Yo’l poyi gruntlariga qoyiladigan talablar


Download 14.14 Kb.
Sana06.11.2023
Hajmi14.14 Kb.
#1752828
Bog'liq
Mustaqil ish AYQ

Mavzu: Sho‘rlangan gruntlar va sho‘rxoq gruntlardan yo‘l poyini qurish texnologik jarayonlari va ularning o‘ziga xos tomonlari.



  1. KIRISH

  2. Asosiy qism

  1. Yo’l poyi gruntlariga qoyiladigan talablar


KIRISH
Bugungi kunda O‘zbekistonda 10 ta xalqaro transport yo‘laklari hamda ushbu yo‘nalishlardagi avtomobil yo‘llarini taʼmirlash, qayta qurish va foydalanish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Mamlakatimiz bu boradagi 11 xalqaro konvensiya aʼzosi hisoblanadi, 29 davlat bilan sohaga tegishli shartnomalarga imzo chekkan.


Ushbu tadbirlar doirasida – O‘zbekiston Respublikasi hududidan xalqaro yuklarni tashishga mo‘ljallangan 52 ta avtomobil yo‘llari belgilangan.
Ikki og‘iz bugun mamlakatimiz avtomobil yo‘llaridagi qurilish va taʼmirlash ishlari haqida.
Respublika bo‘yicha jami 184 ming km avtomobil yo‘llari mavjud bo‘lib, shundan 116 ming 560 km ichki xo‘jaliklararo, qishloq, shahar va ovullarning avtomobil yo‘llari hamda 42 ming 676 km umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llaridan iborat.
PF‑4954‑sonli “Yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni, PQ‑2776‑sonli “O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasini va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Respublika yo‘l jamg‘armasini faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 166‑sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l‑qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori va “O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi huzurida «Uzavtoyo'lbelgi” davlat unitar korxonasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 784-sonli qarori, PQ‑3262‑sonli “Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish va arxitektura‑landshaft konstruksiyalash tizimini takomillashtirish chora‑tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, PQ‑3309‑sonli “Avtomobil yo‘llari ko‘priklarini, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni qurish hamda foydalanishni tashkil etish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori, PQ‑4035‑sonli “Avtomobil yo‘llarini qurish va ulardan foydalanish sohasida ishlarni tashkil etishning ilg‘or xorijiy uslublarini joriy etish chora‑tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, PF‑5647‑sonli “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni, PQ‑4143‑sonli “O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori, PF‑5890‑sonli “O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xo‘jaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni, PQ‑4545‑sonli “Yo‘l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori.

Yo‘l poyi - yo‘l to‘shamasi qatlamlarini joylashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan sun'iy inshootdir. Uni loyihalashda namunaviy tuzilmalardan, shuningdek, xususiy loyihalash usullaridan foydalaniladi. Ko‘tarma qurish uchun ishlatiladigan gruntlar to‘rtta asosiy guruhga bo‘linadi: tabiiy-butun yoki yoriqli massivini maydalash yo‘li bilan olinadigan qoyaning tog‘ jinslari; tabiiy sharoitda allyuvial va delyuvial yotqiziq shaklida 35 yotuvchi yirik donali; qumli; gilli. Ular o‘z navbatida har bir guruh turi va alohida tavsifi bo‘yicha tasniflanadi. Yo‘l poyi uchun yaroqliligi jihatidan suv ta'sirida uzoq bo‘lgan qoyaning tog‘ gruntlari yoki jinslarining yumshashiga qarab quyidagi ifoda bo‘yicha bo‘lish qabul qilingan:


P=RB/Rc
bu yerda: RB- suvga to‘yingan holatda siqilishga mustahkamlik chegarasi;
Rc- havoda, quruq holatda, siqilishga mustahkamlik chegarasi.
Yirik donali va qumli gruntlar o‘z navbatida donadorlik tarkibiga ko’ra, gilli gruntlar esa SHNQ larga asosan donadorlik tarkibiga va plastikligiga ko’ra bo‘linadi. Gruntlarning alohida turlariga: il, iold gili, lyosslar, mergellar, trepel, talkli va bo‘r davri gillari, sho‘rlangan gruntlar va boshqa turlar kiradi. Ko‘tarmalarni qurish uchun, asosan, tabiiy omillar ta'sirida holati o‘zgarmaydigan yoki kam o‘zgaradigan gruntlarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir, chunki yo‘l poyida ularning mustahkamligi va turg‘unligiga suv deyarli ta'sir qilmaydi. Bunday gruntlarga: yumshamaydigan tog‘ jinslari, yirik donali, qumli (mayda va changlidan tashqari), yengil va yirik supeslar ta'lluqlidir. Yo‘l poyini qurishda bunday gruntlarning miqdori chegaralanmaydi. Shuni ta’kidlash lozimki, gilli, mayda va changli gruntlar, yumshaydigan tog‘ jinslari, gruntlarning alohida turlaridan yo‘l poyini qurishda uchun foydalaniladi, ammo ularni qo‘llashda bir qancha cheklanishlarni hisobga olish kerak. Bunday gruntlarni qo‘llash ehtimolligi va maqsadga muvofiqligi joy sharoitiga va texnik-iqtisodiy solishtirishga bog‘liq ravishda aniqlanadi. Masalan, mergelli, slanetsli va yog‘li gillar, bo‘r davri talklari va trepellarini ko‘tarma qurish uchun yaxshi sharoit bo‘lgan, ya'ni quruq joylarda qo‘llash mumkin. Gidrogeologik sharoiti yaxshi bo‘lmagan, grunt suvlari sathi yuqori bo‘lgan yoki yuza suvlari uzoq muddat turadigan yo‘l bo‘laklarida: daryo poymasida, past qismida bunday gruntlardan faqat ko‘tarmaning yuqori qismi uchun foydalanish mumkin. Uzoq vaqt suv turadigan yoki bosadigan ko‘tarmaning pastki qismi uchun tog‘ jinslari yoki yirik donali gruntlar, yirik yoki o‘rta kattalikdagi qumlar, shuningdek, gil donalari og‘irligi bo‘yicha 6 % dan oshmaydigan yengil yirik supeslarni ham qo‘llash mumkin. Ko‘tarmalarni qurish uchun quyidagi gruntlar: gilli o‘ta sho‘rlangan; namligi ruxsat etilgandan ortiq gillar; gil yoki organik modda aralashmasi bo’lgan torf, gil, mayda qum va gilli gruntlar; katta miqdorda o‘simlik ildizi bo‘lgan yuqori qatlam tuproqlari; nam asosdagi ko‘tarmalar uchun va suv uzoq turib qolishi mumkin bo‘lgan yo‘l bo‘lagida talkli, pirofilinli gruntlar va trepellar; tarkibida me'yordan ortiq gips bo‘lganlardan foydalanmagan ma’qul. Tabiiy holda xosil bo‘luvchi gruntlardan tashqari, ko‘tarmalar uchun sa'noat chiqindilari: kul-shlak materiallari, tog‘-kon sa'noati chiqindilari va boshqalarni ham qo‘llash mumkin. Ko‘tarmalar o‘ymani o‘yishdan chiqqan, grunt karyerlaridan va yon rezervlardan olingan gruntlardan quriladi. Ko‘tarma uchun talab qilinadigan kerakli gruntlar hajmi:
VT=Vk*K1
bu yerda:Vk - quriladigan ko‘tarmani hajmi, m3 ;
K1 - nisbiy zichlashtirish koeffitsienti, uni quyidagi ifoda bilan aniqlash mumkin:
K1=Bk/Bt

Download 14.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling