Yoi xq talabi buyicha jurnallar shakllari smena tugagandan keyin yoritgichlarni topshirmagan shaxslarning familiyalarini qayd etish jurnali
Download 131.15 Kb.
|
AMALIY №15
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘tarish arqonlarini ko‘zdan kechirish va ularning sarfini aniqlash natijalarini qayd etish jurnali
- Jurnalgi yuritishga tushuntirish xati
II bo‘lim 3-shakl
Ko‘tarish arqonlarini ko‘zdan kechirish va ularning sarfini aniqlash natijalarini qayd etish jurnali Ko‘tarilish ___________________________________________________ Shaxta ___________________________________________________ Trest (kombinat, kon boshqarmasi) ___________________________ Qaydlar 1. Ko‘zdan kechirish natijalari, bet. 2.KTI ning turli ko‘rsatmalari, bet. 3. Arqonlar sarfi, bet. Boshlandi ___________________ 200__ y. Tugallandi _________________ 200__ . Jurnalgi yuritishga tushuntirish xati Har qaysi ko‘tarish qurilmasi uchun alohida jurnal yuritiladi. Bu jurnalga arqonlarni sutkalik, haftalik va oylik ko‘zdan kechirish natijalari qayd etiladi. Arqonlarni ko‘zdan kechirish natijalari I bo‘lim (2-shakl) da qayd etiladi. Chap sahifa chap arqon yoki ishqalanadigan shkiv yordamida ko‘tarishda asosiy arqon uchun mo‘ljallangan. Kichik sarlavhadagi nokerak so‘zlar o‘chirib tashlanadi. O‘ng sahifa o‘ng arqon yoki ishqalanadigan shkiv yordamida ko‘tarishda oxirgi arqon uchun mo‘ljallangan. Kichik sarlavhadagi nokerak so‘zlar o‘chirib tashlanadi Muvozanatlangan barabanli ko‘tarish tizimda oxirgi arqonlar uchun alohida jurnal yuritiladi. Sutkalik ko‘zdan kechirishlarda 1,2,3,9 grafalar to‘ldiriladi. Haftalik ko‘zdan kechirishlarda 1,2,3,4,5,9 va 10 grafalar to‘ldiriladi. 10 grafada shaxta bosh mexanigi arqonning umumiy holati, ya’ni arqonning zanglash, deformatsiyalanish belgilari, simlarning surilishi va h. to‘g‘risida yozib qo‘yadi. 10 grafada shaxta bosh mexanigi har galgi haftalik ko‘zdan kechirishlardan keyin imzo qo‘yishi shart. Arqonlarni oylik ko‘zdan kechirishlarda bo‘limning barcha grafalari to‘ldiriladi. 4 grafada arqonning kletdagi uchidan o‘rama qadamida singan simlar soni eng ko‘p bo‘lgan joyigacha bo‘lgan masofasi o‘lchanadi. Bu masofa arqonning o‘rama qadamida singan simlar soni eng ko‘p bo‘lgan joylar yuzaga kelishiga qarab o‘zgarishi mumkin. 5 grafada arqonning ishlashi jarayonida tortilishi natijasida uzayishi qayd etiladi. Arqonning ortiqcha uzunligi qirqib tashlanganda 5 grafada «Qirqib tashlangan . . . .m» deb qayd etiladi. 6 va 7 grafalarda arqonning eng ko‘p yedirilgan joyida 0,1 mm gacha aniqlikda o‘lchangan diametri qayd etiladi. 8 grafada arqonning klet tomondagi uchidan eng kichik diametrigacha bo‘lgan masofa ko‘rsatiladi. Arfon favqulodda zo‘riqqanda u darhol batafsil ko‘zdan kechiriladi va barcha tegishli grafalar to‘ldiriladi. Bu holda 6 grafada suratda arqonning umumiy uzayishi, maxrajda esa favqulodda zo‘riqish natijasida uzayish ko‘rsatiladi. 10 grafada bosh mexanik «Favqulodda zo‘riqishdan keyin ko‘zdan kechirish» degan yozuvni qayd etadi. 11 grafada shaxta bosh muhandisi kamida bir oyda bir marta qayd etadi va arqonga qarash va uni nazorat qilishga doir o‘zining fikrlarini yozib qo‘yadi. Arqonlar almashtirilganda butun sahifa bo‘yicha arqonning yechib olinganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi. Pastroqda yangi arqon o‘rnatilganligi, uning konstruktsiyasi, o‘rami, diametri va arqon sinash stantsiyasida o‘tkazilgan oxirgi sinov raqami ko‘rsatiladi. Jurnalning II bo‘limi (3-shakl) ushbu ko‘tarish qurilmasidagi arqonlar sarfi va ularning xizmat muddatlari hisobini yuritish uchun xizmat qiladi. II bo‘limning 5 grafasida arqonning konstruktsiyasi va o‘rami qisqartirilgan belgilar bilan ko‘rsatiladi. Masalan, o‘ttiz yettita simli olti o‘ramdan tashkil topgan krestli o‘ng o‘ramali arqon quyidagicha belgilanadi: «6 x 37 + 1 K.P». 6 grafada zavod ma’lumotlari bo‘yicha arqon diametri va sim diametri ko‘rsatiladi. 12 grafada arqonni yechib olish sabablari va uning yedirilish belgilari ko‘rsatiladi. Masalan, o‘rama qadamida 5% dan ortiq simlarning uzilishi, arqonning 10% dan ortiq ingichkalashishi, o‘ramlarning tushib qolishi, «juklar» paydo bo‘lishi va h. Jurnalning to‘g‘ri yuritilishi va uning o‘z vaqtida to‘ldirilishi uchun javobgarlik shaxta bosh mexanigiga yuklatiladi. Jurnal raqamlangan, shnurlangan va muhr bilan himoyalangan bo‘lishi kerak. Jurnalni to‘ldirish topshirilgan shaxslar uni to‘ldirish qoidalari bilan tanishishlari va buni 1-shakldagi jurnalda imzolari bilan tasdiqlashlari kerak.1-shakl.
Download 131.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling