Yo`ldаshev Asqarali Yakubovich soliqlar va soliqqa tortish
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
soliq va soliqqa tortish
50 4-§. Jismoniy shaxslarni daromad solig`i bo`yicha imtiyozlari O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga binoan quyidagi jismoniy shaxslar daromad solig`idan ozod etiladi. I. To`laligacha: - xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalarning boshliqlari va a'zolari hamda konsullik muasssalarning mansabdor shaxslari, ulaming o`zlari bilan birga yashaydigan oila a'zolari, agar ular O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`lmasi, O`zbekiston Respublikasidagi mansablaridan olinadigan diplomatik va konsullik xizmati bilan bog`liq bo`lmagan daromadlaridan tashqari barcha daromadlari bo`yicha; - xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalarning ma'muriy-texnik xodimlari va ularning o`zlari bilan birga yashaydigan oila a'zolari, agar ular O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`lmasa yoki O`zbekiston Respublikasida doimiy yashamasa, - O`zbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan, diplomatik va konsullik xizmati bilan bog`liq bo`lmagan daromadlaridan tashqari barcha daromadlari bo`yicha; - xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalariga, konsullik muassasalariga xizmat ko`rsatadigan xodimlar tarkibiga kiigan shaxslar, agar ular O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`lmasa yoki - O`zbekiston Respublikasida doimiy yashamasa, o`z xizmati yuzasidan olingan barcha daromadlari bo`yicha; - hukumatga qarashli bo`lmagan xalqaro tashkilotlarning mansabdor shaxslari, agar ular - O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`Imasa, ushbu tashkilotlarda olgan daromadlar bo`yicha; - xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalari va konsulning muassasalari xodimlarining uylarida ishlovchilar agar ular O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`lmasa yoki O`zbekiston Respublikasida doimiy yashamasa, o`z xizmati yuzasidan oladigan barcha daromadlar bo`yicha; - mudofaa, ichki ishlar va favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, milliy xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari, ichki ishlar organlari va bojxona organlarning oddiy xizmatchilari va boshliqlari tarkibiga mansub shaxslar, shuningdek o`quv yoki sinov yig`inlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar- xizmatni o`tash (xizmat vazifasini bajarish) munosabati bilan olgan pul ta'minoti, pul mukofotlari va boshqa to`lov summalari bo`yicha; - gastrol-konsert faoliyati bilan shug`ullanish huquqini beruvchi litsenziyasi bo`lgan shaxslar, gastrol-konsert faoliyatidan olingan daromadlar bo`yicha; - prokuratura organlarining daraja unvonlariga ega bo`lgan hodimlar. II. Har bir to`liq oy uchun eng kam ish haqining turt barobari miqdorida: - «O`zbekiston Qahramoni», «Sovet Ittifoqi qahramoni», «Mehnat Qahramoni» unvonlariga sazovor bo`lgan shaxslar, uchchala darajali Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan shaxslar, urush nogironlari yoxud 1941-45-yillardagi urush davrida yoki harbiy xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog`ida yaralanish, kontuziya bo`lish yoki shikastlanish oqibatida yoxud frontda bo`lish bilan bog`liq kasallik tufayli nogiron bo`lib qolgan harbiy xizmatchilar jumlasidan bo`lgan boshqa nog`ironlar, sobiq partisanlar jurnlasidan bo`lgan nogironlar, shuningdek, pensiya ta'minotj bo`yicha mazkur toifadagi harbiy xizmatchilarga tenglashtiriladigan boshqa nogironlar; 51 - xizmatni harakatdagi armiya tarkibiga kirgan harbiy qismlar, shtablar va muassasalarda o'tagan harbiy xizmatchilar, sobiq partizanlar jumlasidan bo`lib, fuqarolar urushi va 1941-45-yillardagi urush, sobiq SSSRni himoya qilish bo`yicha boshqa jangovor operatsiyalarning qat-nashchilari, 1941-45-yillardagi urush davri mehnat frontining faxriylari va konsentratsion lagerlarning sobiq yosh tutqunlari; - Leningrad qamali paytida 1941-yil 8-sentabrdan 1944-yil 27-yanvargacha bo`lgan davrda Leningrad shahrida ishlagan fuqarolar; - ichki ishlar organlarining boshliqlari va oddiy xizmatchilari jumlasidan bo`lib, xizmat vazifalarini bajarish chog`ida yaralanish, kontuziya bo`lish va shikastlanish oqibatida nogiron bo`lib qolganlar; - bolalikdan nogiron bo`lib qolganlar, shuningdek, I va II guaih nogironlari; - qahramon onalar, o`n va undan ortiq bolalari bo`lgan ayollar; - sobiq SSSRni himoya qilish yoxud harbiy xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog`ida yaralanish, kontuziya bo`lish yoxud shikastlanish oqibatida yoki frontda bo`lish bilan bog`liq kasallik tufayli halok bo`lgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari va rafiqalari; - xizmatni Afg`oniston Respublikasida va jangovor harakatlar olib borilgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha bo`lgan qo`shinlarning cheklangan kontingenti tarkibida o`tagan harbiy xizmatchilar hamda o`quv va sinov yig`inlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar; - Chemobil AESdagi falokat oqibatida jabr ko`rgan shaxslar; - ikki va undan ortiq o`n olti yoshga to`lmagan bolalari bor yolg`iz onalar; - ikki va undan ortiq bolasi bor va boquvchisining yo`qotganlik uchun pensiya olmaydigan beva ayol va beva erkaklar; - bolalikdan nogiron bo`lgan va doimiy parvarishni talab qiladigan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota-onasidan biri; - korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va o`quv yurtlari tomonidan qishloq xo`jaligi ishlariga yuborilgan fuqarolar - ushbu ishlarini bajarganlik uchun olgan daromadlari bo`yicha. Bu imtiyozlarni olish uchun jismoniy shaxslarning imtiyozlariga bo`lgan huquqlarini hujjat orqali tasdiqlashlari lozim. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling