Yo`ldаshev Asqarali Yakubovich soliqlar va soliqqa tortish


-§. Soliqlarning funksiyalari


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/82
Sana09.01.2022
Hajmi1.14 Mb.
#257227
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   82
Bog'liq
soliq va soliqqa tortish

 
5-§. Soliqlarning funksiyalari 
Soliqlar quyidagi funksiyalarni bajaradi: 
- xazina (fiskal) funksiyasi; 
- rag`batlantirish funksiyasi; 
- nazorat funksiyasi. 
Ayrim iqtisodchilar bu funksiyalar safiga taqsimlash va iqtisodiyotni tartibga 
solishni ham qo`shadilar. Lekin, fikrimizcha, soliqlar asosan 3 ta funksiyani 
bajaradi. Bular xazina, rag`batlantirish va taqsimlash fuksiyalaridir. 
Xazina (Fiskal) funksiyasi (fiskal lotincha Fiscus so`zidan olingan bo`lib, 
 
9


g`azna degan ma'noni anglatadi). Fiskal funksiya davlatning iqtisodiyotga 
aralashuvi uchun obyektiv shart-sharoit vujudga keltiradi. 
Budjet daromadlarini ta'minlash soliq tizimi vazifalaridan bittasi xolos. Soliq 
tizimi ana shu vazifani hal etar ekan, jamg`arma va ishlab chiqarishning o`sish 
jarayonlariga to`sqinlik qilmasligi, ijtimoiy adolatni buzmasligi, xalq xo`jaligi 
tarkibiy tuzilishiga salbiy ta'sir etmasligi, bozor jarayoniga putur yetkazmasligi 
zarur. 
Bozor munosabatlarning shakilanishi va rivojlanishi sharoitida aynan soliqlar 
davlatning iqtisodiyotga ta'sir o`tkazishidagi asosiy vositalardan biri bo`lib 
qolmoqda. Davlatning iqtisodiy funksiyalari bajarilishi orqali xo`jaligining 
rivojlanishi rag`batlantiriladi, shuning barobarida soliqlarning xazina (fiskal) 
funksiyasi uchun bazani kengaytiriladi. Oqilona tashkil etilgan davlat soliq siyosati 
soliqlar mexanizmini ishlab chiqarishni rag`batlantirish, rivqjlantirish uchun 
foydalanishga imkon beradi. 
Soliqlarning izga solib turuvchi sifatidagi funksiyasining ahamiyati bozor 
sharoitida o`sib boradi, bu davrda tadbirkorlarni ma'muriy qaram qilish usullari 
yo`q bo`lib ketadi yoki juda oz holda qoladi, korxonalar faoliyatini farmoishlar
ko`rsatmalar va buyruqlar yordamida idora qilish huquqiga ega boigan «yuqori 
tashkilot» tushunchasining o`zi asta-sekin yo`qola boradi. Biroq, iqtisodiy faollikni 
izga solib turish, uning rivojlanishini jamiyat uchun maqbul bo`lgan yo`nalishda 
rag`batlantirish zaruriyati saqianib qoladi. 
Shunday qilib, soliqlarning rag`batlantirish funksiyasi orqali ishlab chiqarish 
korxonalari yangi tashkil etilgan paytlarida soliqlardan ozod etiladi va boshqa 
imtiyozlar beriladi. Ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish korxonalarga soliq 
imtiyozlari berish orqali ularning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini yahshilashga 
erishiladi. 
Soliqlarning nazorat funksiyasiga kelsak, soliq mexanizmi milliy 
daromadning muayyan qismini soliqlar orqali budjetga to`plash zarurligidan kelib 
chiqqan holda, ularning obyektlarini, soliq to`lovchilarini, soliq stavkalarini to`g`ri 
belgilash hamda soliqlami o`z vaqtida to`g`ri hisoblab budjetga o`tkazish 
jarayonini nazorat qilib boradi. Bu nazorat doimo taqsimlash funksiyasi bilan 
yonma-yon olib boriladi. Soliqlarning nazorat funksiyasi ba'zan taqsimlash 
funksiyasidan ham kengayib ketadi. Chunki taqsimlashda faqat pul munosabatlari 
bilan chegaralanib qolinsa, soliqlarning nazorat funksiyasi pul munosabatlari orqali 
taqsimlashdan tashqari soliq obyektlarini buyum shaklida ham to`liqligi, 
mahsulotlar qoldiqlari, homashyo va yoqilg`ilardan boshqa manbalardan 
foydalanish ustidan ham nazoratga aylanadi. Demak, soliqlarning nazorat 
funksiyasi soliq idoralari tomonidan olib boriladigan umumiqtisodiy nazoratining 
nazariy asosini tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq idoralarining 
nazorati xo`jalik qonunchiligi talablari asosida olib boriladigan nazoratga aylanadi. 
 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling