviy) tuzilishga ega bo‘lgan qatlam hosil bo‘ladi. Lekin bunda kirishish ho- disasi va kirishish kuchlanishlari fa- qat uchuvchan erituvchilaming bug‘lanishidan parda qatlam hosil bo‘lish usuliga qaraganda ancha kam bo‘ladi. Parda qatlamning qotish tezligiga lok-bo‘yoq materialdan tashqari, alarga qo‘shilgan sikkativ yoki qotirgich miqdori, parda qatlam qalinligi va quritish harorati ham ta’sir kohsatadi. Qotirgich miqdorini oshirish, masalan, mochevina-alkidli loklarda uning ishga yaroqlilik muddatini keskin kamaytirib yubo- radi. Moyli tarkiblarga sikkativlami ma’lum miqdorda qo‘shish qotish vaqtini kamaytiradi. Agar normadagidan ortib ketsa, qotish (qurish) vaqti sekinlashadi. Parda qatlam qalinligi yuqori bo‘lsa, ulami quritish uchun ko‘p vaqt talab qilinadi. Bu holni moyli lok-bo‘yoq materiallar uchun ularni oksipolimerlanish reaksiyasida ishtirok etadigan havodagi kislorod qalin bo‘yoq parda qatlamlari orasiga kirib qo- lishi bilan tushuntiriladi. Demak, issiqlik lok-bo‘yoq parda qatlamlari qurish vaqtini kamaytiradi. Harorat ortgan sari faqat erituvchilaming bug‘la- nish tezligi oshibgina qolmasdan, balki ko‘pchilik kimyoviy reaksiyalar (polimerlanish, polikondensatlanish) tezligi ham or- tadi. Shunday qilib, issiqlik — uchuvchan erituvchi lok-bo‘yoq parda qatlamlarini quritishda samarali vositadir. Qotish (qurish)jarayonlarinijadallashtirish Yog‘och buyumlami pardozlash texnologiyasida lok-bo‘yoq parda qatlamlarining qotishi uzoq davom etadigan va muhim jarayondir. Unga kerakli sifatni berish ko‘p vaqtni talab etadi. Keyingi yillarda pardozlashjarayonini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish qonuniyatlari o‘rganildi va qotish jarayonini jadallashtirish yo‘llari qidirib topildi. Qotish vaqti pardoz qatlam berish uchun sarflanadigan umumiy vaqtning 95 % ini tashkil etadi. Oldin aytib o‘tganimizdek, erituvchilari uchib ketishi hisobiga qotadigan lok-bo‘yoq materiallarda uchuvchi komponentlar- ning yo‘qolishi uchun ketadigan vaqt, qoplamaga issiqlik berish hisobiga birmuncha kamayadi. Bunda parda hosil bo‘lishjarayoni tezligi va qurigandan keyingi sifatli issiqlik energiyasining faqat miqdorigagina emas, balki uni qay tarzda berish usuliga ham bog‘- liq. Har qanday holatda ham erituvchilarda bug‘lanish jarayoni- ning tezlanishi erituvchi molekulalarining harakat tezligi o‘sishi hamda ulardagi molekulalararo bog‘laming kuchsizlanishi bilan uzviy bog‘langan bo‘ladi. Natijada, lok-bo‘yoq materiallardan uchuvchan komponentlar yanada tezroq uchib chiqa boshlaydi. Qotadigan sistemaga issiqlik har xil usullar bilan uzatilishi mum- kin: konveksiya, issiqlik o‘tkazuvchanlik (asos oldindan qizdirilgan bo‘ladi) va termoradiatsion. Konveksion usul bilan issiqlik uzatilganda «lok-bo‘yoq material — asos» sistemasi qizidiriladi. Issiqlik parda qatlam sirtidan pastki chegaragacha ma’lum vaqt ichida yetib keladi, u parda qatlamning issiqlik o‘tkazuvchanlik va qalinligiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun parda qatlamning yuqori qavatlari ostki qavat- lariga qaraganda tezroq isiydi. Shunga ko‘ra, qurishning birinchi bosqichida pardaning yuqori qavatlarida erituvchi tez bug‘lanadi, yuzada qatqaloq paydo bo‘ladi. U erituvchi bug‘larini pardaning ostki qavatlaridan chiqib ketishiga qarshilik ko‘rsata boshlaydi. Shunga ko‘ra, yalpi parda qatlam hosil bo‘lishjarayoni sekinlashadi (38-rasm, a). Agar asos yuzasi lok-bo‘yoq surkashda avval tegishli kameralarda qizdirilgan bo‘lsa, oldin qoplamaning ostki qavati isiydi, bu esa parda qatlamdagi erituvchining bemalol bog‘lanishiga imkon beradi. Qotishjarayoni pastdan boshlanadi, shuning uchun hosil bo‘ladigan erituvchi bug‘lari parda qatlamlari orasidan hech qanday to‘siqsiz tashqariga uchib chiqa boshlaydi (38-rasm, b). Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling