Yo`ldаshev Asqarali Yakubovich soliqlar va soliqqa tortish


-§. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari va soliq bo`yicha


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/82
Sana09.01.2022
Hajmi1.14 Mb.
#257227
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   82
Bog'liq
soliq va soliqqa tortish

3-§. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari va soliq bo`yicha 
imtiyozlar 
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari O`zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
Yordamchi xo`jaliklari bo`lgan korxonalar, shuningdek, ilmiy-tadqiqot 
tashkilotlari va o`quv yurtlarining suvdan qishloq xo`jaligi ekinlari va dov-
daraxtlarni suq'orishda foydalanadigan o`quv tajriba xo`jaliklari soliqni qishloq 
xo`jaligi korxonalari uchun belgilangan stavkalari asosida to`laydilar. 
Quyidagilar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to`lashdan ozod 
qilinadi: 
1. Tijorat bilan shugullanmaydigan yuridik shaxslar, tadbirkorlik faoliyati 
uchun suv resurslaridan foydalanuvchilar bundan mustasno; 
2. Yer osti ma'danli suvlaridan davolash maqsadida foydalanuvchi sog`liqni 
saqlash muassasalari, ular ma'danli suvdan savdo tartnog`ida realizatsiya qilish 
uchun foydalangan hollar bundan mustasno. 
3. Farmatsevtika faoliyati bilan shugullanuvchi va suvdan dori vo-sitalari 
tayyorlash uchun foydalanuvchi yuridik shaxslar. 
4. Atrof-muhitga zararli ta'sir ko`rsatishning oldini olish maqsadida yer osti 
suvlarini chiqazib olayotgan yuridik shaxslar - ana shu yer osti suvlari uchun
ishlab chiqarish va texnika extiyojlari uchun foydalanadigan suv hajmlari bundan 
mustasno. 
5. Suv uchun byudjetga haq o`tkazgan yuridik shaxslardan suv olgan 
iste'molchilar; 
6. Foydali qazilmalar qazib olish va shaxtadan suvlarni qochirish vaqtida yer 
osti suvlarni chiqazib olgan yuridik shaxslar-ana shu yer osti suv-lari uchun, ishlab 
chiqarish va texnika ehtiyojlari uchun foydalaniladigan suv hajmlari bundan 
mustasno. 
7. Gidroelekrostansiyalar-agregatlarni ishlatishda suvdan foydalanga-nlik 
uchun. 
8. Birlamchi tarzda foydalanganlik uchun haqqi to`langan suvdan ikkilamchi 
tarzda foydalanuvchi yuridik shaxslar. 
9. Asosiy faoliyat turi bo`yicha qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi 
 
70


yuridik shaxslar-sho`rlangan yerlarni yuvish maqsadida suvdan foydalanganlik 
uchun bo`shatib olinayotgan mablag`lardan jamg`armalar va jamiyatning ustavda 
belgilangan vazifalarni bajarish uchun foydalanish sharti bilan. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling