II QISM UMUMDAVLAT SOLIQLARI
Vbob. YURIDIK SHAXSLARDAN OLINADIGAN FOYDA (DAROMAD)
SOLIG`I
l-§. Foyda (daromad) solig`ining mohiyati va obyekti
O`zbekiston iqtisodiyotini boshqarishda soliq mexanizmi asosiy o`rin-lardan
birini
egallaydi, chunki soliq mexanizmi budjet daromadlarini shakllantirishning
asosiy manbasi hisoblanadi. Budjet daromadlarini tashkil etishda foyda solig`ining
roli kattadir. Bozor iqtisodiyotiga o`tishga qadar (1991-yilgacha) davlat budjetini
daromadlarini tashkil etishda korxonalarni foydasidan ajratmalar katta o`rin
tutar
edi. Bunday ajratmalar majburiy hisoblanar edi (bu ajratmalar balans foydasining
85 % gacha yetardi). Turli shakldagi mulkchilikka asoslangan korxonalarni paydo
bo`lish natijasida
korxonalar imkoniyati oshishi, bozor infrastrukturasi elementlari
rivoj-lanishi bilan majburiy ajratmalarning awalgi tizimi xo`jalik yuritishga mos
kelmay qoldi, ya'ni davlat budjeti uchun yetarli mablag` to`planmadi.
Bundan
tashqari, u mulkchilikni muqobil shakllaridagi korxonalar butun bir toifasini
hamda boshqa tadbirkorlarni qamrab olmas edi, O`zbekiston
Respublikasining
bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o`tish jarayonida foydadan ajratmalar o`rniga
foyda solig`ining joriy eti-lishi maqsadga muvofiq bo`lib qoldi.
Hisobot davrida moliya-xo`jalik faoliyati natijalaridan soliqqa tortiladigan
foydaga (daromadga) ega bo`lgan, mulkchilik shaklidan qat'i nazar ushbu soliq turi
bo`yicha imtiyozga ega bo`lmagan yuridik shaxslar foyda (daromad) solig`i
to`lovchilar deb hisoblanadi.
Yuridik shaxslar foyda solig`i bo`yicha byudjet
bilan hisob-kitoblarni
mustaqil olib boradilar.
Foyda solig`i subyektlariga (to`lovchilari) O'zbekiston hududida faoliyat
ko`rsatayotgan davlat korxonalari,
aksiyadorlik jamiyatlari, firmalar, qo`shma
korxonalar va boshqalar kiradi. Bu korxonalar uchun foyda solig`ini to`lash tartibi
O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida o`z ifodasini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: