Yo`ldаshev Asqarali Yakubovich soliqlar va soliqqa tortish
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
soliq va soliqqa tortish
6-§. Soliq mexanizmi Soliq mexanizmi moliya mexanizmi tarkibiga kiradi. Moliyaviy mexanizm — bu moliyaviy munosabatlarni tashkil qilish usullari yig`indisi bo`lib, u iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishda qulay shart-sharoitlar ta'minlash uchun jamiyat tomonidan qo`llaniladi. Moliyaviy mexanizm moliyaviy munosabatlarning turlari, shakllari va usullarini o`zida aks ettiradi. Soliq mexanizmi deganda soliqqa tortish bilan bog`liq bo`lgan soliqlarni tashkil qilishning barcha elementlari yig`indisi tushuniladi. Bunday elementlarga soliq obyekti, subyekti, manbayi, soliq stavkasi, to`lov muddatlari, soliq huquqi va hujjatlari kiradi. Soliq mexanizmi amaldagi soliqlarni hayotga tatbiq etishni ifoda etilishini ifodalaydi. Soliq mexanizmidan foydalanish soliq elementlarining yig`indisidan samarali foydalanish maqsadida ishlab chiqilgan tushunchadir. Bu mexanizm tarkibiga soliqlar va boshqa to`lovlar (ajratma, yig`imlar) kabi elementlar borligini aytib o`tish zarur. Shu mexanizm tarkibida soliqlar aksariyati uzoq yillar harakat qilsa ularning elementlari (masalan, stavkasi) tez-tez o`zgarib turishi mumkin. Demak, soliqlar soliq mexanizmining nisbatan mustahkamlash uzoq yillarga mo`ljallangan ham o`zgartiriladigan qismi. Ajratmalar, yig`imlar va soliqlaming elementlari tez- tez o`zgarib turiladigan, hatto bekor bo`ladigan turidir. Masalan, 6 % byudjetga 22 resurs to`lovlari 1993-yilda joriy etilib, bir o`tgach bekor qilingan. Bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida soliq mexanizmini shunday takomillashtirish lozimki, budjetga soliq va yig`imlar to`liq va o`z vaqtida tushsin, ular bir vaqtning o`zida tovar ishlab chiqarishni kengaytirish va ko`plab daromad olish imkoniyatini bersin. Eksportga mahsulot ishlab chiqarishni ko`paytirib keyin valutalarga ega bo`lsin. Hozirgi vaqtning soliq siyosati soliq mexanizmini ana shu yo`nalishda takomillashtirib bormoqda. Bu esa bozor iqtisodiyoti talablariga mos tushib, iqtisodiyotni barqarorlashtirish irnkoniyatini bermoqda. Soliq mexanizmining asosiy yo`nalishi soliq siyosatidan kelib chiqadi. Soliq siyosatining yo`nalishi o`zgarsa, soliq mexanizmining keraksiz elementlari chiqarib tashlanadi va yangi elementlar kiritiladi. Soliq mexanizmida o`zgarishlar kiritilib, takomillashtirilib boriladi. Uni tez o`zgartirishga olib keladigan qator omillar mavjuddir. Bunday omillarga pulning qadrsizlanishi, iqtisodiy yo`nalish sharoitida yangi ustuvor yo`nalishlarni belgilash va boshqa qator yangiliklar kiradi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling