Yo`ldаshev Asqarali Yakubovich soliqlar va soliqqa tortish


-§. Soliq stavkalariing turlari va soliq deklaratsiyasi


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/82
Sana09.01.2022
Hajmi1.14 Mb.
#257227
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   82
Bog'liq
soliq va soliqqa tortish

 
2-§. Soliq stavkalariing turlari va soliq deklaratsiyasi 
Soliq solish tizimida muhim o`rinni soliqqa tortiladigan va tortilmaydigan 
daromadlar tashkil qiladi. 
Soliqqa tortiladigan daromad bu huquqiy va jismoniy shaxslar yalpi 
daromadining soliqqa tortiladigan qismidir. 
To`g`ri soliqlarda soliqqa tortiladigan daromadni aniqlayotganda yalpi 
daromaddan imtiyozlarni va soliqqa tortilmaydigan daromadlarni chegirib 
tashlanadi. 
Masalan, bizning respublikamizda fuqarolar yalpi daromadidan hamma 
turdagi pensiya nafaqa, zayom va lotereyadan yutuqlar omonat kassalaridagi 
omonatlardan foiz daromadlari, sug`urta qoplamalari, o`z mulklarini sotishdan 
olgan daromadlarni chiqarib tashlab, soliqqa tortila-digan daromad aniqlanadi. 
Soliqlarni hisoblashda soliq stavkasi katta o`nn egallaydi. Soliq stavkalari 
quyidagi turlarga bo`linadi: proporsional, progressiv va regressiv stavkalar. 
Proporsional stavka - soliq solish obyektiga yagona foizlarda belgilanadi, 
Masalan, mol-mulk solig`ida asosiy fondlar qiymatiga yagona bir xil foiz soliq 
stavkasi qo`yilgan. 
Progressiv stavka - obyekt qiymati yoki daromad o`sishi bilan stavka o`sib 
boradi. Masalan, fuqarolarning ish haqidan olinadigan daromad solig`ida 2007-yil 
1-yanvardan boshlab daromad summasining eng kam ish haqining 4 baravarcha 
qismi 13 % soliqqa tortilib, daromad ortib borishi bilan soliq stavkasi ham 25 
%gacha ko`payib boradi. 
Regressiv stavkalarda daromad qancha orta borsa, soliq ham kamayib boradi. 
Bu progressiv stavkaning teskarisi. 
Soliq deklaratsiyasi soliq to`lovchilar tomonidan yozib topshiriladigan ariza - 
ma'lumotnomadir. Bu hujjatda soliq to`lovchilar o`tgan davrda (chorak, yarim yil 
yoki yilda) o`zlari ishlab topgan hamma daromadlarni ko`rsatadilar, shu 
daromadlarni olish uchun sarflagan xarajatlar ham ko`rsatiladi. Bu soliqni 
hisoblash uchun hujjatdir. 
Soliq deklaratsiyasiga binoan soliq idoralari soliq to`lovchilarning daromadi 
 
13


xarajati sof daromaddan (ya'ni soliqqa tortiladigan daromadini) belgilab, soliq 
stavkasini qo`llab, soliq summasini hisoblab beradilar. 
Qanday xarajatlarni yalpi daromaddan chegirib tashlash lozimligini 
O"zbekiston Respublikasi soliq Qonunchiligi asosida Davlat soliq qo`mitasi va 
Moliya vazirligi belgilab beradilar. 
Respublikamiz soliq qonunchiligiga binoan soliq deklaratsiyasida asosiy ish 
joyidan olgan ish haqi, mukofot, moddiy yordam va boshqa daromadlar, 
o`rindoshlikdan olingan daromadlar va boshqa hamma daromadlar ko`rsatilishi 
shart boiadi. To`lovchilar soliq deklaratsiyasini o`z vaqtida taqdim qilmasalar soliq 
idoralari o`tgan davrdagi toiangan summani 150 % qilib to`lashni talab qiladilar va 
to`langan summadan 10 %ni ushlab qoladilar. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling