Yo`ldаshev Asqarali Yakubovich soliqlar va soliqqa tortish


-§. Yagona soliqning soliq tizimiga tatbiq etilishi va amal qilish jarayoni


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/82
Sana09.01.2022
Hajmi1.14 Mb.
#257227
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   82
Bog'liq
soliq va soliqqa tortish

 
2-§. Yagona soliqning soliq tizimiga tatbiq etilishi va amal qilish jarayoni 
Korxonalar soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimiga o`tishi uchun ular 
ro`yxatdan o`tgan joyidagi davlat soliq xizmati organlariga yil choragi 
boshlanguniga qadar bir oy qolishidan kechiktirmasdan yozma ariza berishi zarur. 
Bunda yuqorida nazarda tutilgan shartlarga rioya qilinishi lozim. 
Soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimiga o`tishda korxonalarning bundan 
oldingi davr uchun o`sha davrda amal qilib turgan soliqqa tortish tizimi asosida 
soliqlarni to`lashga doir majburiyatlari saqlab qolinadi. 
Korxonaning soliqqa tortish soddaiashtirilgan tizimiga o`tishi haqidagi qaror 
yoki dalillangan raddiya davlat soliq xizmati organi tomonidan korxonaning ariza 
bergan kunidan boshlab o`n kun davomida chiqariladi. 
Hisobni soddalashtirilgan shakl bo`yicha yuritishga o`tishga qaror qilgan 
korxona arizasi qondirilganidan so`ng davlat soliq xizmati organiga belgilangan 
shaklga ko`ra xo`jalik operatsiyalarini hisobga olish daftarini ro`yxatdan o`tkazish 
uchun taqdim etadi. 
Davlat soliq xizmati oigani xo`jalik operatsiyalarini hisobga olish daftarining 
birinchi sahifasida ariza imzolangan sanani qayd qiladi. 
Xo`jalik operatsiyalarini hisobga olish daftariga O`zbekiston 
 
43


Respublikasining amaldagi me'yoriy hujjatlariga binoan belgilangan hisobot bilan 
muomala qilish qoidalari tegishli bo`ladi. 
Soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimini qo`llanishdan voz kechish va 
soliqqa tortishning belgilanmagan tizimiga qaytish navbatdagi taqvimiy yil 
boshidan boshlab davlat soliq xizmati organiga tegishli arizani takvimiy yil 
tugallanishiga 15 kun qolishidan kechiktirmasdan berilgani holda amalga 
oshirilishi mumkin. 
Davlat soliq xizmati organining soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimiga 
o`tishni rad qilish haqidagi qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi 
mumkin. 
Yagona soliqni to`lashdan soliqqa tortishning bundan oldingi tizimiga o`tish 
yil davomida amalga oshirilmaydi. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling