Yogoch material p65


ШлПС-5 va ШлПС-9 dastgohlarining texnik tavsifi


Download 1.11 Mb.
bet68/81
Sana22.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1377632
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   81
Bog'liq
2 5319142487279808313

ШлПС-5 va ШлПС-9 dastgohlarining texnik tavsifi

Ko‘rsatkichlar

ШлПС-5

ШлПС-9

Eni, mm:







jilvirlash tasmasining

160

160

tanavorning

850

850

Kesish tezligi, m/s

24

25

Jilvirlovchi tasmalar sont

1

2

Stolning o‘lchamlari, mm:







uzunligi

2105



eni

850



Elektr dvigatel quvvati, kVt

4

23,0

Gabarit o‘lchamlari, mm:







uzunligi

3205

3475

eni

1830

1720

balandligi

1420

1950

Og'irligi, kg

630

3000


Dastgohning bir smenadagi ish unumi quyidagi formula yordamida hisoblab topiladi:
" ' • Kdк/s,
bu yerda, T — ish vaqti, minut; 5 — detal yuzasi, m2; Kd ish vaqtidan foydalanish koeffitsiyenti 0,8; К—jilvirlash turiga bog‘- liq bo‘lgan koeffitsiyent, u ho‘l usulda jilvirlanganda 0,5, quruq usuldajilvirlanganda 0,6 ga teng bo‘ladi.


48-rasm. МШП-4 liniyasi:

7—МУБ1 yaxlit detal taxlagichi;
2,
4—rolikli konveyerlar; 7—uch tasmali ШлПС-12 jilvirlash dastgohi; 5-МПБ-1 yaxlit detal ta’minlagichi.

МШП-4 liniyasi uch tasmali ШлПС-12 jilvirlash dastgohi changdan tozalash qurilmasi, ta’minlagich, taxlagich va rolikli konveyerdan iborat (48-rasm).
Uzunchoq dazmolchali va uzatish konveyeri bilan ta’min- langan uch tasmali 11Lil IC-12jil- virlash dastgohida detallar juda sifatli jilvirlanadi. Liniya ichiga kirgan pnevmo va gidrosistema-
Poliefir loklari bilan qoplangan yaxlit detal yuzalarini jil­virlash uchun МШП-3 va МШП-4 liniyalari ishlatiladi. Bulardan birinchisi yarimavtomat, ikkinchisi esa avtomat rejimda ishlaydi. lar yaxlit detallami avtomat ravishda ma’lum balandlikka ko‘ta- rish va tushirish, ulami shtabel ustidan olib qo‘yish, ishlov beril- gandan keyin esa qabul qilish rolgangidan stol ustiga olib qo‘- yish ishlarini bajaradi.
МШП-4 liniyasining texnik tavsifi

Ishlov beriladigan detal o‘lchamlari, mm uzunligi eni qalinligi

400-2000 220-900 10-40

Surish tezligi, m/min

7-28

Ish unumi (Ki = 0,65 va L = 1100 mm bo‘lganda), yaxlit detal/soat

330

Elektr dvigatellarning quvvati, kW

73

Gabarit o‘lchamlar, mm: uzunligi eni balandligi

13400
4800
2300

Og‘irligi, kg

13500


Poliefir loki bilan qoplangan sirtlar, odatda, kesish tezligi 20—24 m/s bo‘lgan elektr korund abrazivlari yordamidajilvirla- nadi. Termoplastik parda qatlamlar, masalan, nitrolokli qopla- malar esa ancha past tezlikda (12—14 m/s) va sirtni biror suyuqlik (kerosin, uayt-spirit, skipidar) bilan sovitib turib jilvirlanadi. Aks holda parda qatlam ishqalanganda qiziydi va u asosdan butunlay ko‘chib ketishi mumkin.
Jilvirlash materiallari. Lok-bo‘yoq surkalganda buyum yoki detal yuzalari batamom qurigachjilvirlab tekislanadi. Bundajilvir qog‘oz, har xil pastalar va kukunlardan foydalaniladi.
Jilvir qog‘oz (ГОСТ 6456-82) egiluvchan asosga bog‘lovchi modda bilan mahkamlangan abraziv materialdir. Abraziv ma­teriallar buyumlamijilvirlash vajilolash uchun ishlatiladiganjuda qattiq moddalardir. Ular ba’zan oddiygina qilib abrazivlar deb ham ataladi. Abrazivlar kukun yoki donador holda bo‘ladi. Sanoatda ishlatiladigan abrazivlar tabiiy va sun’iy bo‘lishi mumkin. Tabiiy abrazivlarga tabiiy olmos, korund, qumtosh va boshqalar, sun’iy abrazivlarga esa kremniy karbid (karborund), elektrkorund, sun’iy olmos, bor, karbid kabilar kiradi.
Jilvirlar asosning xiliga ko‘ra (qog‘ozli, matoli), bog‘lovchi (yelimlovchi) moddaga qarab hamda asosining suv va boshqa suyuqliklarga munosabati (quruq yoki ho‘l holatda jilvirlanadi- gan) bo‘yicha ishlatiladiganjilvirlarga hamda abraziv donalarining kattaligi (donadorligining raqami) bo‘yicha farq qilinadi. Jilvir yoki qumqog‘ozlar ikki xil: o‘ram holida hamda list ko‘rinishida ishlab chiqariladi.
Matoli jilvirlar (ГОСТ 5009-82) donadorligi 40 va undan mayda, kengligi 725, 760, 775 va 820 mm hamda 50 m uzunlikdagi, donadorligi 50 va undan yuqori bo‘lganlari xuddi shu kenglikda 30 m uzunlikdagi o‘ram qilib ishlab chiqariladi. Jilvir listlaming kengligi 210, 250, 380, 750 va 800 mm, uzunligi 280, 300, 600 va 800 mm.
Suvga chidamli jilvir qog‘oz (ГОСТ 10054-82) suv, suvli emulsiyalar, kerosin va boshqa suyuqliklar qo‘llab buyumlarga ishlov berishga mo‘ljallangan. Qirqish xossalariga qarab,jilvir ikki: donadorligi 16, 12, 10, 8, 6, 5, 4, 3; M63, M50, M40, M28, M20, M14 bo‘lgan A va В tipda ishlab chiqariladi. Raqam- ning oldida M harñ bo‘lganjilvir qog‘oz mikron qog‘oz deb ataladi.
Lok-bo‘yoq parda qatlam sirtlarini jilvirlash uchun qum- qog‘ozning 4—3 (birinchi marta) va 3—M40 (ikkinchi marta) raqamlari tavsiya etiladi. Qumqog‘ozda abraziv donachalari qancha mayda bo‘lsa, jilvirlangan sirt shunchalik silliq chiqadi. U kengligi 500 va 750 mm, uzunligi 30 va 50 m bo‘lgan o‘ram tarzida ishlab chiqariladi.
Jilvirlash pastasi yumshoq, oson eriydigan bog‘lovchi modda aralashtirilgan abraziv kukundan iborat. Pastalarni tayyorlash uchun trepel (kremnezyom — qumtuproq), pemza (yengil, g‘ovak vulqon jinslari), elektrkorund, kremniy karbid (karborund)ning abraziv kukunlaridan foydalaniladi.
Bog‘lovchi materiallar sifatida qotmaydigan moylar, parafin, texnik vazelin ishlatilishi mumkin. Erituvchilar sifatida skipidar, uayt-spirit, kerosin, benzin, suyultirgich o‘mida suv ishlatilishi mumkin. Bog‘lovchi materiallar abraziv kukunning pastada bir tekis taqsimlanishini ta’minlaydi, abrazivni jilvirlanadigan sirtda tutib turadi,jilvirlash vaqtida hosil bo‘ladigan issiqlikni yutadi.
Pasta asosini tashkil etuvchi tarkiblarning nisbatiga hamda bog‘lovchi moddaning xiliga qarab pastalar suyuq, quyuq hamda qattiq bo‘lishi mumkin. Suyuq pastalar ko‘pincha dastaki jilvirlashda, ba’zan esa mexanizatsiyalashtirilgan jilvirlash dastgohlarida ham ishlatiladi. Mazsimon pastalar lok qoplamala- rini diskli, tebranma va boshqa elektrik yoki pnevmatik yuritmasi mexanizatsiyalashtirilgan asboblar bilanjilvirlashda qo‘llaniladi.
Qattiq pastalar dastgohlarda va avtomat liniyalarda ishlatiladi. Poliefir parda qatlamlarnijilvirlash uchun ВАЗ-1 (ТУ 6-10-886- 79)jilvirlash pastasi qo‘llaniladi. Undajilvirlash materiali sifatida aluminiy oksidi (глинозём) ishlatiladi. Bog‘lovchi modda emul- siya, mineral va o‘simlik hamda suvli eritmalardan iborat. Pastaning belgilari quyidagicha: rangi — och qizil; qovushoqligi — 3000 MPa; zichligi — 1,4 g/sm3; quruq qoldiq miqdori — 70 %; saqlash muddati — 6 oy.
Jilvirlash kukunlari — bog‘lovchi moddalar bilan bog‘lanma- gan quruqjilvirlash donachalaridan iborat. Lok-bo‘yoq parda qat- lamlami jilvirlash uchun pemza va trepel kukunlaridan foydala- niladi. Kukunlarga ho‘llovchi suyuqliklar—kerosin, moy, suv va skipidar qo‘shibjilvirlash keng tarqalgan.

  1. Parda qatlam sirtinijilolash orqali silliqlash

Yorug‘lik nurini o‘zidan xuddi ko‘zguga o‘xshab qaytaradigan yuqori sifatli yuza olish maqsadida lok-bo‘yoq parda qatlam sirtlari maxsus materiallar bilan jilolanadi.
Jilolash materiali deb, lok-bo‘yoq parda qatlamlami silliqlash va ulami yaltiratishga mo‘ljallangan tarkiblarga aytiladi. Ularga tekislovchi va jilo beradigan suyuqliklar, pastalar va nihoyat yaltiratilganidan keyin detallar ustidagi moy yuqini ketkazuvchi tarkiblar kiradi.
Suyuqlik yordamida qaytar xossaga (termoplastik) ega bo‘lgan suyuqlanish xususiyatini yo‘qotmagan parda qatlamlar (masalan, nitrolokli qoplamalar)jilolanadi. Bunda balandligi 2—3 mkm.dan ko‘p bo‘lmagan notekisliklar tamponning mexanik ta’siri ostida suyuqlanadi va suyuqlangan lok qismlari sirtidagi botiq joylami to‘ldiradi.
Hozirgi vaqtda parda qatlamlami pastalar yordamidajilolash eng samarali va keng tarqalgan usullardan biridir. Pastalar bilan jilo berishda parda qatlam sirti ishqalanishi tufayli sezilarli darajada qiziydi va yumshagan pasta qismlarijilolash elementining bosimi ostida sirtdagi notekisliklami to‘ldirib silliqlaydi.
Jilo berish pastalari xuddi jilvirlash pastalari kabi abraziv kukunlaming suyuq yoki qattiq (ishqalanish tufayli qizib yum- shaydigan) bog‘lovchilar bilan aralashmasidan iborat bo‘lib, ular jilvirlash pastalaridan abrazivlar dispersligining mayinligi bilan farq qiladi.
291-raqamli jilolash pastasi (TY 6-10-737-78) quyuq moy- simon material, uning tarkibida quyidagilar bo‘ladi (massa qism): glinozyom — 57,5; aerosil —2,5; moy — uayt-spirit — 12. Pasta bilan bir barabanlijilolash dastgohlarida mebel yaxlit detallariga jilo beriladi.
Brusok shaklidagi jilolash pastalari (TY 6-10-1483-79) yor- damida barabanli jilolash dastgohlarida lok-bo‘yoq parda qat- lamlariga jilo beriladi. Pasta tarkibida qattiq moddalar miqdori 59—65 % ni tashkil etadi. Yumshash harorati 65—70°C. Pasta qattiq, brusok shaklida bo‘lib, u abraziv va uglevodorodlardan iborat bog‘lovchi moddali birikmadir. Pasta har xil rangda ishlab chiqariladi.
Disperslik darajasi 60—55 mkm bo‘lgan abraziv pastalar sirtga juda dag‘aljilo beradi. Brusok o‘lchamlari 600x110x45 mm, tax- taniki esa 750x620x45 mm.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling