Yo`ldаshev Asqarali Yakubovich soliqlar va soliqqa tortish


-§. Soliq siyosatining chet el fajribasi


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/82
Sana09.01.2022
Hajmi1.14 Mb.
#257227
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   82
Bog'liq
soliq va soliqqa tortish

 
3-§. Soliq siyosatining chet el fajribasi 
Chet el tajribasi soliq siyosati toiiq va to`g`ri amalga oshirilishi uchun u ilmiy 
jihatdan asoslangan bo`lishi kerakligini ko`rsatadi. 
Soliq munosabatlari puxta o`rganilib, undan ilmiy xulosalar chiqa-rilishi 
lozim. Aks holda bunday siyosat muvaffaqiyatga erishishi qiyin. Bu sohada 
Olmoniyadagi soliq siyosatini ishlab chiqish tajribasidan o`rgansa arziydi. U yerda 
har bir yangi soliqni joriy etishdan awal uning loyihasini tayyorlash soliq sohasida 
ishlovchi olimlarga 5-6 oy muddatga topshirilar ekan. Hamma izlanuvchilarga ish 
natijasidan qat'i nazar mualliflik haqini awaldan to`lab qo`yiladi. Tayyorlangan 
soliq loyihalarini ko`rib chiqish va eng yaxshisini tanlab olish uchun 3—5 kishidan 
iborat ekspertlar ishlaydi. Ular soliq loyihasini tanlab olib parlamentga muhokama 
va tasdiqlashga topshiradilar. Qaysi olimning loyihasi parlamentga qo`yilsa o`sha 
olim uni bundestagda ham himoya qiladi. Bu soliq loyihasi shu olimning nomi 
bilan qonun sifatida qabul qilinadi. 
Jahon soliq siyosati tajribasida soliq solishning quyidagi yo`nalishlariga katta 
e'tibor beriladi: 
1. Har xil mulk shakllariga asoslangan korxona va tashkilotlarning xo`jalik 
yuritishiga iqtisodiy mumkin darajada qulay sharoit yaratish, ularning har 
tomonlama bozor munosabatlariga kirib borishiga yordamlashish. 
2. Umumdavlat ijtimoiy zaruriy vazifalarini bajarish uchun davlatga zarur 
bo`lgan moliyaviy manbalarni ta'minlab berish. 
3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi ijtimoiy-iqtisodiy omillarni tashkil 
qilishda qatnashish, ishsizlarni ish bilan ta'minlash, iqtisodiy nochorlarga yordam 
berish. 
4. Aholi turmush darajasini zaruriy me'yorda saqlab turish imkonini izlash va 
ta'minlash, soliqqa tortilmaydigan daromad minimumini vaqti-vaqti bilan ko`tarib 
turish. Bunda «iste'mol savatchasi» ma'lumotlaridan foydalanish. 
Soliqlardan komplcks foydalanish xalq xo`jaligini tarmoqlarini qayta 
ko`rishga, xo`jaliklar va aholining tovar sotib olish qobiliyatini boshqarib turishga 
va pulni qadrsizlanish jarayonini (inflatsiya) jilovlab turishga imkon bcradi. Pul 
 
20


qadrsizlanishiga qarshi choralar ko`rish daromadlarga soliq progressiyasini 
oshirish bilan ham amalga oshiriladi. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling