Yo`ldаshev Asqarali Yakubovich soliqlar va soliqqa tortish


-§. Daromad solig`ining hisoblab chiqarilishi


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/82
Sana09.01.2022
Hajmi1.14 Mb.
#257227
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   82
Bog'liq
soliq va soliqqa tortish

 
5-§. Daromad solig`ining hisoblab chiqarilishi 
Soliq kodeksiga muvofiq, asosiy bo`lmagan ish joyidan (O`zbekiston 
Respublikasidagi, shuningdek uning hududidan tashqaridagi manbalardan) 
daromad olgan rezident-jismoniy shaxs doimiy istiqomat joyidagi soliq organlariga 
hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay jami yillik daromad 
haqida deklaratsiya taqdim etadi. Tamom boigan taqvimiy yilda faqat asosiy ish 
(xizmat, o`qish) joyda mehnat vazifasini bajarishdan daromad olgan jismoniy 
shaxslar shu yil uchun olingan daromadlar haqida deklaratsiya taqdim etmaydilar. 
Chet ellik jismoniy shaxslar O`zbekiston Respublikasiga kelgan kunidan e'tiboran 
bir oy mobaynida mo'1jallangan daromadlar haqida deklaratsiya topshiradilar. Chet 
ellik jismoniy shaxslarning faoliyati taqvimiy yil mobaynida to`xtagan va u 
O`zbekiston Respublikasidan chiqib ketadigan bo`lsa, amalda olingan daromadlar 
haqida jo`nab ketishdan kamida bir oy oldin deklaratsiyani topshirishi lozim. 
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi jismoniy shaxs olingan 
 
52


daromadlar va qilingan xarajatlar to`g`risidagi deklaratsiyani belgilangan tartibda 
quyidagi muddatlarda taqdim etiladi: 
- shunday daromadlar paydo bo`lgan kundan e'tiboran birinchi oy o`tgandan 
keyingi besh kun ichida; 
- hisobot yilidan keyingi yilning 15-yanvarigacha. 
O`zbekiston Respublikasidagi jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati 
to`xtatilgan taqdirda soliq organi soliq to`lovchidan kamroq bo'1gan davr uchun 
hisobotlar, soliq bo`yicha hisob-kitoblar hamda daromadlar to`g`risidagi 
deklaratsiyani taqdim etishni yozma xabarnoma top-shirish yo`li bilan talab qilishi 
mumkin bo`lib, xabarnomada buning sababi va hisobotlar, soliq bo`yicha hisob-
kitoblar hamda jami yillik daromad va qilingan chegirmalar to`g`risidagi 
dekloratsiya qachon va qaysi davr uchun taqdim etilishi lozimligi ko`rsatiladi. 
Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini to`xtatish haqida belgilangan tartibda 
qaror qabul qilingan taqdirda soliq to`lovchi 5 kunlik muddatga bu haqida soliq 
organini yozma 
ravishda xabardor qiladi. Jismoniy shaxslaming tadbirkorlik faoliyatini 
to`xtatish haqida qaror qabul qilingandan so`ng soiiq to`lovchi 15 kun ichida soiiq 
organiga hisobotlar, soliq bo`yicha hisob-kitoblar hamda daromadlar haqidagi 
deklaratsiyani taqdim etishi shart. Hisobotlar, soliq bo`yicha hisob-kitoblar va 
daromadlar haqidagi deklaratsiyalar Qonun huj-jatlarida belgilangan shakl va 
tartibda topshirish shart. 
Jismoniy shaxslar daromadlar to`lash manbayida soliqni ushlab qolishni: 
- ishlaydigan jismoniy shaxslarga mehnat shartnomalari yoki fuqarolik 
huquqiy shartnomalar bo`yicha to`lovlarni amalga oshiruvchi; 
- nodavlat pensiyalarini to`lovchi; 
- jismoniy shaxslarga dividend va foizlar to`lovchi amalga oshiradi. Jismoniy 
shaxslar daromad solig`ini ushlab qolish va budjetga o`tkazish uchun daromad 
to`lovchi yuridik shaxs javobgardir va soliq summasi ushlab qolinadi. Mazkur 
yuridik shaxs soliq summasi ushlab qolinmagan soliq summasini hamda u bilan 
bog`liq jarima va pensiyalarni budjetga to`lashi shart. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling