Yo`ldаshev Asqarali Yakubovich soliqlar va soliqqa tortish
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
soliq va soliqqa tortish
- Bu sahifa navigatsiya:
- II bob. O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SOLIQ TIZIMI VA SOLIQ STAVKALARI l-§. O`zbekistonda soliq solish tizimi va uning asosiy elementlari
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
1. Soliq va soliqsiz to`lovlarga nimalar kiradi? 2. Soliqlarni iqtisodiy mohiyati va ahamiyati nimadan iborat? 3. Soliqlarning obyektiv zarurligi nimadan iborat? 10 4. Soliqlar qanday funksiyalarni bajaradi? 5. Fiskal flinksiyasi? 6. Rag`batlantirish funksiyasi? 7. Nazorat funksiyasi? 11 II bob. O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SOLIQ TIZIMI VA SOLIQ STAVKALARI l-§. O`zbekistonda soliq solish tizimi va uning asosiy elementlari Biz awalo, soliq tizimi va soliq solish tizimi tushunchalarining bir-biridan farqini bilishimiz zarur. Bu yerda nazariy jihatdan soliq tizimi deganda soliqlar yiq'indisi tushuniladi. Soliq solish tizimi deganda iqtisodiyot subyektlarini muayyan soliqlarga tortishning tashkiliy usullari yig`indisi tushuniladi, ya'ni soliq solish tizimi amaliy uslublar yiq'indisidir. Shunday qilib, soliq solish tizimi deb, Oliy Majlis tomonidan belgilangan va ijrochi idoralar tomonidan undiriladigan soliqlar-ning tuzilish usullari va tamoyillari yiqindisiga aytiladi. Bu tizimning o`rni jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tizimi bilan aniqlanadi. Hozirgi davrda O`zbekistonning soliq solish tizimi davlatning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi funksiyalarini mablag` bilan ta'minlash zarurligi bilan belgilanadi. Soliq solish tizimining bir qancha elementlari mavjud va bular quyidagilardan iboratdir: soliq subyekti, obyekti, manbasi, soliq stavkasi, soliq solish birligi, soliqlardan imtiyozlar va boshqalar kiradi. Soliq subyektlari bu soliq munosabatlarining ishtirokchilaridir. Bularga asosan soliq to`lovchilar: yuridik shaxslar-korxona, tashkilot, firma va jismoniy shaxslar-aholi kiradi. Ikkinchi tomondan soliq subyektiga davlat kiradi, ya'ni soliq oluvchi. Soliq obyekti-bu soliq solinadigan daromad, narsa (buyum), mulk qiymati, tovar, yer maydoni, ot kuchi va boshqalar. Ko`pincha soliq nomi obyekt nomi bilan ataladi. Masalana, yer solig`i yoki daromad solig`i. Soliq manbayi - bu soliq to`lovchi (subyekt)ning daromadidir. Daromad, yalpi daromad, tushum. Ba'zi soliqlarda soliq obyekti va manbasi bir bo`ladi. Masalan, korxonalar daromadiga soliqda obyekt yalpi daromad, soliq manbasi daromaddir Aholining daromad solig`ida obyekti yalpi daromad, manba ham yalpi daromad. Markazlashgan pul fondini tashkil etadigan soliq va yig`imlar turlarining yiq'indisiga soliq tizimi deb ataladi. Tizim-bu yig`ma tushunchadir. Bu tushunchada soliqlarning bir-biri bilan bog`liqligi ham ifoda etilgan. Soliq tizimining elementlari soliq obyektiga qarab uch guruhga bo`lish mumkin: oborotdan, daromaddan va mulklar qiymatidan olinadigan soliqlar. Oborotdan olinadigan soliqlarga qo`shilgan qiymat solig`i, aksiz solig`i, konlardan foydalanganligi uchun soliq, bojxona boji kiradi. Daromaddan olinadigan soliqlarga foyda solig`i va daromad soliqlari kiradi. Mulklardan olinadigan soliqlarga mol-mulk solig`i va yer soliqlari kiradi. Iqtisodiy mohiyatga qarab soliqlarni to`g`ri va egri soliqlarga bo`lish mumkin. To`g`ri soliqlar bevosita daromad oluvchi mulk egasining daromadlaridan (foydalaridan) olinadi. Bunday soliqlarda huquqiy va haqiqiy soliq to`lovchi bitta 12 shaxs boiadi. Soliq ilgaridan aniq belgilangan boiadi. Uning manbayi bo`lib korxona va tashkilotlarning xo`jalik faoliyati natijasida erishilgan moliyaviy yakun hisoblanadi. Aholi soliqlarida esa soliq manbayi bo`lib to`g`ridan-to`g`ri aholining daromadi hisoblanadi. Foyda (daromad) solig`i, yer solig`i va daromad solig`i to`g`ri soliqlarning eng muhim turlaridir. Egri soliqlar korxona va tashkilotlar faoliyatining moliyaviy yakuniga bog`liq bo`lmaydi. Ular sotilayotgan tovarlar va xizmatlar oborotiga (bahosiga) ustama tarzda belgilanadi. Ular so`zsiz tovar qiymati va xizmat summasini oshiradi va iste'molni kamaytiradi. Bu soliqlarni ba'zan ist'mol soliqlari deb ham ataladi. Bunday qaraganda, ularni go`yo mahsulot sotuvchi yoki xizmat ko`rsatuvchi to'layotgan bo`ladi. Aslida esa ularning haqiqiy toiovchisi tovar va xizmatlarni iste'mol qiluvchilar bo`ladi. Egri soliqlar guruhiga qo`shilgan qiymat solig`i, aksiz solig`i va bojxona bojlari kiradi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling