Yogoch material p65


Download 1.11 Mb.
bet70/81
Sana22.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1377632
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   81
Bog'liq
2 5319142487279808313

49-rasm. niEjilolash dastgohi:
7—boshqarish pulti; 2—panel; 7—stanina; 4—karetka; 5—support;
6—supportni ko‘tarish mexanizmi.


50-rasm. Polieñr qoplamali mebel yaxlit detallarining serbar
yuzalarinijilolash
МПП-2 liniyasi:
7—vakuum yuklagich; 2—konveyer; 7—yaxlit detallarni taqsimlagich;
4, 5, 7, á’—olti barabanli jilolash dastgohi; 6-olib-qo‘ygich;
P—yaltiroqlik beruvchi qurilma; 70—bo‘shatish konveyeri;
77—vakuum bo‘shatkich.

П =T-u-n-K./(L+2l)-z,
sm à
П = T • и • а • К. • К / L,
sm ат
bu yerda, T smena vaqti, minut; и — karetka yoki detalni uzatish tezligi, m/min; L — detal uzunligi, m; I — karetkaning salt yurishi, m; n — bir vaqtdajilolanadigan detallar soni; a barabanlar soniga bog‘liq bo‘lgan koeffitsiyent (0,33 — to‘rt, 0,5 — olti, 1,0 — o‘n ikki baraban bo‘lganda); Kd ish vaqtidan foydalanish koeffitsiyentlari, Kd = 0,85—0,9; Km — mashina vaqtidan foydalanish koeffitsiyenti, Km = 0,92; z — talab etilgan sifatga ega bo‘lguncha barabanning detal ustidan o‘tishlari soni.
Quyida П1Б va П6Б dastgohlarining ayrim texnik tavsiflari keltiriladi.

Ko‘rsatkichlar

П1Б

П6Б

Ishlov beriladigan detallar o‘lchami, mm:
uzunligi
eni
qalinligi

400-1800 200-800 10-50

400-2000 220-800 10-50

Barabanlar soni

1

6

Barabanning aylanma tez­ligi, m/sek

20



Karetka harakati tezligi, m/min

1,6-8



Uzatish tezligi, m/min



2-9

Quvvati, kVt

5,5

7,0

Gabarit o‘lchamlari, mm

3900x1900x1450

6700x2100x1500

Og‘irligi, kg

2000

8000



  1. Lok-bo‘yoq materiallarni surkashda va himoya-
    dekorativ
    parda qatlamlarning qurishida atrof-muhitni
    ifloslantiruvchi manbalar


Mebel va yog‘ochsozlik sanoatining pardozlash sexi hamda uchastkalarida inson salomatligi uchun zararli va xavfli bo‘lgan turli-tuman uchuvchan eritkich va suyultiruvchi moddalar: benzin, benzol, ksilol, aseton, stirol, etil, metil, butil spirtlari, skipidar, uayt-spirit va boshqalar ishlatiladi. Lok-bo‘yoq parda qatlamlarining qotish (qurish) jarayonida ulardan erituvchi va suyultiruvchilar uchib ketadi. Shuning uchun tashqariga chiqarib yuborishdan oldin, bu moddalar yetarli darajada tozalanmasa (ushlab tutib qolinmasa), ular havoni, tuproq, daryo va yerosti suvlarini hamda suv havzalarini ifloslantiradi. Yog‘ochga ishlov berishda undan chiqadigan yog‘och kukunlari,jilvirlash materiali changlari ham atrof-muhitni iflos qiladi.
Lok-bo‘yoqlar tarkibida eritkich va suyultirgichlardan tash- qari, plastifikatorlar hamda parda hosil qiluvchilar bo‘ladi. Tabiiy va sintetik lok-bo‘yoq materiallar yog‘och hamda yog‘och mate- riallami pardozlashda asosiy material bo‘lib, ulami eritish va ish holatiga keltirish uchun nomlari yuqorida keltirilgan kimyoviy moddalardan keng foydalaniladi.
Nitroselluloza, smola va plastifikatorlaming aralashmasi qu- yuq gelsimon massa bo‘lib, ularga ishlatishdan oldin suyultir- gichlar qo‘shiladi. Toluol, butil va etil spirtlari eng yaxshi suyul- tirgichlardir. Suyultirgichlaming fizik-kimyoviy xossalaridan biri ularning tez va oson uchuvchanligidir. Shuningdek, ular o‘z- o‘zidan ma’lum sharoitda alangalanib, yonib ketishi mumkin.
Eritkichlar sifatida uchuvchan moddalardan foydalanganda ishjoyida ularning bug‘lari to‘planib, xavfli vaziyat vujudga ke- ladi. 1 m2 bo‘yalgan (loklangan) yuzadan 1 soat ichida chiqa- yotgan erituvchi bug‘lari miqdorini quyidagi formula orqali to- pish mumkin:
M = q ■ S ■ a,
bu yerda, q — 1 m2 sirtni loklash uchun ketgan eritkich sarfi, g; 5—1 soat ichida bo‘yalishi (loklanishi) lozim boTgan detal yuzasi; a — uchuvchan moddalar miqdorini hisobga oluvchi koefñtsiyent.
Ishlab chiqarish korxonalarida ish joylaridan eritkich, lok- bo‘yoqlarning bugTari, ayrim hollarda esa lok-bo‘yoqlarning zarrachalari ventilatsiya sistemasi orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi.
Bino ichidan tashqariga chiqarib yuboriladigan havoning hajmi ko‘p, shuning uchun atmosferaga qo‘shilib ketadigan zaharli moddalarning umumiy miqdori ham anchagina bo‘ladi. Vaho- lanki, chiqarib yuborilayotgan iflos havo tarkibida zaharli mod- dalaming konsentratsiyasi unchalik yuqori emas. Agar tashqariga chiqarib yuboriladigan havo oqimi zaharli moddalardan yomon tozalangan bo‘lsa, korxona va unga yaqin turar joylar atrofidagi havo kuchli ifloslanadi. Qabul qilingan ГОСТ 17.21.01-76 gabi- noan, atmosferaga chiqarib yuboriladigan moddalar quyidagilarga bo‘linadi:
1) tashqariga chiqarib yuboriladigan zaharli va zararli mod­dalar agrégat holatiga ko‘ra gazsimon, bug‘simon, suyuq va qattiq bo‘ladi;
2) ular massasiga ko‘ra (tonna /sutka) olti guruhga bo‘li- nadi: 1 — 0,01 dan kam; II — 0,01 dan 0,1 gacha; III — 0,1 dan 1,0 gacha; IV — 1,0 dan 10 gacha; V — 10 dan 100 gacha; VI — 100 dan yuqori.
Suyuq chiqindilar zarrachalar o‘lchamiga ko‘ra (mkm) kichik guruhlarga bo‘linadi; super yupqa turnan — 0,5 gacha; mayda dispersli turnan 0,5 dan 3,0 gacha; dag‘al dispersli turnan 3 dan 10 gacha; nihoyat tomchi ko‘rinishida 10 dan yuqori.
Qattiq chiqindi moddalar to‘rtta kichik guruhga bo‘linadi (mkm):
1—1 gacha; II—l dan 10 gacha; III—10 dan 50 gacha; IV— 50 dan yuqori.
Mebel va yog‘ochsozlik korxonalarining sexlaridan tashqariga chiqarib yuboriladigan asosiy chiqindilar quyidagilardir:

  1. zaharli organik moddalarning bug‘ va gazlari (asosan, eritkich, suyultirgich va monomerlar yoki ayrim parda hosil qi- luvchilarning tarkibiy qismlari);

  2. yog‘och va lok-bo‘yoq changlari.

Ventilatsiya yordamida tashqariga chiqarib yuboriladigan moddalami zaharli bug‘ va gazlardan tozalash asosini quyidagi fizik va kimyoviy jarayonlar tashkil etadi: adsorbsiya, absorb- siya, filtrlash, elektr filtrlash, eritish va yoqib yuborish, kimyoviy yo‘l bilan suvsizlantirish.
Absorbsiyada, chiqayotgan gaz-havo aralashmasidan zaharli komponentlami yutib (shimib) qoluvchi modda (adsorbent) sifatida suv, ishqor, kislota, organik erituvchi ishlatiladi. Yutilish natijasida qisman kimyoviy birikmalar ham hosil bo‘lishi mumkin. Lok- bo‘yoq materiallaming gaz va bug‘lardan absorbsiya usulida to- zalashga misol qilib purkash kabinalaridan oqib tushayotgan suv pardasini ko‘rsatish mumkin.
Adsorbsiyada zararli va zaharli gazlar yuqori sirti faol moddalar (adsorbent) yuzasiga shimiladi. Adsorbent sifatida faollashtirilgan ko‘mir bilan silikagel ishlatiladi.
Adsorbsiya-desorbsiya-rektifikatsiya jarayonlari asosida uchuvchan eritkichlar rekuperatsiya qilinadi, ya’ni ular gaz-havo chiqindilaridan tutib qolinadi va ishlab chiqarishga qaytariladi. Eritkichlarni rekuperatsiya qilish agar ularning chiqarib yubo- rilayotgan gaz-havo tarkibidagi konsentratsiyasi 3 g/m3. dan kam bo‘lmasa, rentabelli hisoblanadi.
Filtrlash usulida tozalanganda keramik (sopol) filtrlar, tabiiy va sintetik gazlamalardan keng foydalaniladi. Ayrim hollarda filtrga qo‘shimcha ravishda suv yoki elektr Statik zaryad (elektr filtrlar) beriladi. Havoni qattiq changlardan tozalashda changtutkichlar- dan foydalaniladi. Ho‘l yoki quruq usulda ishlatiladigan changtutkichlar mavjud. Quruq holatda ishlaydiganlarga siklon, gazmolli filtrlar (yengsimon va qopli) kiradi.
Ho‘l changtutkichlarga — Venturi skrubberi, markazdan qochma va forsunkali skrubberlar hamda zarb-inersiya kuchi bilan ishlaydigan apparatlar kiradi. Mebel va yog‘ochsozlik korxona- larida asosan, quruq sharoitda ishlaydigan siklonlar va yengsi­mon gazmolli filtrlar ko‘p ishlatiladi. Amalda changli havoni ikki bosqichida tozalash eng yaxshi natija beradi, birinchi bosqichda, siklon, ikkinchi bosqichda esa gazmoldan tayyorlangan yengil filtrlar tizimidan foydalaniladi.
Himoya-dekorativ parda qatlamlarini hosil qilishda chiqindi- siz texnologiyalami yaratish muhim ahamiyatga egadir. Buning uchun pardozlash materiallari sifatida tayyor mebelbop dekora­tiv plyonka va kukunsimon bo‘yoqlardan foydalanish va nihoyat, suv bilan suyultiriladigan (eritiladigan) lok-bo‘yoq materiallami yaratish hamda ulami amalda qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Bunda zaharli gaz yoki bug‘laming ajralib chiqishiga o‘rin qolmaydi.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling