Yogoch material p65


Download 1.11 Mb.
bet62/81
Sana22.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1377632
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   81
Bog'liq
2 5319142487279808313

38-rasm. Parda qatlamning qurish chizmasi:

Lok-bo‘yoq materiallarning ostki qavatidan issiqlikni yuqoriga o‘tkazishi ancha jadal kechadi, chunki qurishning birinchi bos- qichida issiqlik o‘tkazuvchanlik bi­lan bir qatorda konveksiya va ter- modiffuziya holatlari ham ro‘y be- radi. Demak, parda hosil bo‘lish jarayoni konveksion qizdirishga qa- raganda tezroq amalga oshadi. Bu usul, ayniqsa, tez quriydigan lok- bo‘yoq materiallarda parda qatlamni shakllantirishda juda samarali hi- soblanadi.
Sekin quriydigan parda qat- lamlarda yog‘och materiallarni awaldan qizdirib uzatish usuli fa- qat ikkilamchi rol o‘ynashi mum- kin, chunki yog‘ochning issiqlik sig‘imi unchalik katta emas va yalpi qurish jarayonini tezlatish uchun
«—issiqlik konveksion
usulda berilganda; ¿—yog‘och
yuzasi oldindan qizdirilganda,
doirachali strelka erituvchi
bug‘larini; qo‘shuv alomatli
strelkalar esa issiqlik
yo‘nalishini ko‘rsatadi.
yog‘ochda akkumulatsiya qilingan issiqlik yetarli bodmasligi mumkin. Shunga qaramay, bu usulning afzalligi shundaki, bunda qurish vaqti kamayishidan tashqari, konsentratsiyasi yuqoriroq bodgan loklardan foydalanish hisobiga erituvchini birmuncha tejab qolish mumkin. Oldindan qizdirilgan detal ustiga tushgan lok darhol suyuladi, hodlash xususiyati va asos yuzasida uning yoyilishi yaxshilanadi.
Lok-bo‘yoq qoplamalaming fizik-kimyoviy yoki faqat kimyo- viy qotishida qotuvchi sistemalariga issiqlikni berish qotish vaq- tini birmuncha qisqartiradi, chunki polimerlanish va polikon- densatlanish reaksiyalari, ayniqsa, initsiator va katalizatorlar ish- tirokida tezroq boradi. Ammo amalda shu narsa ma’lum boddiki, chunonchi, poliefir loklarining qotish vaqti issiqlikni konveksion usulda uzatishda 6—8 martaga kamaysa ham yuqori mexaniza- tsiyalashgan va avtomatlashgan texnologik jarayonlami yaratish shartlarini qanoatlantirmas ekan. Shuning uchun hozirgi vaqtda parda hosil bodishjarayoninijadallashtirish uchun ko‘proq nur- lanadigan energiya turlaridan foydalanilmoqda: infraqizil va ultra- binafsha nurlar, tezlatilgan elektronlar oqimi shularjumlasidandir.
Nurli energiyaning nurlanishi to‘lqinsimon xususiyatga ega va u vaqt birligijuda katta miqdordagi energiya kvantini ajratib chi- qarish bilan tushuntiriladi. Nurlanish chastotasi qanchalik katta bo‘lsa (ya’ni to‘lqin uzunligi qisqa), nurlanish energiya kvanti ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Masalan, ko‘rinadigan nur uchun E = 4-10 ultrabinafsha nurlar uchun Á—I-10 'd. infraqizil nurlar uchun /i—2-10 -’".I. rentgen nuri uchun /i—2-10 'd.
Aksariyat polimerlar nurlanishning ma’lum spektrlarini yutish xususiyatiga ega, lekin ko‘pchilik kimyoviy bogdaming ener- giyasi esa kvantlaming o‘rtacha energiya qiymatidan kichikdir. Bunday nurlar energiyasining ta’siri nurlanayotgan materialda kimyoviy o‘zgarishlami vujudga keltirishi mumkin.
Infraqizil, ultrabinafsha va radiatsion nurlaming bu xususiyat- lari yog‘och yuzasidagi lok-bo‘yoq parda qatlamning qotish jarayonini jadallashtirish uchun, ulardan har xil variantlarda foydalanish uchun asos bo‘la oladi.

  1. Lok-bo‘yoq parda qatlamlarini
    termoradiatsion usulda quritish


Termoradiatsion qizdirish deb, infraqizil nurlar bilan isitishga aytiladi. IQ nurlanish elektromagnit to‘lqin tebranishlari umumiy shkalasida ko‘rinadigan yorugdik nuri bilan ultraqisqa radio todqinlari o‘rtasidajoylashgan bodadi, ya’ni 0,75—750 mkm ora- sidagi todqin uzunligi diapazonini egallaydi. Lekin amalda lok- bo‘yoq qoplamalarini qotirish uchun 0,75—8 mkm diapazon orasida yotgan infraqizil nur ahamiyatga egadir.
Istalgan har qanday qizib turgan jism infraqizil nur chiqa- ruvchi manba hisoblanadi. Kvantlar miqdorijismning haroratiga va elektromagnit energiyasining tarqalish todqin uzunligiga bog‘- liq. Spektrning infraqizil qismidagi kvantlar energiyaning kam- ligi bilan tavsiflanadi, shuning uchun infraqizil nuralanishda mo- lekulalaming elektron sistemasi, odatda, uyg‘onmaydi.
Nur tarqatish xususiyatiga ega bodgan ko‘pgina haqiqiy (real) jismlar kulrangjismlar deb ataluvchijismlar qatoriga kiradi. Kul- rang jism nurlanish xususiyatining mutlaq qora jism nurlanish xususiyatiga bodgan nisbati uning qoralik darajasini belgilaydi.
Stefan-Bolsman qonuniga ko‘ra, asosan, qizdirilgan jism to- monidan nurlanayotgan energiya miqdori,jism absolut harorati- ning to‘rtinchi darajasiga proporsionaldir:


Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling