Yо‘l harakati sohasidagi qonunchilik asoslari” о‘quv fanidan о‘quv dasturi
Download 55.91 Kb.
|
1-2 мавзу
yo‘l harakati — odamlar va yuklarning transport vositalari yordamida yoki bunday vositalarsiz yo‘llar doirasida harakatlanishi jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlar majmui;
yo‘l harakati qatnashchisi — yo‘l harakati jarayonida transport vositasining haydovchisi, yo‘lovchisi yoki piyoda tariqasida bevosita ishtirok etayotgan shaxs; yo‘l-patrul xizmati xodimi — yo‘l harakati qatnashchilarining harakatini nazorat qilish, boshqarish va tartibga solish vakolati berilgan ichki ishlar organi xodimi; yo‘l-transport hodisasi — transport vositasining yo‘lda harakatlanishi jarayonida ro‘y bergan, fuqarolarning halok bo‘lishiga yoki sog‘lig‘iga zarar yetishiga, transport vositalari, inshootlar, yuklarning shikastlanishiga yoxud boshqa moddiy zarar yetishiga sabab bo‘lgan hodisa; yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash — yo‘l-transport hodisalari yuzaga kelishi sabablarining oldini olishga, bunday hodisalar oqibatlarining og‘irligini kamaytirishga qaratilgan faoliyat maxsus moslamalar — maxsus avtomatlashtirilgan audio, foto va video qayd etish texnika vositalari yoki ko‘chma fotoradar va mobil komplekslar, alkotester, planshet hamda transport vositalari oynalari yorug‘lik o‘tkazuvchanligini o‘lchovchi (taumetr) maxsus texnik vositalar; maxsus tadbirlar — yo‘l harakati qatnashchilari tomonidan yo‘l transport hodisalari hamda huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga doir, kompleks vazifalarni bajarishga qaratilgan, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi, hududiy ichki ishlar organlari boshliqlari, hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarma (bo‘lim, bo‘linma)larining rahbarlari tomonidan tasdiqlangan yoki o‘zaro kelishilgan reja asosida yo‘l-patrul xizmati (keyingi o‘rinlarda YPX deb ataladi) xodimlari, shuningdek, davlat boshqa organlarining vakillari bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan harakatlar majmui; ta’qib qilish — jinoyat sodir etilganlikda gumon qilinayotgan shaxslar bo‘lgan transport vositasi haydovchisi YPX xodimining to‘xtash to‘g‘risidagi qonuniy talabini bajarmaganda, transport vositasining harakatiga chek qo‘yish hamda gumonlanuvchini ushlash maqsadida transport vositasining orqasidan quvish; kuzatish — ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar bo‘lgan o‘z harakatlari bilan boshqa harakat qatnashchilari hayoti (sog‘lig‘i)ga xavf solayotgan transport vositasi haydovchisi YPX xodimining to‘xtash to‘g‘risidagi qonuniy talabini bajarmaganda to‘xtatish maqsadida orqasidan borish. 3. Mazkur Nizom talablari harbiy avtomobil inspeksiyasi xodimlari hamda Qurolli Kuchlar va Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari transport vositalarini boshqarayotgan haydovchilarga nisbatan ham tatbiq etiladi. Download 55.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling