Yо‘l harakati sohasidagi qonunchilik asoslari” о‘quv fanidan о‘quv dasturi
Download 55.91 Kb.
|
1-2 мавзу
yo‘l-transport hodisasi — transport vositasining yo‘lda harakatlanishi jarayonida ro‘y bergan, fuqarolarning halok bo‘lishiga yoki sog‘lig‘iga zarar yetishiga, transport vositalari, inshootlar, yuklarning shikastlanishiga yoxud boshqa moddiy zarar yetishiga sabab bo‘lgan hodisa;
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash — yo‘l-transport hodisalari yuzaga kelishi sabablarining oldini olishga, bunday hodisalar oqibatlarining og‘irligini kamaytirishga qaratilgan faoliyat; yo‘l harakatini tashkil etish — yo‘llarda harakatni boshqarish bo‘yicha huquqiy, tashkiliy-texnikaviy tadbirlar va boshqaruv harakatlari majmui; transport vositasi — odamlarni, yuklarni tashishga yoki maxsus ishlarni bajarishga mo‘ljallangan qurilma; transport vositasining egasi — transport vositasiga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida egalik qiluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. 2021-yil 9-avgustdagi О‘zbekiston Respublikasi “Transport tо‘g‘risida”gi 706-son qonunining mazmuni va mohiyati. Ushbu Qonunning maqsadi transport sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.Ushbu Qonun transportga oid faoliyatni tijorat asosida amalga oshirish chog‘ida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.Ushbu Qonunning amal qilishi: quvur transporti faoliyati va elektr uzatish liniyalari orqali elektr energiyasining olib o‘tilishi; transportga oid bo‘lmagan ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan maxsus transport vositalari faoliyati; idoraviy yo‘lovchi tashish transportining, shuningdek beg‘araz asosda tashishlarni amalga oshiradigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning faoliyati; harbiy, harbiy-yordamchi, chegarani qo‘riqlaydigan kemalarning, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklarni va harbiy tarkiblarni tranzit tashishlarni amalga oshirish faoliyati; eksperimental va davlat aviatsiyasining faoliyati; xususiy mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asoslarga ko‘ra, tashishlarni o‘zlariga tegishli bo‘lgan transport vositalaridan foydalangan holda beg‘araz asosda va shaxsiy ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun amalga oshiradigan jismoniy shaxslarning faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Transport to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining transport to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: aralash tashish — yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini butun harakatlanish yo‘li uchun rasmiylashtirilgan yagona tashish hujjati bo‘yicha har xil turdagi transportda tashish; Download 55.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling