Yо‘l harakati sohasidagi qonunchilik asoslari” о‘quv fanidan о‘quv dasturi


Download 55.91 Kb.
bet18/18
Sana20.01.2023
Hajmi55.91 Kb.
#1105158
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
1-2 мавзу

4-bosqich




Sug‘urtalovchi, haydovchilar




1. Sug‘urtalovchi zarar yetkazgan shaxsdan (sug‘urta qildiruvchiga, fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan boshqa shaxsga) o‘zi to‘lagan sug‘urta to‘lovi miqdorida yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomani ichki ishlar organi xodimlarining ishtirokisiz tuzilganda belgilangan vaqtda mastlik darajasini aniqlash chorasini ko‘rmagan bo‘lsa, shuningdek, sug‘urtalovchiga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlarni uzrli sabablarsiz o‘z vaqtida taqdim etmagan bo‘lsa, regress tartibida talab qilib oladi.




Sug‘urtalovchiga taqdim etilgan kundan 15 ish kun ichida




Sug‘urtalovchi, haydovchilar, ichki ishlar organi xodimlari




2. Sug‘urtalovchi ichki ishlar organi xodimlarining ishtirokisiz tuzilgan yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida xabarnomani ko‘rib chiqish vaqtida yo‘l-transport hodisasida jinoyat alomatlari yoki yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomani rasmiylashtirishni istisno etadigan holatlarni aniqlagan taqdirda, to‘plangan hujjatlarni tegishliligi bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etadi.





2022-yil 20-iyuldagi “Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda ularni imtihondan o’tkazish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 393-son.
Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish hamda ushbu turdagi faoliyatni amalga oshiruvchi o‘quv tashkilotlari, haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda ularni imtihondan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish va ta’lim sifatini qat’iy nazorat qilishning quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tizimi joriy etiladi, unga muvofiq:
a) avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv tashkilotlarining (keyingi o‘rinlarda — o‘quv tashkilotlari) faoliyatini tashkil etish yo‘nalishida:
avtomototransport vositalarining va shahar elektr transport vositalarining tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish fanidan dars beruvchilar, shuningdek, yo‘l harakati qoidalari, avtomototransport vositalarini xavfsiz boshqarish va harakat xavfsizligi asoslari fanlaridan dars beruvchi o‘qituvchilar sifatida faqat avtotransport sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi;
yo‘l-transport hodisasida birinchi yordam fanidan dars beruvchilar sifatida tibbiyot ixtisosligi bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga yoki “Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish” bo‘yicha instruktor (paramedik) malaka sertifikatiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi;
b) avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda o‘quv jarayonlarini tashkil etish yo‘nalishida:
mashg‘ulotlarning tashkil etilishi shakllaridan qat’i nazar, avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarida umumiy o‘quv yuklamasining hajmi haftasiga 20 soatgacha, o‘quv yuklamasining bajarilishidan kelib chiqqan holda auditoriyada o‘tkaziladigan nazariy va amaliy mashg‘ulotlarning kundalik hajmi 4 soatgacha rejalashtiriladi;
avtomototransport vositalarini boshqarishni o‘rgatish uchun ajratilgan amaliy mashg‘ulotlarning kundalik hajmi har bir instruktor uchun 8 soatdan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi;
haydovchilarning malakasi oshirilganligi bo‘yicha beriladigan sertifikatlar faqat elektron shaklda rasmiylashtiriladi va o‘quv tashkilotlari Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan yuritiladigan sertifikatlarning yagona elektron ma’lumotlar bazasiga kiritib boradi;
boshqarishni o‘rgatish uchun mo‘ljallangan avtotransport vositalari ushbu transport vositalarining harakat yo‘nalishini nazorat qilish imkonini beradigan GPS qurilmalari bilan jihozlanadi;
amaliy imtihonlarni o‘tkazishda “B” toifa uchun ishlab chiqarilganligiga 5 yildan ortiq bo‘lmagan, boshqa toifalar uchun ishlab chiqarilganligiga 10 yildan ortiq bo‘lmagan avtomototransport vositalaridan foydalaniladi.
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;
yagona namunadagi animatsiyali nazariy imtihon savollari 1 000 tadan kam bo‘lmagan miqdorda hamda amaliy imtihonda bajariladigan sinov mashqlari ro‘yxati Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
o‘quv avtodromining hajmi, haydovchilikka nomzodlarning soni hamda ushbu o‘quv avtodromidan foydalanuvchi boshqa shaxslar sonidan kelib chiqib unumdorligi (sig‘imi) amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun yetarli bo‘lgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda jihozlangan o‘ziga mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan (ijara, foydalanish yoki boshqa huquq asosida) tegishli bo‘lgan o‘quv avtodromining mavjudligi litsenziya talablaridan biri sifatida belgilanadi;
o‘qituvchi va instruktorlarning malakasini oshirish har uch yilda bir marta Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tomonidan to‘lov — shartnoma asosida amalga oshiriladi va malaka oshirilganligi to‘g‘risida maxsus sertifikat beriladi. Bunda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tomonidan taqdim etilgan o‘qituvchi va instruktorlarning malakasi oshirilganligi to‘g‘risidagi maxsus sertifikatlar Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining (keyingi o‘rinlarda — Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati) avtomatlashtirilgan Yagona axborot tizimiga elektron shaklda kiritib boriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
a) 2023-yil 1-yanvarga qadar Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining avtomatlashtirilgan Yagona axborot tizimini ishga tushirsin;
o‘quv tashkilotlarida faoliyat olib boruvchi o‘qituvchi va instruktorlarning shartnoma asosida 2023-yil 1-iyulga qadar Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida qayta tayyorlashdan o‘tkazilishin.
Download 55.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling