Yo`ldаshev Asqarali Yakubovich soliqlar va soliqqa tortish


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/82
Sana09.01.2022
Hajmi1.14 Mb.
#257227
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   82
Bog'liq
soliq va soliqqa tortish

 
3-§. Soliq stavkalari 
Jismoniy shaxslarning ish haqlari, mukofot pullari va boshqa daro-madlari 
summalaridan soliq quyidagi miqdorda undiriladi (2007-yil 1-yanvardan boshlab). 
 
 
Bunda, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-
dekabrdagi «FuqaroIarning jamg`arib boriladigan pensiya ta'minoti to'g`risida»gi 
O`zbekiston Respublikasi qonuni amalga oshirish chora-tadbirlari haqidagi 595-
sonIi qarori 2-bandiga ko`ra budjetga to`lanadigan, amaldagi stavkalar bo`yicha 
hisoblab chiqarilgan soliq summasi fuqarolarning shaxsiy jamg`arib boriladigan 
pensiya hisob raqamlariga yo`naltiriladigan majburiy har oylik badallar 
(xodimning bisoblangan isb haqi (daromad)ning 1 %  miqdorida) sumtnasiga 
kamaytiriladi. 
Soliq solish maqsadlari uchun eng kam ish haqining miqdori yil boshidan 
e'tiboran ortib beruvchi yakun tarzida hisoblanadi (yil boshidan e'tiboran tegishli 
davr uchun eng kam ish haqining oylik miqdori summasi). 
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zararli va og`ir sharoitli 
ishlarda band bo`lgan jismoniy shaxslarning ayrim toifalari uchun, shuningdek
tabiiy iqlim sharoitlari yomon joylarda ishlash bilan bog`liq bo`lgan qo`shimcha 
to`lovlar bo`yicha imtiyozli daromad solig`i stavkalarini belgilashga haqli. 
Jismoniy shaxslarga to`lanadigan dividendlar va foizlarga O`zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan stavkalar bo`yicha to`lov manbasida 
soliq solinadi. 
Norezident jismoniy shaxslarning doimiy muassasa bilan bog`liq bo'1magan 
holda O`zbekiston Respublikasidagi manbada olingan daromadlarga ularni to`lash 
manbasida chegirmalarsiz quyidagi tartibdagi soliq stavkalari asosida soliq 
solinadi: 
- dividend va foizlar - 15 % 
-  O`zbekiston Respublikasi bilan boshqa davlatlar o`rtasida harakat qilishda 
xalqaro aloqa uchun telekommunikatsiyalar yoki transport xizmatlari (fraxtdan 
daromadlar) - 6 % 
- royalti, ijaradan olingan daromadlar, xizmatlar ko`rsatish shu jumladan, 
boshqaruv, maslahat xizmatlari ko`rsatishdan keladigan daromadlar va boshqa 
daromadlar, daromad solig`i solingan daromadlar (foyda) bunga kirmaydi - 20 %. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling