Yо‘l harakati sohasidagi qonunchilik asoslari” о‘quv fanidan о‘quv dasturi


Download 55.91 Kb.
bet12/18
Sana20.01.2023
Hajmi55.91 Kb.
#1105158
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
1-2 мавзу

2018-yil 20-sentabrdagi “Yо‘l harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi 747-son;
Jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga o‘rnatilgan videoregistratorlar, shuningdek, videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-iyulga qadar:
jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga o‘rnatilgan videoregistratorlar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni to‘plovchi markazlashtirilgan tizim ishga tushirilishini;
markazlashtirilgan tizimga kelib tushayotgan videoyozuvlar bo‘yicha tizimli monitoring yuritish va protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun ushbu tizimni Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Ma’muriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilinishini ta’minlasin.
Videoregistratorlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar 2017-yilda nihoyasiga yetganligi hamda mahalliy korxonalar tomonidan videoregistratorlarni ichki bozorga yetkazib berish imkoniyati mavjudligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Belgilab qo‘yilsinki:
a) 2019-yil 1-iyuldan boshlab:
jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga o‘rnatilgan videoregistratorlar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari aks etgan videoyozuvlar maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar holatlari qayd etilgan videoyozuvlarga tenglashtiriladi hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi;
tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar jamoat transporti va yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar uchun avtotransport vositalariga videoregistratorlar o‘rnatish bo‘yicha majburiy tartib joriy etiladi;
huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni yuborgan shaxslar huquqbuzardan undirilgan jarima hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining besh foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Milliy gvardiyasining xizmat avtotransport vositalariga o‘rnatilgan videoregistratorlar orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar bundan mustasno;
a1) 2021-yil 1-yanvardan boshlab videoregistratorlar bilan birga videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari aks etgan videoyozuvlar maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan videoyozuvlarga tenglashtiriladi hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi;
a2) jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga o‘rnatilgan videoregistratorlar, videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha huquqbuzarlardan undirilgan jarimalar Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasiga yo‘naltiriladi;
b) huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni taqdim etgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbuqarordanazardatutilganchora-tadbirlarniamalgaoshirishbilanbog‘liqxarajatlarO‘zbekistonRespublikasiIchkiishlarvazirliginingbudjetdantashqarimablag‘lari,xalqaromoliyainstitutlari,xorijiytashkilotlarhamdadonormamlakatlarkreditlarivagrantlari,shuningdek,qonunchilikdataqiqlanmaganboshqamanbalarhisobidanamalga oshiriladi.
2018-yil 1-dekabrdagi “Yо‘l-patrul xizmati xodimlarining yо‘l harakati qatnashchilari bilan о‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi tо‘g‘risida”gi 975-son;
Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Йўл ҳаракати хавфсизлигини таъминлаш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида» 2017 йил 11 июлдаги ПҚ-3127-сон қарорига мувофиқ, шунингдек, йўл-патруль хизмати ходимларининг йўл ҳаракати қатнашчилари билан ўзаро муносабатларини ҳамда махсус мосламалардан фойдаланишини тартибга солиш мақсадида Вазирлар Маҳкамаси қарор қилади:
1. Ushbu Nizom yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

Download 55.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling