X bob. YER OSTI BOYLIKLARIDAN FOYDALANGANLIK
UCHUN VA SUV RESURSLARDAN FOYDALANGANLIK UCHUN
SOLIQNING MOHIYATI VA UNI HISOBLASH TARTIBI
l-§. Yer osti boyliklaridan foydalanganligi uchun soliqning mohiyati va
ahamiyati
Yer ostidan foydalanganlik uchun soliqni O`zbekiston
Respublikasi hududida
foydali qazilmalar qazib olishni, shuningdek, foydali qazilmalar qazib olish bilan
bog`lik bo`lmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan
foydalanishni amalga
oshiruvchi korxona, tashkilot, firmalar va fuqarolar to`laydilar.
Yer ostidan foydalanganlik uchun soliq solish obyektlari quyidagilardan
iborat:
- foydali qazilmalar (shu jumladan, qo`shilib
chiqadigan qazilmalar va
qimmatli komponentlar) qazib olish hajmi;
- texnogen hosilalarning (mineral xomashyo qazib olish va ularni qayta
ishlash chiqindilarning) hajmi;
- foydali qazilmalar qazib olish bilan bog`lik bo`lmagan yer osti inshootari
hajmi;
- to`plangan
rangli toshlar xomashyosi, paleontologiya qoldiqlari va boshqa
geologik kolleksiya materiallari, namunalarini hisobga olingan qiymati.
Yer ostidan foydalanganlik uchun soliqdan quyidagilar ozod qilinadi:
- yer qa'rini geologik jihatdan o`rganuvchi shaxslar;
-
geologiya, mineralogiya va boshqa alohida qo`riqlanadigan tabiiy
hududlarda ilmiy ishlar olib boruvchi shaxslar;
- xo`jalik va maishiy ehtiyojlari uchun o`zlariga berilgan yer uchastkalari
doirasida belgilangan tartibda keng
tarqalgan foydali qazilmalar, qazib olishni
hamda yer ostidan foydalanuvchilar.
Soliq to`lovchilar yer ostidan foydalanganlik uchun soliq bo`yicha hisob-
kitoblarini soliq organlariga quyidagi tartibda taqdim etadilar:
- foydali qazilmalar qazib olganlik va texnogen hosilalaridan foydalanganlik
uchun-yilning
har choragida, yil choragi bo`yicha moliyaviy hisobotlarni taqdim
etish uchun belgilangan muddatdan kechiktirmay;
- mineral xomashyo qazib olish va uni qayta ishlash bilan bog`lik bo`lmagan
holda yer qa'ridan foydalanganlik uchun - bir yilda bir marotaba,
yillik moliyaviy
hisobotlarni taqdim etish uchun belgilangan mud-datdan kechiktirmay.
Yer ostidan foydalanganlik uchun soliq:
- foydali qazilmalar qazib olganlik va texnogen xosilalardan foydalanganlik
uchun har oyda hisobot oydan keyingi oyning 20 - kuniga;
- qolgan hollarda-yilning har choragida, yil choraklari bo`yicha
va yillik
hisobotlarini topshirish muddatlarida to`lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: