Yo‘l joylashgan hududning tabiiy-iqlim sharoiti


AVTOMOBIL YO’LINI JORIY TA’MIRLASHDA ATROF-MUHIT MUHOFAZASI , MEHNATNI MUHOFAZA QILISH VA XAVFSIZLIK TEXNIKASI


Download 0.72 Mb.
bet18/20
Sana19.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1600931
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Asadbek BMI

AVTOMOBIL YO’LINI JORIY TA’MIRLASHDA ATROF-MUHIT MUHOFAZASI , MEHNATNI MUHOFAZA QILISH VA XAVFSIZLIK TEXNIKASI
Qoplama sirtiga ishlov berishda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha “Mehnat muhofazasi” va “Ekologiya bo‘limlarida” quyidagi masalalar qarab chiqiladi:
-Ishlab chiqarish changi va uni pasaytirish chora-tadbirlari
-Yo‘l qurilish mashina va mexanizmlarining texika xavfsizligi
Qurilishning texnologik jarayonlarida sodir bo‘ladigan chang mayda va qattiq donali , havoda uchuvchi va asta-sekin o‘tiruvchi ishlab chiqarish omili hisoblanadi hamda u organik , noorganik va aralash turlarga bo‘linadi. Organik changlarga o‘simlik va hayvonlardan hosil bo‘ladigan changlar kiradi. Noorganik changlarga metal va mineral (sement , asbest va boshqalar) lardan hosil bo‘ladigan changlar kiradi. Aralash changlarga organik-noorganik, mineral va boshqa aralash turdagi changlar kiradi.
Ishchilar badanlarining ochiq joylariga chang o‘tirishi va bu holatning uzoq davom etishi , terining yog‘ va ter bezlarini qoplashiga , bu esa ekzema , dermatit va boshqa kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Changni inson ko‘ziga tushishi ko‘rish qobiliyatini pasayishiga , ba’zida esa ko‘zdan jarohat olishigacha olib keladi.
Shuning uchun ham, yo‘l-xo‘jalik korxonalarida va qurilish- ta’mirlash ishlari olib borilaytgan joylarda changlanishga qarshi chora-tadbirlar qo‘llash juda muhimdir.
Chaqiqtoshlar qurilish maydoniga olib kelinayotganida ular quruq va changdan holi bo‘lishlari lozim. Chaqiqtoshlarni tashish vaqtida avtomobil g‘ildiraklaridan hosil bo‘lgan changlar, tosh materiallar ustiga o‘tirib qolishi mumkin. Bunday hollarda tosh materiallar qurilish tozalagichlaridan foydalangan holda tozalanadi. Tashib keltirilgan chaqiq toshlarni umumiy og‘irligidan , faqatgina 1 % chang bo‘lishiga ruxsat beriladi. Shuning uchun ham chaqiqtoshni tashib kelishda , uning quruq va tozaligi qat’iy nazorat ostida olib borilishi lozim.
Qoplama sirtiga ishlov berishda yopishqoq bitumlar yuqori haroratda gudranator yordamida qoplama sirtiga sepiladi. Sepilgan bitumni yuqori haroratdaligi atrof-muhitga ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Shuning uchun ham –ishchilar shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishi lozim. Bitumning tarkibi yuqorida aytilganidek , 80-87 % uglevodorod , 10-12% vodorod , 5-10 % kislorod , 2-5% oltingugurt va 3 % azotdan tashkil topganini hisobga olsak , u yuqori haroratda o‘zidan turli gazlarni chiqaradi. Masalan , uglevodorodlar , zaxarli yog‘ spirtlari , anilin , ammiak va boshqa zaharli gazlarni keltirish mumkin . Bu gazlar atrof – muhitga va ishchilarga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Bu gazlar suyuq va gazsimon zaharli gazlar guruhiga kiradi va insonning nafas yo‘llarini shdan chiqarishi mumkin. Bu esa albatta , ishchining yoshi , shaxsiy va jismoniy xususiyatlariga , gazning fizik-kimyoviy xossalari , miqdori va boshqalarga bog‘liq.
Sirtga ishlov berishdan avval qo‘yidagilarni amalga oshirish kerak bo‘ladi:

  • Yo‘l belgilaridan foydalangan holda , ishlov berilayotgan hududni o‘rash;

  • Ishlarni amalga oshirish zarur bo‘lgan hollarda , transport vositalari harakatini aylanma yo‘llar bilan boshqarish;

  • Materiallarni bazadan tashib keltirish va ishni olib boorish uchun xavfsiz mintaqani yaratish;

  • Agarda ish tunda olib borilsa , u holda uchastkani boshidan-oxirigacha yoritish darajada yoritish;

Mashinalar ishlayotganda , texnika xavfsizligi va xizmat qiluvchi shaxslarning mehnat muhofazasini ta’minlash – mashinalardan texnik jihatdan foydalanishning asosiy tarkibiy qismlari hisoblanadi. Ishchilarning ish bajarishi davomida ularning hayoti va sog‘ligini ta’minlashga qaratilgan tibbiy , texnik va huquqiy me’yorlar mehnatni muhofaza qilish deyiladi. Mehnat qonunchiligi , texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish – sanitariyasining asosiy qismi hisoblanadi.
Mashina va mexanizmlarning xavfsizligi ish vaqtida quyidagi talablarni ta’minlashi kerak:

  • Kompleks mashinalar harakatlanayotganda ular orasidagi maxsus masofa saqlanishi kerak

  • Ishdan so‘ng barcha mashinalar yo‘lning bir chetida to‘planadi

  • Oldingi va oxirgi mashinalarga kunduzi va tunda yaxshi ko‘rinadigan xavfsizlik belgilari o‘rnatilishi kerak

Qurilishda texnika xavfsizligiga katta axamiyat berilishi kerak bo‘ladi, chunki bu inson xayoti bilan bog‘liq. Qurilishda ish boshlanishidan oldin texnika xavfsizligi buyicha instruktaj o‘tilishi kerak. Xususan qurilayotgan yo‘lni asos qatlamini qurish jarayonida ayrim mashina-mexanizmlardan foydalanish vaqtida quyidagi texnika xavfsizlik qoidalariga qa’tiy rioya qilish kerak:

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling