Yog’ochning fizikaviy xossalari, xususiyatlari,ishlatiladigan elimlar va bo’yoqlar
Download 1.52 Mb.
|
fIZIK XOSSALAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bo’yoq turlari.
Bo’yoqlarning xususiyatlari
Fasadni bo’yash uchun eng maqbul variantni tanlash uchun bo’yoqlarning quyidagi xususiyatlariga e’tibor qaratish kerak: Biriktiruvchi modda. Bo’yoqning sifati aynan shunga bog’liq. Tarkibida vinil, akril,silikon va silikat bo’lgan smolalar ayniqsa ommabopdir. Sifatli bo’yoqlarda bu moddalarning protsent miqdori yuqori bo’ladi. Ultrabinafsha nurlar ta’siriga chidamliligi. Bo’yoqlarning qurigandan keyingi yorqin ko’rinishi aynan shunga bog’liq. Bu masalada fasad uchun mo’ljallangan akril bo’yoqlari hamda polikremniyli va akril-silikonli bo’yoqlar yetakchilik qiladi. Havo o’tkazuvchanligi. Bo’yoq sarflanishi. Bu ko’rsatgich 100 dan 3000 g/m2. Ko’p narsa bo’yalayotgan yuzaga bog’liq. Bo’yoq turlari. Har bir bo’yoqning fasad uchun ishlatishga mos keladigan taraflari bor. Vinil bo’yoq asta-sekinlik bilan o’z o’rnini akril bo’yoqlariga bo’shatib berdi. Vinil bo’yoqlar suvda eritiladi. Biroq bunday bo’yoq bilan bo’yalgan yuzada mog’or paydo bo’lishining xavfi bor hamda kimyoviy moddalar zarar yetkazishi mumkin. Akril bo’yoqlarining asosini organik smola tashkil etadi. Bo’yalgandan keyin rangi ham, yorqinligi ham uzoq turadi. Akril-silikonli bo’yoqlar bu ikki tur bo’yoqlaning xususiyatlarini o’zida mujassamlashtiradi. Bunday bo’yoqlar tashqi ta’sirlarga va ishqalanishga chidamlidir. Bo’yoqlar. Silikonli bo’yoqlarning asosiy fazilati - gidrofob xususiyatga ega ekanligi,ya’ni yomg’ir suvini o’zidan itarib, devorga singib ketishiga yo’l qo’ymaydi. Bu narsa fasadlarni yemirilish va ifloslanishdan himoya qiladi. Silikatli bo’yoqlar obhavo sharoitiga bardoshli, ularga zamburug’ va mog’or xavf sololmaydi. Biroq bu bo’yoqni keyingi bo’yash jarayonida ketkazish qiyindir. Polikremniyli bo’yoq - silikatli bo’yoqning mukammallashgan turidir. U yuqori darajadagi havo o’tkazish xususiyati hamda namlikka chidamliligi bilan ajralib turadi. Sementli bo’yoq suv bilan eritiladi. U yaxshi sifatga ega, biroq asosan pastel, ya’ni och aralash tusdagi ranglari taqdim qilingan. Duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar va bo’yoqlar turlari, xususiyatlari hamda ishlatilish sohalari duradgorlikda yasaladigan buyumlarning barcha tirnoqli birikmalari yelim bilan birlashtiriladi. yelim yog’och to’qimalari orasidagi bo’shliqlarga kirib qotadi va shu tariqa yelimlanayotgan sirtlar son-sanoqsiz iplar bilan tikilgandek bo’ladi. Bunda o’zaro biriktirilayotgan sirtlar orasida yupqa yelim plyonkasi vujudga keladi. Duradgorlik buyumining mustahkamligi ana shu plyonkaning qattiqligiga bog’liqdir. Shuningdek, yelimlashning mustahkamligi yopishtirilgan sirtlarga yelim eritmasining bir xil singishi, ana shu sirtlarning zichlashib turishiga ham bog’liq bo’ladi. taxta yelimi va kazein yelimi duradgorlikda eng ko’p ishlatiladi. Bo’yovchi moddalar. To’ldirgichlar. Erituvchilar va suyultiruvchlar Yog’ochni bo’yash (rang berish) uchun ishlatiladigan bo’yovchi moddalar bo’yoqlar, xurushlar va pigmentlarga bo’linadi. Bo’yoqlar. Bo’yoqlar suv, spirt va boshqa suyuqliklarda erib, shaffof eritma hosil qiladi va yog’ochning tabiiy teksturasini berkitmagan holda uning rangini o’zgartiradi, xolos. Bo’yoqlar bo’yovchi moddaning mayinlik darajasiga qarab, bo’yaladigan material to’qimalari orasiga istalgan chuqurlikkacha singib borishi va unga kerakli tus berishi mumkin. Yog’ochsozlik korxonalarida yog’ochning tabiiy rangini kuchaytirish, unga qimmatbaho yog’och ko’rinishini berish maqsadida ular bo’yaladi. Yog’ochni bo’yash uchun, odatda, ularning suvli, ba’zan 1-3% konsentratsiyali spirtdagi eritmalaridan foydalaniladi. Bo’yoqlar yorug’lik ta’siriga chidamli, yorqin rangli, yuqori dispersli, yog’ochning teksturasini berkitmasligi hamda erituvchilar - suv, atseton, spirt va boshqa organik erituvchilarda oson erishi kerak. Pigmentlar-bo’yoq va emallarning tarkibiy qismi bo’lib, odatda ular buyumga ma’lum rang beradi. Pigmentlar suvda ham, spirtda ham erimaydi. Ular bo’yaladigan yuzaga yopishmaganligi uchun har doim boshqa materiallar-parda hosil qiluvchi va bog’lovchi moddalar (yelim, alifmoy va boshqalar) bilan birga qo’shib ishlatiladi. Tabiiy va sun’iy pigmentlar bo’ladi. Ko’pchilik tabiiy pigmentlar minerallarga xos bo’lib, ular yerdan qazib olinadi (oxra, umbra, mo’miyo). Sun’iy pigmentlar metallarning, kislotalarning va ishqorlarning turli tuzlaridan kimyoviy usulda ishlov berib olinadi. Bo’yoq va emallar hosil qilgan parda qatlamlarning xossalari ko’p jihatdan pigmentlar xossasiga bog’liq pigmentlarning dispersligi, moy sig’imi yuzani berkituvchanligi, bo’yash xususiyati, yorug’likka chidamliligi ularning muhim xususiyati hisoblanadi. Dispersligi deganda pigmentlarning maydalanish darajasi tushuniladi. Juda maydalangan pigmentlar buyum yuzasini yaxshi qoplaydi va rangining ravshanligini oshiradi. Pigment zarrachalarining o’lchami qancha kichik bo’lsa, uning dispersligi shuncha yuqori bo’ladi. Yuqori dispersli pigmentlar saqlash davrida kam cho’kmaga tushadi va yuzani yaxshi berkituvchan bo’ladi. Pigmentlarning dispersligi bo’yoq qatlam yuzasining silliq chiqishida muhim rol o’ynaydi. Dag’al dispersli pigmentlar notekis (g’adir-budur) parda qatlam hosil qiladi. Pigmentning moy sig’imi deganda 100 g pigmentdan bo’yoq tayyorlash uchun talab qilinadigan moy miqdori (gramm hisobida) tushuniladi. Pigmentlarning dispersligi oshib borishi bilan moy sig’imi ham ortadi. Bo’yovchi moddalar. To’ldirgichlar lok-bo’yoq materiallar tarkibiga quruq qoldiq miqdorini oshirish va asosiy tarkiblarni tejash maqsadida qo’shiladigan kukunsimon inert moddalardir. Ular erituvchilarda va parda hosil qiluvchi moddalarda erimaydi va bo’kmaydi. To’ldirgichlar o’zining kimyoviy tarkibiga ko’ra bir necha gruppaga bo’linadi: oksidlar, gidroksidlar, karbonatlar, silikatlar va sulfatlar. Oksidlar (qumtuproqli to’ldigichlar). Bu gruppadagi materiallarning asosiy qismi bo’lib, kremniy oksid SIO2-qumtuproq xizmat qiladi. Ular tabiiy va sintetik bo’lishi mumkin. Tuyilgan chang ko’rinishdagi kvars va diatomit tabiiy qo’mtuproqdir. Adabiyotlarda diatomitlar kizelgur, infuzor tuproq degan nomlar bilan ham yuritiladi. A-175, A-300, A-380 markali aerosil va ADEG markali aerosillar (TU 601-923-74) eng ko’p tarqalgan sun’iy qumtuproqlarning tipik vakillaridir. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling