Yohann Peter Ekkerman. Gyote bilan gurunglar


Download 195.1 Kb.
bet4/7
Sana18.06.2023
Hajmi195.1 Kb.
#1555807
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Hujjat (1)

SO’ZBOSHI


Gyote bilan bo’lgan gurunglar va muloqotlarning ushbu majmuasi o’zim boshdan kechirgan, men uchun muhim va qimmatli voqealarni qog’ozga muhrlashga bo’lgan tabiiy intilish samarasi o’laroq dunyoga keldi.
Sirasini aytganda, men buyuk inson bilan dastlab tanishganimda, keyinroq u bilan yillar davomida yonma-yon yashaganimda, uning pand-nasihatlariga hamisha muhtoj edim, shu sababli uning so’zlarini kelajak avlod uchun saqlash maqsadida jon deb yozib bordim.
Ammo uning to’qqiz yil davomida men huzur qilib tinglagan fikr-mulohazalarining chuqur va boy ma’nosini chaqar, hamda ulardan juda oz qismini yozib olishga muvaffaq bo’lolganimni o’ylarkanman, o’zimni baayni go’dak bahor yomg’irining huzurbaxsh tomchilarini kaftida tutib qolmoqchi bo’lganida ular uning barmoqlari orasidan tushib ketgandek his etaman.
Har qalay, kitoblarning ham o’z qismati bo’ladi, deganlaridek, bu so’zlar ularning yaratilishi hamda keyinroq dunyo bo’ylab tarqalishiga ham, shuningdek, ushbu asarning yuzaga kelishiga ham taalluqlidir. Kundalik hayot tashvish-lari va turli boshqa yumushlar oqibatida goho oylab biron satr yozishning iloji bo’lmasdi; lekin keyin salomatlik yaxshilangach, tag’in yozishga ishtiyoq va intilish paydo bo’lardi.
Bu gaplarni men, bordi-yu o’quvchi yozuvlardagi sanalarni solishtirmoqchi bo’lsa , sezilarli kamchiliklar uchun uzr so’rash maqsadida eslatib o’tyapman. Mana shu bo’shliqlar tufayli ancha-muncha muhim narsalar, jumladan, Gyotening turli joydagi do’stlari hamda hozirgi zamonning u yoki bu yozuvchisi asarla-ri haqidagi fikrlari tushib qolgan, boshqa shularga o’xshash mulohazalari harqalay yozib olingan. Yuqorida aytilganidek, kitoblar o’z qismatlari bilan birga dunyoga keladilar.
Aslini olganda, men bu jildlarga yig’ib, o’z mulkimga aylantirishga erish-gan hamda hayotimning tom ma’nodagi bezagi, deyishga haqli bo’lgan yozuvlarim uchun Yaratganga beadad shukronalar aytaman; shu bilan birga insoniyat ham bu bitiklarim uchun mendan minnatdor bo’lishiga aniq ishonaman.
Menimcha, o’zida bebaho fikr-mulohazalarni jamlagan, hayot, san’at va ilm borasidagi mazkur gurunglar nafaqat ko’plab hodisalarga oydinlik ki-ritadi, balki kundalik turmush tasvirlari sifatida Gyotening timsolini, uning xilma-xil asarlaridan olgan o’quvchi tasavvurini ancha-muncha boyitadi.
Shu bilan birga, men Gyotening ichki olamini har tomonlama chizib berishga muvaffaq bo’ldim, deya ishonaman. Bu favqulodda inson ruhiyatini haqli ra-vishda ko’p qirrali olmosga qiyoslash mumkinki, uni qaysi tarafga o’girmagin, turli rangda tovlanaveradi. U turlicha vaziyatlarda, turli odamlar bilan munosabatda bir xil bo’lmadi, shu boisdan, maqtanchoqlik bo’lmasinu, shunday deyishga haqliman: u mening Gyoteim.
Ishonamanki, Gyotening ruhiy-ma’naviy ta’sirida yoki u bilan shaxsan yaqin bo’lgan barcha odamlar ushbu kitobga baho berishda mening imkon boricha haqiqatga yaqin bo’lishga harakat qilganimni biladi.
Shunday qilib, ko’pdan beri ardoqlab kelganim ushbu kitobning dunyo yuzini ko’rishiga oq yo’l tilarkanman, uning kitobxon qalbiga quvonch olib kirishini hamda unda ezguliklar uyg’otib, dunyoqarashini kengaytirishini istayman.
Vaymar, 1835 yilning 31 oktyabri

Download 195.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling