Yog’ochning fizikaviy xossalari, xususiyatlari,ishlatiladigan elimlar va bo’yoqlar


Download 1.52 Mb.
bet2/4
Sana13.01.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1091848
1   2   3   4
Bog'liq
fIZIK XOSSALAR

Yelimlash.Yog’ochdan buyumlar tayyorlashda detallarni biriktirishning asosiy usuli yelimlashdir. Yelimlanadigan yog’och detallari quruq bo’lishi lozim. Bu detallarni yelimlab biriktiriladigan sirtlari birbiriga zich yopishadigan aniq shakllarda tayyorlanib, changlardan tozalanadi. Yelimlab yopishtirilgan yog’och sirtlari orasidagi yelim qatlami hosil qiladigan chokning qalinligi 0,1 mm dan 0,15 mm gacha bo’lishi lozim. Chokning qalinligi bundan yupqa bo’lsa ham, qalin bo’lsa ham yelimli birikma mustahkam bo’lmaydi.
Biriktirilayotgan sirtlarga yelim surtilgan detallarni bir-biriga ishqalash yoki presslash usulida biriktiriladi. Ishqalash usulida biriktirilayotgan sirtlarning dastlab ozgina qismini bir-biriga bosib turgan holda asta – sekin kerakli holatgacha surib boriladi. Presslash usulida ikki yoki undan ortiq detallarni bir-biriga biriktiruvchi yelim qatlami quriguncha press ostida tutib turiladi. Kichik reykachalarni bir - biriga yaxshilab yelimlash orqali uzunligi 12 metrgacha bo’lgan yog’och to’sinlar hamda kerakli egri shakldagi katta yog’och detallari tayyorlanadi.
Yog’och qurilish konstrukisyalarining elementlarini (arka, to’sin, stropila) tayyorlashda qalin o’lchamli pilomateriallar ishlatiladi, buning uchun yupqa o’lchamli qismlar uzunligi, eni va qalinligi bo’yicha yopishtiriladi.Yelimli qurilish materiallarini tayyorlashda nina bargli daraxtlar va sintetik smola asosida tayyorlangan yelimlar ishlatiladi. Yelimlash uchun pilomateriallar o’lchamlari talab qilinadigan elementlar loyixaviy o’lchamlari asosida aniqlanadi.
Qatlam qalinligi (20+1) va (33+1) mm bo’lishi lozim. Egri chiziqli uchastkalarda qatlam qalinligi (20+1) mm qabul qilinadi. Yuk ko’taruvchi konstruksiyalar uchun qatlam (taxta) uzunlik bo’yicha tishli birikma bilan yopishtiriladi. Yelim qatlami qalinligi 0,5 mm dan katta bo’lmasligi lozim.
Yelimli konstruksiyalarni tayyorlash quyidagi texnologik jarayondan iborat:
pilomateriallarni quritish va sortirovkalash; uzunlik va eni bo’yicha taxlash; yelim qorishmasini tayyorlash, yelimlash sirtiga surtish; elementlar yig’uvi va ularni bosim ostida saqlash press ostidan ozod qilish va ularni qayta ishlash. Yelimlash uchun ishlatiladigan yog’ochni namligi (12+3)% bo’lishi lozim.
Pilomateriallarni quritishdan oldin va keyin taxtalarni vizual qurish bilan sortlarga ajratiladi. Qurigan va sortlarga ajratilgai pilomateriallar uzunligi va eni bo’yicha taxlanadi. Namligini tashqislashtirish maqsadida 3...5 sutka sexda
ushlanadi, keyin qayta ishlanadi.
Agar element uzunlik bo’yicha yelimlasa, yelimlagandan so’ng qayta ishlanadi. Yelimlashda asosan sintetik yelimlar: karbamidoformaldegidli, fenoloformaldegidli, rezorsinoformaldegidli, alkilrezorsinoformaldegidli ishlatiladi. Boshqalarga nisbatan suv va bioqarshi sintetik yelimlar mustahkam biriktiriladi.Yelim qorishmasini tayyorlash oddiy.
Kichik miqdordagi KM-40-10 tipdagi yelim aralashtirilgach dastgoh yordamida tayyorlanadi. Yelim quyidagicha tayyorlanadi:
Yelim komponentlarini aralashtirish elakdan o’tkazish, tarkibi bo’yicha o’lcham, yaxshi aralashtiriladi va xar ikkala sirtda surtiladi.
Yelimlaydigan yog’och bir turda va bir xil namlikka ega bo’lishi lozim, namlikni farqi 2...4 gacha bo’lishi mumkin.
Yelimlashgacha element sirti toza randalangan, changdan tozalangan bo’lishi lozim. Qayta ishlangan pilomateriallarni yelimlash, sirtlarni mexanik qayta ishlashdan 6-8 soat keyin tayyorlanadi. Yog’och sirtiga yelim bir xil surtiladi.
Surtilgan sirtni ochiq saqlash 10 minutgacha, yopik saqlash 30 minutni tashkil qiladi. Yelimlash mustahkamligi davriy tekshiriladi. Buning uchun yelimlangan namunalar yelimlash choki bo’yicha ajratiladi. Agarda yog’och bo’yicha ajralsa yelimlash mustahkam deb xisoblanadi, agarda yelim qatlami bo’yicha ajralsa demak mustahkamlik kichik.
Harorat 18...20°S bo’lganda tekis konstruksiyalar presslangan holatda 14...12 soat, egri chiziqli konstruksiyalar 24...20 soat, xarorat 22-25°S bo’lganda tekis konstruksiyalar 10...8 soat, egri chiziqli konstruksiyalar 18... 16 soat saqlanadi.
Bu holatda yelimli birikmalar tekis konstruksiyalar uchun tuliq mustahkamligini 50%, egri chiziqli konstruksiyalar uchun 70% ni oladi. Yog’och konstruksiyalar uchun shu jumladan yog’och mahsulotlari uchun yelimli birikmani asosiy xili plastga yotkizilgan taxtalarni yelimlash xisoblanadi. Uzunlik bo’yicha taxtalar zich birlashtiriladi, tishli yelimli birikmalarga yelimlanadi.
Barcha choklar yelim bilan surtiladi. Xamma yelimli choklarning qalinligi shinamli bo’lishi kerak. Yelimli chokni chuzilishga ishlashi, uning murtligi sababli kam bo’lib va uning mustahkamligi tolalar ko’ndalangidagi mustahkamligiga teng. Yelim chokni adgezion va kogezion boglanishlari yog’och birikmani mustahkamlik chegarasidan yuqori bo’lgan mustahkamligidan katta bo’lishi kerak. Yelimli birikmaning mustahkamligi 1 navli yog’ochni mustahkamligidan katta bo’lganligi sababli uni mustahkamlikka xisoblash shart emas.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling